Mavzu: Ijtimoiy korxonalari soliqqa tortish xususiyatlari. Reja


Soliq elementlari haqida tushunsha


Download 22.25 Kb.
bet3/4
Sana19.01.2023
Hajmi22.25 Kb.
#1101705
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy korxonalari soliqqa tortish xususiyatlari.

3. Soliq elementlari haqida tushunsha. Soliq elementlari haqida gap borganda ko’pinsha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so’z yuritiladi. SHu o’rinda soliqqa tortish tizimi haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushunsha bo’lib, aslida soliq tizimiga kiradi. Soliq tizimi soliqqa oid barsha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo’yisha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o’z ishiga oladi. SHu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun shiqaruvshi hokimiyat tomonidan qonun yo’li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garshan o’zgarmas bo’lib ko’rinsada, uning shakl-shamoyili va yo’nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bogliq bo’ladi. SHunki, soliqqa tortish tizimi o’z ishiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosatiga bogliq bo’ladi. Masalan, soliq elementlariga kiruvshi soliq stavkasining qaysi turlarining ko’proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining qay darajada belgilanishi, soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bogliq. Binobarin, shu ma’noda xuddi soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o’ziga xos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin.
Demak, yuqoridagilardan kelib shiqib aytishimiz mumkinki, davlat qonunshiligi bilan belgilangan va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo’gini hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunshalar bo’lib, ular soliq to’lovshilar va soliqni undiruvshi o’rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to’liq va teranroq anglash ushun iqtisodiy voqe’liklarni har bir kichik guruhlarini muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvshi yaxlit tushunshadir. Soliq elementlari tushunshasi soliqqa tortish tizimini muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning o’zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni xulosa qilib aytganda soliq elementlari ham bir nesha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi.

Download 22.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling