Mavzu: Ijtimoiy pedagogika predmeti. Bolaning sotsiumda rivojlanishi, bola va uning ijtimoiylashuvi qonuniyatlari va ijtimoiy pedagogika mezonlari haqida
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti
Download 25 Kb.
|
photo 2023-03-09 20-31-16
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fan sifatida o‘zining ob’ekti deb inson va sotsiumning o‘zaro ta’siri (turlicha ko‘rinish va hollarda) hisoblanadi, ya’ni xodisa va jarayonlarning o‘ta yaxlitligi amaliy ijtimoiy — pedagogik faoliyat uchun manba va o‘zgartirish soxasi bo‘lib qoladi. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanning predmeti bo‘lib bu xolat shaxs va sotsium o‘zaro ta’sirining umumiy va pedagogik qonuniyatlari hisoblanadi. Aynan mana shu tomoni uni boshqa pedagogik fanlarda farqini ko‘rsatadi va unga o‘zaro bog’liqlik va oshkoralik harakterini kasb etadi. Ushbu fan maqsadi — inson va sotsium o‘zaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos bo‘lish, amaliyot ishlar darajasida bu o‘zaro ta’sirini har tomonlama uyg‘un bo‘lishi uchun ijtimoiy.— pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori ko‘tarish. Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, o‘zaro bog‘lovchi vazifalaridir Ijtimoiy pedagogika bu insonning atrof-muhitdagi murakkab muammolarini o'rganish bilan bevosita bog'liq bo'lgan pedagogik bilim sohasi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika boshqa insoniy fanlar: falsafa, ijtimoiy ish, sotsiologiya, psixologiya, etika, etnografiya, madaniyatshunoslik, tibbiyot, huquqshunoslik, defektologiya yutuqlaridan keng foydalanadi. Ijtimoiy pedagogika ana shu fanlar bo‘yicha bilimlarga asoslanib, o‘z o‘rganiladigan predmetiga nisbatan shaxsiy-ekologik kontekstda ularning imkoniyatlarini tashkil qiladi va birlashtiradi. Download 25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling