Tekshirdi: Babaxanova N. U. Toshkent-2022 kirish
Download 0.69 Mb.
|
Abdulazizov Bahrom BXT-2 Kurs Ishi (Kirish,1-bob, 2-bob)
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI TEMIR YO’L TRANSPORTI STATISTIKASI FANIDAN KURS ISHI Bajardi: BHT-2 guruh talabasi Abdulazizov Bahrom Tekshirdi: Babaxanova N.U. Toshkent-2022 KIRISH Temir yo’l transporti 1994-yil 7-noyabrda tashkil qilingan. Temir yoʻl transporti tarixan yetakchi boʻgʻin hisoblanadi O‘zbekiston Respublikasining transport tizimi va O‘zbekiston iqtisodiyotining eng yirik tizim tashkil etuvchi elementi bo‘lib, mamlakatning samarali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, integratsiya jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Temir yo‘l transporti statistikasining o‘rganish predmeti bo‘lib temir yo‘lga xos bo‘lgan jarayonlarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Transport sohasida temir yo‘l transporti eng katta va muhim o‘rinni egallaydi. Temir yo‘l transporti statistikasi transport statistikasining bir qismi bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni moddiy tahlil asosida tashish jarayonini tashkil qiladi, xarakatlanuvchi tarkiblarning moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish va moliyaviy natijalarni tahlil qilish uslublarini o‘rganadi. Bularning barchasi temir yo‘l transporti statistikasining asosiy vazifalaridir. Temir yo’l transporti statistikasi mikroiqtisodiy darajadagi hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy bog’liqlikda o’rganadi. Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” transformatsiya qilinadi:“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni Jahon bankini jalb etgan holda 2022-yil 1-iyunga qadar transformatsiya qilish, rivojlantirish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda prezidentning “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi ishchi guruh 2022-yil 1-avgustga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni transformatsiya qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorlaydi: o‘zining yo‘lovchi va yuk vagonlariga ega xususiy operatorlar faoliyatini rivojlantirish hamda temir yo‘l transporti xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan shaffof va moslashuvchan tarif tizimini yaratish yo‘li bilan tarif siyosatini takomillashtirish; temir yo‘l transporti korxonalarida operatsion va biznes jarayonlar samaradorligini oshirish, shu jumladan, xizmat ko‘rsatuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarni raqamli transformatsiya qilish yo‘li bilan integratsiyalash; temir yo‘l orqali ichki va xalqaro yuk hamda yo‘lovchi tashuvlarini davlat-xususiy sheriklik yoki franshiza asosida xususiy sektorga berish. Qolaversa, 2021-yilning avgustida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi temiryo‘l monopoliyasi haqida gapirgandi. Davlat rahbarining o‘shanda “Polvontosh” (Surxondaryo), “Afrosiyob parranda” (Samarqand) korxonalari rahbarlari ichki va tashqi temiryo‘l ta’riflari o‘rtasida katta farq borligi, ya’ni xalqaro tashuvlar narxi ancha yuqoriligini bildirgandi. Shu bois Transport vazirligi, Moliya vazirligi va Monopoliya qo‘mitasi bilan birga, ikki oy muddatda temiryo‘l tariflarini qayta ko‘rib chiqish topshirilgan. 2022-yilning martida “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2022—2023-yillar uchun 2,5 mingta loyihani ishga tushirish bo‘yicha dastur qabul qilingan. Temir yo’l transporti 5 ta asosiy xususiyatlari yordamida o’z faoliyatini amalga oshiradi: 1) Temir yo’l transportining mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadi. 2) Temir yo’l transporti asosiy vositalarining bir qismi, ya’ni harakatlanuvchi tarkiblar, o’z joyini o’zgartirib doimo harakatda bo’ladi. 3) Temir yo’l transporti uzluksiz (kechayu-kunduz) ishlaydi. 4) Temir yo’l transportida boshqaruv ichki, hududiy, mintaqaviy va markazlashtirilgan holda olib boriladi. 5) Harakatlanuvchi tarkiblar bilan bevosita bog’liq ishchilarning ish haqlari, ish vaqtlari, smena davomiyligi aniq belgilanmaganligi tufayli statistik kuzatish uslublari alohida o’rganiladi. Shu bilan birga, Temir yo’l transporti statistikasining 5 ta bo’limlari ham mavjud. Ular quyidagilardir: Tashish statistikasi; Foydalanish statistikasi; Asosiy fondlar va texnik jihozlar bilan qurollantirish statistikasi; Mehnat va ish haqi statistikasi; Moddiy-texnik ta’minot; Moliya statistikasi. Statistikada o’rganilayotgan obyektni o’rganishning asosiy usuli bo’lib statistik tadqiqot hisoblanadi. Statistik tadqiqotning quyidagi bosqichlari mavjud: 1) Ommaviy statistik kuzatish; 2) Kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash; 3) Turli umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarni (mutloq va nisbiy miqdor, o'rtacha miqdor, iqtisodiy indekslar va x.k.) hisoblash; 4) Statistik ma`lumotlarni jadval va grafiklar ko'rinishda tasvirlash. Temir yo’l transporti asosiy faoliyatini tahlil qilishning 4 ta asosiy ko’rsatkichlari: 1) Yuk tashish ko’rsatkichlari ( tashilgan yuk hajmi, yuk aylanmasi ( 1 km tashilgan yukning o’rtacha vazni), o’rtacha masofasi; 2) Yo’lovchilarni tashish ko’rsatkichlari; 3) Tashishdan kelib tushgan daromadlar; 4) Temir yo’ldagi texnik jihozlarning harakatlanuvchi tarkibdagi mavjudlik ko’rsatkichlari. Kurs ishidan maqsad temir yo’l transportini statistik kuzatishlar natijasida to’liqroq o’rganish, yig’ilgan ma’lumotlar orqali temir yo’l transportining ahamiyatlilik darajasini, undagi doimiy takrorlanuvchi ish-harakat, hodisalar yuzasidan nazariy bilimlarga ega bo’lish. Lokomativlar va ular tortgan vagonlardan foydalanish koʼrsatkichlarini kuzatish, ularga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash, analiz qilish hamda tahlil asosida ana shu harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishning asosiy koʼrsatkichlarini yaxshilash borasida tadqiqotlar olib borish. Ular haqida zaruriy ko’nikmalarni o’zlashtirish. Ularning samaradorligini va sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga harakat qilish. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling