Tekshirdi: Babaxanova N. U. Toshkent-2022 kirish
Foydalanish ko’rsatkichlari dinamikasi
Download 0.69 Mb.
|
Abdulazizov Bahrom BXT-2 Kurs Ishi (Kirish,1-bob, 2-bob)
2.5. Foydalanish ko’rsatkichlari dinamikasi.
Yuk vagonlarning ish vaqti xarajatlari tashish uchun ishchi park vagonlar sarflangan vaqtlariga qarab yoki ishlab chiqarish jarayonining unsurlariga qarab aniqlanadi. Birinchi usulda yuk vagonlarning o‘rtacha bir kunlik sonini kunlar miqdoriga va 24 soatga ko‘paytirish natijasida hisoblanadi va vagon-soatlarda o‘lchanadi: rb= rb · t · 24, vagon-soat Bu yerda: rb – yuk vagonlarning ish vaqti; rb - bir kundagi ishchi yuk vagonlarning soni. Vagonlarning ish vaqti xarajatlari quyidagi unsurlardan iborat: 1. Poyezdning uchastkalardagi ish vaqti- tu quyidagicha hisoblanadi: tu = qs / Vu, vagon-soat Bu yerda: - uchastkadagi vagon-soatlar miqdori; qs - yukli vagonlar parki soni; Vu- lokomotivning uchastkadagi tezligi Vu= S / tu. S - lokomotivlarning uchastkadagi sarflangan vaqti, soat. 2. Peregondagi ish vaqti harajatlari dv= , vagon-soat Bu yerda: Vt- texnik tezligi: Vt= ls / tdv. qs - yukli vagonlar parkining vaqt harajatlari; ls - poyezd boshida lokomotivlarning vaqt harajatlari ; tdv- peregondagi lokomotivlarning vaqt harajatlari. Vagonlar bosib o‘tgan masofasi ikkiga bo‘linadi: yuk va yo‘lovchi tashish vagonlarning bosib o‘tgan masofalariga. Vagon bajargan ishini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkich umumiy bosib o‘tilgan masofasi hisoblanadi( ) (7-chizma): , vagon-km. Bu yerda: - vagonlar bosib o‘tgan umumiy masofasi; - yukli holda bosib o‘tilgan masofa; -yuksiz holda bosib o‘tilgan masofa. Oraliqdagi masofa ishchi park tomonidan, shuningdek harakatlanuvchi lokomotivlar va vagon mexanizmlar yordamida bosib o‘tilgan masofa hisoblanadi. Yo‘lovchi tashish vagonlari bosib o‘tilgan masofasi ( rs) yo‘lovchi vagonlar (motorvagon, bagaj vagon, pochta vagonlar) bosib o‘tilgan masofadan iborat. Vagonlar bosib o‘tilgan masofa tortish va harakat turiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: yo‘lovchi harakatida, shu jumladan shaxarlararo; yuklarni tashish harakatida, shuningdek olib chiqish poyezdlari bosib o‘tilgan masofa miqdori; yuklarni tashish harakatida, olib chiqish poyezdlarining masofasi hisobga olinmagan xolda; xo‘jalik harakatida. Yukli texnik operatsiyalarning soni, davomiyligi va holati vagonlar turi va bekor turish toifalariga qarab o‘zgaradi. Vagonlarning bekor turish vaqti umumiy vagon parki uchun va alohida refrejerator poyezdlarining seksiyalari uchun aniqlanadi. Harajat vaqti, hisobotda asosan, vagonlarning bekor turishining 2 ta toifasi mavjud: 1 - Tranzit; 2 - Yukli bekor turish. Tranzit vaqt xarajatlari ishlovdagi va ishlovsiz turlarga bo‘linadi. Ishlovda tranzit bekor turish – vagonlarning stantsiyada manyovr ishlarda va taqsimlash jarayonidagi vaqt xarajatlari hisoblanadi. Ishlovsiz bekor turish – bekatlardagi tranzit poyezdlar bekor turish vaqti hisoblanadi. Ushbu poyezdlarda faqat lokomotiv yoki lokomotiv brigadalarining almashinish ishlari olib boriladi. Statistika amaliyotida ishlab chiqarish unsurlari bo‘yicha sarflangan ish vaqti xarajatlarining vagon-soatlar miqdori vagonlar ishchi parki soni ko‘rsatkichi asosida hisoblangan ish vaqti xarajatlari miqdori bilan taqqoslanadi. Taqoslash natijasida hisoblangan farqlilik miqdori ishlab chiqarish sikli unsurlari bo‘yicha taqsimlanadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling