Mavzu: Ijtimoiy saytda biznes rivojlanishi va samaradorligi
Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YaIM hajmi ham, YaIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir
Download 493.86 Kb.
|
2 5429127056313026516
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1975 yilda Amerikaning yirik korporatsiyalari nomoddiy aktivlari 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 85 foizdan ortdi.
- Karls Shvab.
Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YaIM hajmi ham, YaIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir. Shu jihatdan, davlatimiz rahbarining bu masalaga katta e’tibor qaratishi bir maqsadni ko‘zlaydi, u ham bo‘lsa, birinchidan, aholining yashash darajasini yuksaltirish, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirish va xalqimizni rozi qilishdir.
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi oxir-oqibat nomoddiy aktivlar, ya’ni fizik jihatdan mavjud bo‘lmagan nomonetar aktivlar oshishiga olib kelmoqda. Masalan, 1975 yilda Amerikaning yirik korporatsiyalari nomoddiy aktivlari 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 85 foizdan ortdi. Aniqroq tushuntiradigan bo‘lsak, buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘rni almashdi. Yana bir jihatga to‘xtalib o‘tish zarur. Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Buning sababi O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash bilan birga, aholi ilmini, qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro maydonda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‘zbekistonni demokratik, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shishdan iboratdir. Bu inqilobiy yondashuv faqatgina buyuk iqtisodiy sakrashlar orqali xalqning turmush darajasini oshirish, aholi farovonligiga birinchi darajali masala sifatida qarash — haqiqiy xalqparvar yetakchiga xosdir. Biz texnologiyalar hayotimizni qanday tarzda o`zgartirib boraytganligini va kelajak avlod hayotini qanday o`zgartirajagini tushunib olishimiz kerak, zero ushbu texnologiyalar biz yashayotgan hayotning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy sharoitlarni butkul o`zgartirib bormoqda. Karls Shvab. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT)tashabbusi bilan 2016 yilda Kankun shahridagi Vazirlar kengashi yig`ilishi mavzusi Raqamli iqtisodiyot: Innovatsiya, o`sish va ijtimoiy faravonlik bo`ldi. Raqamli iqtisodiyotdagi biznes modellarini tavsiflash avvalida, ularning bazaviy metodoligiyasiga hisoblangan BMDI (Business Model Development & Implementation)ga qisqacha tarif berib o‘tamiz. BMDI – bu kreativ yondashuvga asoslangan kuchli, biroq texnologik nuqtai nazardan mustaqil bo‘lgan innovatsion biznes modeli hisoblanadi (Brown 2008). Ushbu model asoschisi SAP bo‘lib, undan foydalanish maqsadi kelgusida biznes yuritish talablariga moslashishi va faoliyat jarayonini jadallashtirilgan ravishda o‘zgartirishga erishishdir (Doll and Eisert 2014). Raqamli biznesda ko‘plab muvafaqqiyatga erishgan kompaniyalar o‘zlarning biznes modellari asosi sifatida BMDIdan foydalanadi. Biroq ushbu modelning kamchiligi sifatida uning raqamli transformatsiyaga integratsiya qilinmaganida. Ammo, bu model boshqa yangi biznes modellarga fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Faith Shimba 2010-yilda “bulutli” hisoblash bo‘yicha olib borgan tadqiqotida ushbu iqtisodiy modelga ko‘ra endilikda tashkilotlar AKTni butunlay sotib olish va uni texnik tomondan qo‘llab-quvvatlashi shart emas, bulutli texnologiyalar yordamida barcha AKT resurslaridan foydalanganligi uchun to‘lov amalga oshirishi mumkin xolos. Plummer va boshqalar ta’kidlashicha, “bulutli” hisoblash texnologiyasi ko‘plab tashqi mijozlar uchun Internet texnologiyalaridan xizmat sifatida foydalanish imkonini beruvchi katta masshtabga ega va elastik hisoblash stili deyiladi. Sun va boshqalar (2012) buyumlar interneti texnologiyasi ekotizimi orqali amalga oshiriladigan biznesni an’anaviy biznes yuritish usuliga solishtirganda an’anaviy usul allaqachon o‘z dolzarbligini yo‘qotganligini ko‘rish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, buyumlar interneti texnologiyasi bozor shartlariga tezroq moslashishini ta’minlaydi. Katta ma’lumotlar bugungi kunda iqtisodiyotning muhim funtsional elementlaridan biri sifatida rivojlanib bormoqda.
Jahon iqtisodiy forumida blokcheynga shunday ta’rif berilgan: “Blokcheyn. Hech qachon juda ko‘p insonlar juda ozchilik tushungan texnologiyadan bunchalik ko‘p narsa izlamagan, Texnologiyaga bo‘lgan da’volarning eng muhimi jamiyatning muhim kalitlaridan biri — ishonchdir”. Respublika oliy biznes va boshqaruv maktabi «Strategik va moliyaviy menejment» kafedrasi mudiri E.Xoshimov o‘z izlanishlarida to‘rtinchi sanoat inqilobiga o‘tish sharoitida korxonalar boshqaruvi samaradorligini oshirishning innovatsion yo‘nalishlari deya buyumlar interneti texnologiyalari, “bulutli” hisoblash texnologiyasi, katta ma’lumotlar va takomillashgan tahlil vositalarini sanab o‘tgan. O‘rganilgan adabiyotlar orqali shuni ko‘rish mumkinki, zamonaviy biznes yuritishning platformalari bugungi kunda katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda, shu bilan birga, davlatlar o‘zining rivojlanish konsepsiyalarida ushbu tizimlarda foydalanish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqmoqdalar. Raqamli iqtisodiyotda bulutli hisoblash bo‘yicha biznes vakillari AKTga ehtiyoji bo‘lgan korxonalarga uchta yo‘nalishda xizmatlarni taqdim etadi. Jumladan, infratizimni xizmat sifatida (IaaS), platformani xizmat sifatida (PaaS), dasturiy mahsulotlarni xizmat sifatida (SaaS) o‘z mijozlariga taklif etadi. Qizig‘i shundaki, barcha foydalanuvchilar uchun xoh u milliy bo‘lsin, xoh xorijiy o‘z xizmatlarini taklifini bemalol ko‘rsata oladi (Cloud Security Aliance 2009). Demak, ta’kidlab o‘tilgan 3 turdagi xizmatlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mijozlarga yetib boradi: Jamoat buluti (Public cloud)- bulutli xizmat ko‘rsatishning ushbu modeli orqali barcha jamoatchilik uchun ochiq foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda foydalanuvchilarning xizmatdan foydalanishda xavfsizlik darajasini xizmatni taqdim etgan tomon o‘z zimmasiga oladi, chunki foydalanuvchi tomonidan to‘lov amalga oshiriladi. Bunga yaqqol misol sifatida, “Amazon Web Services EC2”ni ko‘rsatish mumkin. — Xususiy sektor buluti (Private cloud) bunda foydalanuvchi xususiy sektor vakillari bo‘lib, o‘zlarida AKTga bo‘lgan ehtiyojlarini minimallashtirish maqsadida foydalanishadi. Chunki har qanday kichik korxonalarda AKT resurslarini saqlashga, boshqarishga, qo‘llab-quvvatlashga imkoniyat yo‘q. — Gibrid buluti (Hybrid cloud) bu model o‘z nomidan ko‘rinib turganidek, ham jamoatchilik uchun ham xususiy sektor uchun birday xizmat ko‘rsatadi. Bunda asosiysi, har ikki vakillar tomonidan foydalanadigan bulutli texnologiyalarni integratsiyalashdir. — Uyushmalar buluti (Community cloud) ushbu modeldan bir manfaatga ega bo‘lgan turli tashkilotlar uchun umumiy AKT infratizimini taqsimlab berish orqali xizmat ko‘rsatadi (CSA 2009). Buyumlar internetiga asoslangan biznes modelning quyidagi tarkibiy qismlari mavjud; — Jismoniy erkinlik – bu tarkibiy qism raqamli xizmat bilan qo‘shimcha qiymatlarsiz sotiladigan jismoniy shaxslar aktivlarini ifodalaydi. Mijozlarning ko‘p qismi ushbu holatni xizmat ko‘rsatilgandan keyin tanlaydilar. — Raqamli qo‘shilgan qiymat yoki qo‘shimcha – jismoniy shaxslar aktivlari juda arzon narxda sotiladi. Vaqt o‘tishi bilan xaridor har qanday raqamli xizmatni katta marja bilan faollashtirish yoki xarid qilishi mumkin. — Raqamli qulflash – bu qo‘l bilan teginish orqali amalga oshiriladigan, kafolat va xavfsizlikni ifodalaydigan sezuvchan raqamli qulflashni ifodalaydi. — Mahsulot sotish nuqtasi – mijozlar mahsulotlardan mahsulot sotish nuqtasi sifatida foydalanishi mumkin, bunda smartfonlar va identifikatsiya texnologiyalari misol bo‘la oladi. — O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish obyekti – bu mahsulotning Internet orqali o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishini ifodalaydi. — Masofdan foydalanish va holatni monitoring qilish – “Aqlli” buyumlar o‘z egalariga yoki ma’lumotlar markaziga holat yuzasidan axborot berib turishi mumkin. Yoki masofadan turib, internet orqali boshqarish imkoniyatini beradi. Katta ma’lumotlar biznes modelini quyidagi jadval asosida tushuntirishimiz mumkin; Katta ma’lumotlar biznes model tipologiyasi Download 493.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling