Tenglamalar sistemasini yechishning turli usullari
Tenglamalar sistemasini yechishda turli usullar: noma`lumlarni ketma-ket yo`qotish, o`rniga qo`yish, o`zgaruvchilarni almashtirish va boshqalar qo`llanilishi mumkin. Bularni misolda ko`rib chiqamiz.
1-misol . Sistemani o`zgaruvchini yo`qotish yo`li bilan yeching.
Yechish. Birinchi tenglamani o`zgarishsiz qoldirib, ikkinchi teng-lamani 3 ga ko`paytiramiz va ularni qo`shsak, hosil bo`lgan tenglama fa-qat x ga nisbatan bo`ladi, ya`ni:
bo`lib, qo`shib 11x=11 va x=1 ni topamiz.
Ikkinchi tenglamada x ning o`rniga x=1 ni qo`yib, y ning qiymatini topamiz:
3 1-y=1; y=3-1=2 Yechim; (1;2)
2-misol. sistemani o`rniga qo`yish usuli bilan yeching.
Yechish: Birinchi tenglamadan y=7-x ni topib, ikkinchi tenglamadagi y ning o`rniga qo`yib topamiz:
x(7-x)=12;
7x-x2-12=0
x2-7x+12=0;
;
x1=3; x2=4.
y=7-x da x ning o`rniga topilgan qiymatlarni qo`yib, y1=4 va y2=3- ni topamiz.
Yechim: (3,4); (4,3).
3-misol. sistemani o`rniga qo`yish usuli bilan yeching.
Yechish: Birinchi tenglamadan x=y+1ni topib, ikkinchi tenglamaga qo`yamiz:
y1=1; y2=-2. x1=2, x2=-1. Yechim: (2;1), (-1; -2).
4-misol. sistemani belgilab yeching.
Yechish: Sistemani shaklda yozib, x+y=u, xy=v, deb belgilab, sistemani hosil qilamiz. Viyet teoremasiga ko`ra u va v z2-11z+30=0 kvadrat tenglamaning ildizlari bo`ladi:
; z1=5, z2=6.
Bundan u1=5, v1=6 va u2=6, v2=5 ni topamiz va ikkita sistema va ni hosil qilamiz. Bularni yechib, sistemaning yechimi (2;3), (3;2) (5; 1), (1; 5) ni hosil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |