Mavzu: Ikki komponentli sistemalar. Yelka qoidasi mundarija kirish


Termik tahlil. Ikki komponentli qattiq sistemalarning holat diagrammasini tuzish


Download 201 Kb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi201 Kb.
#1615016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ikki komponentli sistemalar. Yelka qoidasi

1.5 Termik tahlil. Ikki komponentli qattiq sistemalarning holat diagrammasini tuzish
Ishdan maksad: Ikki komponentli inkonguriyent qattiq sistemaning suyuqlanish temperaturasini tarkibga bog‘liqligini о‘rganib, holat diagrammasini Tc = f(C) tuzish va aralashmaning evtetik tarkibini aniqlashni о‘rganish.
Ish bajarish tartibi: Termik analiz usuli asosida sistemaning sovitish yoki isitish vaqtida temperaturaning о‘zgarish tezligini о‘rganish yotadi. Agar sovish vaqtida sistemada hech qanday fazoviy о‘zgarishlar sodir bо‘lmasa, uning temperaturasi bir tekisda pasayadi, agarda biror fazoviy о‘zgarishlar sodir bо‘lsa, sovish chizig‘ida modda temperaturasining pasayishi sekinlashib yoki tо‘xtab qolganligi kuzatiladi va chiziqda kesma paydo bо‘ladi. Fazoviy о‘zgarishlar tugamaguncha temperatura deyarli о‘zgarmaydi. Undan keyin yana bir tekisda sovish boshlanadi. Vaqt - temperatura koordinatalarida berilgan moddani yoki aralashmani sovish chizig‘ini chizib, undagi kesmaning joylashishidan kristallanish jarayoni boshlanish temperaturasi (a) aniqlanadi, temperaturaning doimiyligi tugagan nuqta (b) kristallanish tugaganini kо‘rsatadi. Toza moddalar va ularning turli tarkibidagi aralashmalarining suyuqlanish temperaturalarini aniqlab, sistemaning suyuqlanish diagrammasini chizish mumkin.



7 ta probirka olib, ikkitasiga 8-10 g atrofida texnik tarozida tortilgan toza moddalar olinadi, qolgan beshtasiga о‘qituvchi aytgan tarkibidagi tayyorlangan aralashmalar olinadi. 300-500 ml li stakanda suv yoki glitserin (moddaning suyuqlanish temperaturasiga qarab) isitilib, probirkalardan biri u yerga solinadi. Modda suyuqlanib bо‘lgandan keyin probirkani termometrli probka bilan yopiladi. Termometrning uchi probirka devoriga tegmasdan turib, suyuqlanmaning о‘rtasida bо‘lishi kerak. Sо‘ng suyuqlanmali probirkani havo kuylagi vazifasini bajaruvchi kengroq probirkaga joylashtirib, sovish egrisi olinadi. Uning uchun sekundomer ishga tushirilib, modda tо‘liq kristallanib bо‘lguncha har 0,5 minutda termometr kо‘rsatkichlari yozib turiladi.
Sо‘ng probirkani issiq suvli (yoki glitserinli) stakanga solib, aralashma suyuqlantirilib termometr bо‘shatiladi va chiqarib olinadi. Shunday tajribalar qolgan probirkalar bilan takrorlanadi. Olingan natijalar asosida (sof komponentlar, aralashmalar uchun) sovish egrilari chiziladi. Egrilardagi kesmalardan kristallanishning boshlanishi va tugash temperaturalari topiladi va olingan ma’lumotlarni 1.4.1-jadvalga yoziladi.


1.4.1-jadval

Tajriba


Aralashma
Tarkibi

Kristallanish boshlanish temperaturasi, °C

Kristallanish tugash
temperaturasi, °C

A

B

1













2













3













4













5













6













7













Ishning hisoboti: Yuqoridagi “vaqt – temperatura” sovish egrilari va jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, sistemaning suyuqlanish yoki qotish diagrammasi chiziladi. Buning uchun ordinatalar о‘qiga kristallanishning boshlanish va tugash temperaturalari, abssissalar о‘qiga esa aralashmalar tarkibi qо‘yiladi.
Suyuqlanish diagrammasi quyidagicha tuziladi (7-rasm). Abssissa о‘qiga tarkib, ordinata о‘qiga shu tarkibga mos bо‘lgan kristallanish harorati qо‘yiladi. Bu diagrammada tA0, tB0 – toza A va B moddalarning kristallanish harorati. tA0, E, tB0 chizig‘i A va B moddalarning kristallanish haroratining eritma tarkibi bilan о‘zgarishi. tA0, E, tB0 chizig‘i suyuqlanish (likvidius) chizig‘i deb ataladi. Bu chiziqdan yuqoridagi soha gomogen bо‘lib suyuqlikdan iborat.


1.4.1-rasm
E nuqtasi evtetik nuqta deyiladi. Bu nuqtaga mos kelgan tarkib Se evtetik tarkib deyiladi. Bu eritmaning eng pastki nuqtasi kristallanish (qotish) haroratidir.
Komponentlar turi о‘qituvchi tomonidan beriladi va quyidagicha bо‘lishi mumkin:

  1. Naftalin-difenilamin.

  2. Azobenzol-naftalin.

  3. Benzoy kislotasi-naftalin.

  4. Naftalin-nitrotoluol.

  5. Fenol-metilamin.

Moddaning suyuqlanish temperaturasiga qarab, suvli hammom о‘rniga moyli yoki glitserinli hammom ishlatiladi.


XULOSA
Kurs ishini yozilish davrida quyidagicha xulosalarga kelindi:
Fizik kimyoviy analiz usullari
Ikki komponentali sistemalar haqida ma’lumotlar toʻplandi va rejalar tuzilib re’jalarni yoritib berishga harakat qilindi.
Ushbu kurs ishida turli xil komponentli sistemalarni o‘rganish eng mumkin bo‘lgan reaktsiya mexanizmlarini aniqlash va boshlang‘ich materiallarni iste'mol qilish intensivligini yoki reaktsiya mahsulotlarini shakllantirishni tavsiflovchi tenglamalarni olish imkonini berishi keng bayon etildi.
Ushbu qo‘llanmada faqat bir hil kimyoviy reaktsiyalarning uch komponentli sistemalarni o‘rganish usullari ko‘rib chiqiladi, ammo ular ko‘pincha reaktsiyalarni o‘rganish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib chiqadi.
Suyuqliklarning amalda muhim fizik xarakteristikalari, qaynash nuqtasidan tashqari, muzlash nuqtasi, rangi, zichligi, yopishqoqlik ko‘rsatkichi, sinishi ko‘rsatkichidir. Suyuqliklar kabi bir hil muhitlar uchun sinishi indeksi osongina o‘lchanadi va suyuqlikni aniqlashga xizmat qiladi.



Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling