Mavzu: Ijtimoiy ishchining proffesional ro'li Reja
Download 78 Kb.
|
Ijtimoiy ishchining proffesional ro\'li
Mavzu: Ijtimoiy ishchining proffesional ro'li Reja: Fanning tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar. Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishining tarixiy ildizlari. Ijtimoiy ishning G‘arbiy Yevropa va Amerikada kasb sifatida yuzaga kelishi. O‘zbekistonda ijtimoiy ish. Ijtimoiy ish jamaot birlashmasi sifatida keng ma’noda jamiyatda ma’lum tarixiy davr asosida amalga oshadigan, ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanish o`ziga xosligi bilan ajralib turadigan ijtimoiy ko`makning o`ziga xos modeli ko`rinishida namoyon bo`ladi. Qisqacha qilib aytganda ijtimoiy ish odamlarga yordam beradigan, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy muammolarni va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengib o`tishda ko`maklashishga yo`naltirilgan ijtimoiy-zarur faoliyat turi hisoblanadi. “Ijtimoiy ish” – butun dunyoda qabul qilingan tushuncha bo’lib, inson - inson odamiylik munosabatlarini aks ettiradigan tushuncha, insonning jamiyatga muvoffaqqiyatsiz ko`nikma hosil qilishini yengillashtirishga yo`naltirilgan faoliyat turi hisoblanadi. Ijtimoiy ish filontropiya, muhtolarga yordam ko`rsatish va nafaqat kundalik muammolarni hal qilish. Balki, qiyinchiliklarni yengib o`tish va o`z o`ziga yordam ko`rsatish yangiliklarini rivojlantirish texnikasini ishlab chiquvchi sohalardan farqlanadi. Uni kishilarning istalgan hayotiy hoaltladagi kelib chiqqan muammolarni faol hal etishga o`rgatadigan faoliyat turi deb qarash mumkin. Uyushmagan yakkachiliklardan ko`ra, professional davlat va xususiy korxonalar tomonidan ko`rsatiladigan yordam nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Ijtimoiy ish rivojlanishining boshlang`ich bosqichlaridan u bilan filantropik uyushmalar shug`ullangan, ular asosan XIX-asrda yevropa malakatlarida kelib chiqqan sanoatlashuv va urbanizatsiya (jamiyat rivojida shaharlar rolning ortishi) oqibatida kelib chiqadigan ijtimoiy muammolarning qo`zg`alishidan xavfsiragan. Sanoat kapitalizmining rivojlanishi o`zining oritdan G`arb jamoat tuzilmalarini keng ravishda o`zgrishga uchrashiga inson va jamiyat orasidagi yangi munosabatlarni vujudga kelishiga olib keldi. G`arbda yangi intellectual yo`nalishlar vakilari shakllandi ularning qarashlari, davlatning shaxs oldidagi ma’suliyati va majburiyatlari haqidagi tushunchalarni shakllanishiga olib keldi. Ijtimoiy muammolarning qayta qo`zg`olishi stabillik va tartibning izdan chiqishiga olib keladigan xatar sifatida qaraladigan qashshoqlik muammosining shakllanishiga olib keldi. Va bu holat oqibatda, aholini turli qatlamlarini o`rganib chiqishning empirik holatiga zaruriyat yaratdi va ijtimoiy reformlarning o`tkazilishini asosiga aylandi, ijtimoiy reformatorlarning shakllanishi zamirida esa turli shakldagi ijtimoiy ishchilarning tayyorlanishiga zarurat yaratildi. Yangi harakatlarning intensiv rivojlanishi natijasida, maxsus xizmatlar rashkilotlari ijtimoiy ish nisbatan samarali modeli ustida izlanish olib borilishiga zamin yaratdi, bu ijtimoiy ish nafaqat tez yordam ko`rsatshga, balki profilaktik yoki ogohlantiruvchi xarakterdagi yordam ko`rsatishni shakllanishiga ham olib keldi7. Ijtimoiy ishchilar keng ko`lamli muammolarga duch kelishadi. Bular alkogolizm, xususiy mulk huquqlarining buzilishi, bolalar bilan yomon munosabatda bo`lish, er-xotin orasidagi janjallar, pisixik va jismoniy kasalliklar, darbadarlik, jamiyatdan ajrab qolish. Bularning barchasi maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Ushbu turdagi ishlar havaskorona yondashuvni ko`tarmaydi, ya’ni ijtimoiy ishchilar nafaqat mos bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi, balki professional etik normalar va prinsplarga amal qila olishni shakllantirishni ham talab etadi. Ijtimoiy ish kasb sifatida inson huquqlarini davlat, mutaxassis va tashkilot tomonidan rioya qilinishi, bilimlar va o`z davlatining ijtimoiy qonunchiligini ta’minlash, mijozlar qiziqishlari asosida va jamiyat rivojiga xizmat qilishi kerak. Ijtimoiy ish turli shakllarda faoliyat ko`rsatadi, ular ko`paspektli, mijozlarning va ularni o`rab turga atrof muhitni kompleks ta’sirlari asosida faoliyat ko`rsatadi. Ijtimoiy ishning vazifasi odamlar o`z potensialini ko`rsata olish qobilyatiga ega bo`lishlari, ijtimoiy munosabatlar disfunkisiyasini keltirib chiqarmaslik maqsadida to`liq, nokemtik hayot shakli yuritishi bilan bog`liq hisoblanadi. Professional ijtimoiy ishchilar xizmat ko`rsatadigan jamiyatda umumiy va alohida individlar, oilalar va hamkorliklar ichidagi o`zgarishlar agenti hisoblanadi. Ushbu kasb tizimli qiymat, nazariya va amaliyotga bog`liq bo`lib, insonparvarlik va demokratik tamoyillar aosisda shakllanganligi sababli, professional etik kodeks tenglik va insonparvarlik tamoyillarini hurmat qilishga asoslanadi. Yevropa va Janubiy Amerika mamlakatlarida bir necha yuz yilliklar ilgari paydo bo`lib, professional ijtimoiy ish amaliyoti ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va har bir subyektning munosib hayot kechirishi uchun odamlar potensialini rivojlantirishni qo`riqlash bilan yuritilgan. Ijtimoiy ishchi kishilar huquqini himoya qilish va ijtimoiy odillik o`rnatish uchun faoiyat yuritadi. Aholini ijtimoiy zaif va qisman himoyalangan qatlami bulan birlashib, ushbu kasb qashshoqlikni kamaytirish va chiqarib tashlash, ijtimoiy qo`shimchalar prinsiplariga rioya qiladigan, ularga qaram va ruhiy tushkunlikka tushgan qatlamlarga qarshi kurash olib boradi. Bularning barchasi va bundan tashqari kelgusi ijtimoiy ishchilarni oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida tayyorlashning uzluksiz jarayonida kerak bo`ladigan ko`pgina boshqa narsalarni o`z ichiga oladi. Download 78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling