Mavzu: Ijtimoiy sohani tubdan takomillashtirish chora tadbirlari


Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning shakllari va usullari


Download 224.16 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi224.16 Kb.
#1629335
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu

3. Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning shakllari va usullari
O'zbekistonda ijtimoiy sohani tartibga solishning quyidagi shakllari qo'llaniladi:
1) mulkchilik shaklidan qat'iy nazar ishchilar uchun eng kam ish haqi darajasi, pensiya, ish kunining davomiyligi, mehnat ta'tilining davomiyligini qonunda belgilash yo'li bilan tartibga solish;
2) budjet xodimlari uchun va davlat tashkilotlaridagi ishchilar uchun mehnatga haq to'lash tizimi tarillarini o'rnatish;
    • 3) pensiya, nafaqalar, stipendiyalar darajasini o'rnatish, urush va mehnat fronti qatnashchilari uchun imtiyozlar tizimini o'rnatish;
    • 4) ishchilar uchun progressiv soliq stavkalarini o'rnatish;
    • 5) ijtimoiy soha tarmoqlari o'rtasida davlat budjeti xarajatlari eng optimal proporsiyasini o'rnatish;
    • 6) ko'proq ijtimoiy-zaruriy mahsulot va xizmatlarning yuqori narxlarini o'rnatish orqali aholi daromadlarini tartibga solish, inflatsiya jarayonida esa pensionerlar, davlat ijtimoiy soha ishtirokchilari ishchilarining daromadlarini indeksatsiyalash.

4. Davlatning bandlik siyosati va aholini ish bilan ta'minlash
Mehnat bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehnat bozorida mehnat sotilmaydi, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyati, mehnat xizmati sotiladi, chunki mehnat kishilarning ma'lum maqsadga yo'naltirilgan faoliyati jarayoni bo'lib, unda ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari qo'shilishi natijasida kishilarning ehtiyojlarini qondirishga mo'ljallangan mahsulot yaratiladi va xizmat ko'rsatiladi.
Mehnat bozorida ishchi kuchini sotish va sotib olish erkin xodimni ishga yollash shaklida namoyon bo'ladi. Ishga yollash ma'lum shartlar, ya'ni ish kunining uzunligi, ish sharoitlari va rejimi, ish haqining miqdori, bajariladigan ish turi, lavozim va kasb majburiyatlari asosida amalga oshiriladi. Mehnat bozori yollanma ishchi, xodim va ish beruvchi, tadbirkorning iqtisodiy erkinligiga asoslanadi.
5. Daromadlar siyosati va aholi turmush darajasining o'sishi
Aholining turmush darajasi ko'p jihatdan uy xo'jaliklarining jamg'arilgan aktivlari va oilalarning joriy daromadlariga bog'liq bo'ladi. O'zbekistondagi oilalarning 98 foizi, joriy moddiy holatidan qat'iy nazar, o'zlarining xususiy mulki bo'lgan shaxsiy turarjoylariga ega.
    • Mamlakatimizda 1990—2010-yillar davomida ikkita maqsadli davlat dasturi — Aholini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash dasturlari amalga oshirildi. Mazkur dasturlarni amalga oshirish mobaynida, davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag'lar, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlarning jalb qilgan kreditlari hisobidan 114,2 ming km masofada suv tarmoqlari va 77,3 ming km. masofada gaz tarmoqlari qurib bitkazildi.


Download 224.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling