Mavzu: Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilish
I.Bob Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilish
Download 97.01 Kb.
|
kurs ishi
I.Bob Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilish
1.1 § Ijtimoiy hodisa Mening fikrim “Hozirgi davrda butun jaxonda va mamlakatimiz xayotida sodir bo’layotgan ijtimoiy hodisa va jarayonlarini to’g’ri tushunib olish, ularga to’g’ri munosabatni shakllantirish, ularni xozirgi zamonning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib to’g’ri baxolash, ulardan to’g’ri xulosalar chiqarish va pirovard natijada ijtimoiy voqyeylikni bilish xar bir kishidan falsafa fanining soxalaridan biri bo’lgan ijtimoiy falsafa haqida chuqur bilimga ega bo’lishi lozim. Ma’lumki ijtimoiy borliq haqida xaqqoniy bilimga ega bo’lish uchun avvalo “ijtimoiy falsafa”tushunchasining mohiyati va mazmuniga to’xtalishga to’g’ri keladi. Bu tushuncha ba’zan “jamiyat falsafasi” “sosial falsafa”“inson falsafasi” shaklida xam qo’llaniladi. Ijtimoiy falsafa tushunchasi ijtimoiylik, ijtimoiy hodisa ijtimoiy jarayon tushunchalari bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning tarkibi va mazmunida muxim o’rin tutadi. Bu tushunchalar jamiyatda ro’y beradigan voqea va xodisalar jarayonlarni ifodalaydi2». “Ijtimoiy falsafiy ta’limot yaratishga ingliz olimi va faylasufi Gerbert Spenser (1820-1903) munosib hissa qo’shdi. U «Sintetik falsafa» asarida tabiiy va ijtimoiy hodisalarni sintetik asosda talqin etdi. Spenser yana «Boshlang’ich asoslar», «Ilmiy-siyosiy va falsafiy tajribalar» kabi asarlarida jamiyatning organik nazariyasini yaratdi. Unda jamiyat rivojlanishida biologik va ijtimoiylik tomonlarning o’zaro ta’sirini ko’rsatdi. Jamiyatga biologik va ijtimoiy omillarning yaxlit birligi sifatida qaradi. Jamiyatni ijtimoiy-tabiiy birlik sifatida ta’rifladi3” Jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy omillari. Geografik muhit tushunchasi.Tabiiy muhitning jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi o'rni. Abu Rayhon Beruniy jamiyatga tabiiy muhitning ta'siri to'g'risida.Tabiiy muhitning jamiyatga ta'siri.Geografik siyosat.O'zbekistonning geografik siyosati.Jamiyat taraqqiyotiga nufuz omilining ta'siri. Demografik jarayonlar. Urbanizasiya va rualizasiya jarayonlari, ularning jamiyatga ta'siri. Aholi zichligi qonuniyati. Maltuschilik va neomaltuschilik nazariyalari to'g'risida. Demografik omil va uning o'ziga xos jihatlari. Demografik siyosat.O'zbekistonning demografik siyosati.Moddiy ishlab chiqarish, ma'naviyat, madaniyat, milliy g'oya.Fan va ta'limning globallashuvi. Hozirgi davr fanining global imkoniyatlari. Globallashuv sharoitidagi fanning funksiyalari; tabiiy va ijtimoy sharoitlarga moslashuvchanlik funksiyasi;sosiumning atrof muhitga optik xulk-atvorini shakllantiruvchi variativ funksiyasi; fanning global tizimlarini kuzatuvchisi va ijtimoiy, tabiiy jarayonlarining nazoratchisi sifatidagi monitor funksiyasi; atrof-muhit xaqidagi olgan bilim va axborot beruvchi informativ funksiyasi. Ta'lim globallashuvining ziddiyatli xarakteri.Iqtisodning bilimga bog'liqligi-yagona ta'lim tizimini yaratishning zarurati. Ta'lim va tarbiyaning global bozor iqtisodi sharoitiga moslashishiningzarurligi. Ta'limning globallashuvi-mamlakatning milliy manfaatlariga jiddiy yondashuvining muhim omili.Ta'limning rivojlanishida axborotlashuvning roli. Ta'limning globallashuvidainternet va masofali o'tishning roli. Ta'lim globallashuvining rivojlangan industrial davlatlar vauchinchi darajali mamlakatlar ziddiyatining keskinlashuvi bilan bog'liqligi. Milliy maktab ta'limimzimida vorisiylikni ta'minlash, multimadaniy universitet ta'limini rivojlantirish omillari. Ta'limning globallashuvida o'quv dasturlaridagi muvofiqlikka ahamiyati. Sportning globallashuvi.Sportning global jarayonga aylanishining o'ziga xos xususiyatlari. Sport millatlar va davlatlararo o'zaro aloqalarni o'rnatish vositasi. Sportning globallashuviga olimpiya xarakatining ta'siri. Olimpiya xarakatining transmadaniy va trans milliyharakat sifatida xalqaro sport musobaqalari orqalio'z qarashi va mafkurasini insoniyat ongiga yetkazishdagi roli. Sport globallashuvining ijobiy xarakteri.Sport globallashuvining salbiy xususiyatlari.Sportning globallashuvida gegemoniyaning namoyon bo'lishi.Sport barcha uchunxarakatining o'ziga xos xususiyatlari.Nogironlar sporti globallashuvining ma'naviy axloqiy xarakteri.Sportning ijtimoiy-madaniy maqsadlariga rivojlantirishning global ahamiyati. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning hozirgi zamon jamiyati, jahon miqiyosida kechayotgan ijtimoiyjarayonlar, mustaqillikni qo’lga kiritgan O’zbekistonning o’ziga xos ijtimoiy taraqqiyot yo’li –ijtimoiy taraqqiyotning «o’zbekcha modeli» haqidagi qarashlari ijtimoiy-falsafiy bilimlarrivojlanishida muhim o’rin tutadi. “M.Veber sosiologik jarayonlarni ilmiy darajada anglash va tushunishga intildi va buusulni keng qo’lladi. Bu ijtimoiy harakat subyektining ma’naviy olamini o’rganishdaqadriyatlar, axloq, siyosat, estetik, diniy qadriyatlarning o’rni katta ekanligini ko’rsatdi.Shaxs o’z harakatida, niyatida qadriyatlarga asoslanadi. Bu esa inson faoliyati va xulqatvorining mohiyati va mazmunini belgilaydi. Sosiolog, filosof ham qandaydir qadriyatlargatayanadi.M.Veberning fikricha, qadriyatlar hayotiy bo’lib, insonning ongli faoliyati bilanbog’langandir.Har qanday qadriyat ijtimoiy tarixiy asosga egadir.M.Veber ijtimoiy falsafada ideal tiplar konsepsiyasi (g’oyasi)ni rivojlantirdi. Ideal tip nazariyasida ideal modelni yaratdi.Bu model inson uchun foydali bo’lib, uning manfaatlarini ifodalaydi. Ideal tiplarda axloqiy, siyosiy, diniy va boshqa qadriyatlar asosiy o’rin egallaydi.Shunga muvofiq kishilarning faoliyati va axloqining qoida va normalari belgilanadi.Idealtiplarning ijtimoiy holati hokimiyat, shaxslararo munosabat, individual va guruh onglari holatlarigaqarabbelgilanadi. Ma’naviy va boshqa qadriyatlarning o’zaro aloqasi ideal tiplarni ijtimoiy ahamiyatli hodisalar darajasiga ko’taradi, inson xatti harakatining maqsadini belgilaydi, uni faollikka undaydi4”. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning qator asarlarida o’tish davrida jamiyatimizning ijtimoiy siyosiy strukturasida va ma’naviy qiyofasida ro’y beradigan tub sifatiy o’zgarishlar ilmiy nazariy jihatdan tavsiflab berildi. Ularda ilgari surilgan xulosalar jamiyatimiz hayotidaro’y beradigan murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarning mohiyati varivojlanish tendensiyasini ilmiy-falsafiy jihatdan idrok etishda metodologik asos bo’lib xizmatqiladi. Ijtimoiy struktura jamiyat anatomiyasi bo’lib, ijtimoiy mehnat taqsimoti, mulkchilikning xilma-xil shakllari taqozosi bilan jamiyatning katta va kichik guruhlarga,ijtimoiy birlik va ijtimoiy O’zbekistonda fuqarolik jamiyati va fuqarolarning o’z- o’zini boshqarish institutlarini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilyapti. Ular quyidagilardan iboratdir:«Jahon sivilizasiyasi xazinasiga ulkan hissa qo’shgan boy tariximiz, buyuk madaniyatimiz, ko’p avlodlar hayoti davomida vujudga kelgan beqiyos tabiiy va aql- zakovat imkoniyatlarimiz, xalqimizning yuksak ma’naviyati va axloqiy qadriyatlari, zaminimizda yashayotgan odamlarning mehnatsevarligi, sahovatliligi, bag’rikengligi. va jahon hamjamiyatidao’ziga munosib o’rinni egallashga bo’lgan istagi buning garovidir5». Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida o’rta mulkdorlar sinfi shakllanmoqda, ular esao’z navbatida shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyatining tayanchidir. Insonning biososial moxiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo’lgan ijtimoiy borliq ijtimoiy jarayonlarning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari ijtimoiy falsafaning fan sifatida baxs mavzusini tashkil etadi. Jamiyat bir butun yaxlit tizim sifatida rivojlanadimi?Uni xarakatlantiruvchi kuchlari nimada?Inson “me’yori”ning namoyon bo’lishining ibtidosi bo’lganijtimoiy borliq nima?Uning murakkab xilma-xil qirralari nimalardan ibodat?Inson qanday paydo bo’lgan, uning siru-asrorlari nimada?Shaxsning jamiyat taraqqiyotida roli qanday tushunmoq kerak?Inson ijtimoiy borliq moxiyatini uning istiqbolini oldindan bilishga qodirmi?Umumbashariy muammolar, va ularni xal qilish yo’llari qanday? Terrorizm xavfi, uni oldiniolish bartaraf etish mumkinmi? Yuqorida qayd qilingan savollarga javob berish va kishilardailmiy falsafiy dunyoqarashni shakllantirish ijtimoiy falsafani muxim vazifasidir.Bu o’rinda quydagilarni keltirish o’rinli. “Ijtimoiy falsafa quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Gnoseologik funksiya: yaxlit jamiyat rivojlanishining umumiy qonun va yo’nalishlarini tadqiq etadi, yirik ijtimoiy guruhlar, jtimoiy jarayonlar to’g’risida ilmiy bilimlar beradi. 2. Metodologik funksiya: ijtimoiy hodisalarni bilishning ilmiy metodlari to’g’risida bilimlar beradi; nazariya, kategoriya, qonun, prinsipalarni ishlab chiqadi. Ijtimoiy falsafa boshqa ijtimoiy fanlar uchun metodologiya rolini o’ynadi. 3.Ilmiy bashorat funksiyasi. 4. Dunyoqarash funksiyasi. 5. Tanqidiy funksiyasi 6.Aksiologik (qadriyatlar) funksiyasi6». Bu funksiyalar bir-bir bilan uzviy bog’liqdir.Ularyaxlit holda ijtimoiy falsafiy bilimlarning o’ziga xosligi va mohiyatini belgilaydi. Ijtimoiy falsafa o’z mohiyati bilan jamiyat istiqbolini ilmiy asosda ko’ra oladigan fandir. Uning asosiy vazifasi tarixiy voqealarni va ijtimoiy sistemaning rivojlanish qonuniyatlari va yo’nalishlari (tendensiyalari)ning hal qiluvchi omillarini aniqlashdir. Inson ongining pozitiv bosqichida kishilar olamni bilish va ilmiy kuzatishlar asosida olibboradilar. Bu davrda teologik (diniy-mifologik) qarash va metafizik mavhum qarashlar o’zahamiyatini yo’qotib, olamni bilishda ilmiy tushuncha va qonunlarga tayanishning ahamiyati kuchayadi. Rivojlanish qonuniyatlarini bilish, tabiiy qonunlarning avvaldan ko’rish, sezish,o’rganishning ahamiyati ortib bordi. Ijtimoiy falsafadagi ikkinchi yo’nalish jamiyat turixini falsafiy tushunish g’oyasidir.Bu yo’nalish – ya’ni tarix falsafasi yo’nalishining ildizlari ham qadimgi yunonfalsafasiga borib taqaladi. Tarix fani va falsafasining asoschilari Gerodot va Fukidid, Demokrit,Platon, Aristotel va boshqa mutaffakkirlar ham jamiyat tarixi va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga intilib jamiyat tarixida, tarixiy voqyeylik bilan vaqt o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni anglashga intildilar. Bu donishmandlar jamiyatda yuz berayotgan tarixiy xodisa vajarayonlarning sabablarini asosan tabiat va kosmosga (koinot)ga bog’lab tushuntirishga intildilar. Keyinchalik Avgustin, Foma Akvinskiylarning diniy falsafiy ta’limotlarida tarixiy taraqqiyotning harakatga keltiruvchi kuchlari bu iloxiy qudrat ya’ni xudoning xudoga bo’lganintilish yo’lidan iborat deb xisoblashdir. Volter tomonidan birinchi bo’lib kiritilgan “tarix falsafasi” atamasi keyinchalik yangi g’oyalarni asoslab berish va olg’a surishi natijasida tarix falsafasi konsepsiyasi vujudga keladi.Bunga biz misol qilib Jan Bodenning “ijtimoiy qonuniyatlarga asoslangan g’oyasi, Jambatista Vikonning tarixiy takrorlanishilar ta’limotini keltirishimiz mumkin. Bu ta’limotga asosan, barcha xalqlar, millatlar o’z tarixiy taraqqiyotida uch bosqichdan iborat sikl; “xudolar asri”, “qaxramonlar asri” va “odamlar asri”ni bosib o’tish g’oyasini, ko’rishimiz mumkin7”. Xuddi shuningdek Iogan Gotlib Fixtening ta’limotida ham butun insoniyat tarixi rivoji dastlabki “beg’uborlik davri (aqlning ongsiz hukmronlik davri)ga”, va nixoyat “aqlning ongli hukmronligi davrlariga” ajratilishidir. “Qonun” tushunchasini falsafa tarixida birinchilardan bo’lib qadimgi yunon faylasufi Geraklit tabiat va jamiyat xodisalariga nisbatan qo’llagan: “kimki aqlli so’zlashni istasa, deyiladi uning asarlaridan bizgacha yetib kelgan parchalarda,-o’z fikrini hamma uchun shaxar kabi umumiy bo’lgan qonunlar bilan, xatto undan xam mustahkamroq asoslamog’i zarur. Axir barcha insoniy qonunlar jamiki narsa-xodisa ustidan cheksiz hukmronligini o’rnatgan iloxiy qonundan kelib chiqqan”.Yana bir yunon faylasufi Demokrit esa jamiyatda yuz berayotgan barcha tarixiy jarayonlar ma’lum bir qonuniyatlar asosida sodir bo’ladi, shuning uchun ham insoniyat doimo olg’a qarab rivojlana boardi degan g’oyani ilgari suradi. “Markaziy Osiyoning Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino. Abu Nasr Farobiy kabi buyuk mutafakkirlari tabiat, jamiyat va insonning o’zi ham ma’lum qonun va qonuniyatlargabo’ysunib yashashlarini e’tirof etgan holda, ularning obyektiv mazmunini bilishga harakat qilganlar. Masalan, Abu Nasr Farobiyning fikricha, aloxida individlarga xos bo’lgan xilma-xil axloqiy xislatlar, qobilyatlar, fe’l-atvorlar bo’lishiga, turli ijtimoiy guruxlar va qatlamlaro’rtasida manfaatlar ziddiyatli mavjudligiga qaramay, odamlar zarurat tufayli, o’zlarining ixtiyorli va istaklariga qat’i nazar, birgalikda yashaydilar va axamiyatni tashkil etadilar.Biroq XIX-XX asrda yashab, ijod qilgan qator faylasuflar o’zlarining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida kishilik jamiyatida hyech qanday qonuniyatlar yo’q, bu yerda faqat sof tasodiflar vainson irodasi erkinligi xukmrondir, tarixiy jarayon, hodisa va voqealar faqat davlat hokimyati tepasida turgan buyuk shaxslarning hoxish-irodalari tufayli yuz beradi, deb hisoblaganlar8”. Bubilan ular tarixiy jarayonlarni obyekt va subyekt, shasx va omma o’rtasidagi o’zaro dialektik munosabatlar borligini to’laligicha tushunib yetmaganlar.XX asrning boshlariga, ayniqsa 60-70 yillariga kelib, jaxonning taniqli sosiologlari qonun va qonuniyat muammosini tushunishda, bir tomondan,tabiatda qonuniyat borligini qisman e’tirof etib, ikkinchi tomondan, jamiyatda yuz beradigan jarayonlarning ma’lum bir qonuniyat asosida amalga oshirishni inkor qilishga o’tdilar. Shuning uchun ham ularning aksariyat ijamiyatning tabiatdan asosiy farqi ijtimoiy voqyealar, hodisalarning faqat kishilar tomonidanongli ravishda boshqarilishida, amalga oshirilishidadir, shuning uchun ham tarixiy hodisalarda hech qanday qonuniyat bo’lishi mumkin, degan g’oyani ilgari suradilar.Bu xususda fransuz “sosiologi Raymon Aron: “Sosiologiyada faqat ko’p yoki kamdarajadagi ehtimollik to’g’risida so’z yuritish mumkin, lekin zarariyat to’g’risida, qonuniy bog’lanish to’g’risida gap bo’lmasligi kerak, chunki barcha ijtimoiy hodisalarning insoniy xususiyati sababli, ularda zaruriyatni inkor etuvchi erkinlik ishtirok etadi”, - deb yozgan. Shu fikrni quvvatlovchi boshqa sosiologlar, tarixiy hodisalar takrorlanmaydi, chunki ular individual xususiyatga ega, shuning uchun hamjamiyatda hech qanday qonuniyat, sababiy bog’lanish yo’q, deb ijtimoiy jarayonlardagi qonuniyatlarni inkor qilmoqchi bo’ladilar.Ana shu maqsadda amerikalik sosiolog Talkatt Darsons “jamiyat tarixida hyech qanday obyektivlik bo’lmagani bois iqtisodiy determenizm nazariyasini qo’llash bugunga kelib real va muhim muammo sifatida o’z axamiyatini yo’qotdi9”, - deb yozgan. Bu o’rinda yuqoridagi faylasuflar nima uchun tabiat va jamiyat qonunlarining obyektivligini inkor etadilar degan savol tug’iladi. Bizningcha, har qanday fan tarkibidan qonuniyatlarni siqib chiqarishdan maqsad bizni o’rabturgan obyektiv borliq kim bir tomonidan yaratilgan va u hamma jarayonlarni boshqarib turadi, degan g’oyani himoya qilishdan iborat.Chunki har qanday fan borliqning o’zi o’rganayotgan sohasidagi jarayonlarning obektivligini zaruriyligini va yakuniy rivojlanib turishini ochib beradi. Download 97.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling