Javob: 80 va 10.
3-masala. Shaxsiy korxona chiqargan mahsulotni 3348 so`mga so-tib 4% zarar ko`rdi. Bu mahsulotning tannarxi qancha bo`lgan?
Yechish: Mahsulotning tannarxi 100% deb qabul qilinadi, u holda ko`rilgan zarar tannarxiga nisbatan hisoblanadi. Demak, 3348 so`m tannarxining 100-4=96%ini tashkil qiladi. Tannarxni x bilan belgilasak, uni topish uchun 3348:96=x:100 proporsiyaga ega bo`lamiz, buni yechib so`mni topamiz.
Javob: 3487 so`m 50 tiyin.
4-masala. Mahsulotning 1 kilogrammi 640 so`m turar edi. Narxi tushirilganidan keyin u 570 so`m bo`ldi. Mahsulotning narxi necha foiz tushirilgan?
Yechish: Mahsulot narxi 640-570=70 so`mga kamaytirildi. Bu 640-ning necha foizini (x%) tashkil qilishini topish uchun 640:100=70:x proporsiyaga ega bo`lamiz. Buni
yechib ni topamiz.
Javob 10,94 %.
5-masala. Mayiz quritiladigan uzum og`irligining 32%ini tashkil qiladi. Necha kg uzum quritilganda 2 kg mayiz chiqadi?
Yechish: Masala shartiga ko`ra 2 kg mayiz quritiladigan uzumning 32%ini tashkil qiladi. Shuning uchun 2:32=x:100 bo`lib, bundan
Javob: 6,25 kg.
6-masala. Mahsulot 30% ga arzonlashtirildi. Yangi narx yana 15% ga kamaytirildi. Mahsulotning dastlabki narxi necha foizga arzonlashtirildi?
Yechish: Mahsulotning dastlabki narxini x deb belgilaymiz. Uning narxi 30% kamaygan bo`lsa, endi x-0,3x=0,7x bo`ladi. Bu narx yana 15%ga kamaytirilgan bo`lsa, uning narxi 0,7x-0,15 0,7x=0,595x ni tash-kil etadi. Avvalgi narx x, oxirgi narx 0,595x bo`lsa, mahsulot narxi x-0,595x =0,405x ga arzonlashtirildi. Bulardan foydalanib, 0,405x ni necha foiz (P) ekanligini topamiz.
Javob: 40,5%.
7-masala. Guruhdagi talabalarning 12%i matematikadan yozma ishni umuman bajarmagan, 32%i xatolar bilan bajargan, qolgan 14 tala-ba hammasini ishlagan. Guruhda nechta talaba bo`lgan?
Yechish: 14 ta to`g`ri ishlagan talabalar, talabalar umumiy soni-ning 100-12-32=56%ni tashkil qiladi. Agar talabalarning umumiy soni x bo`lsa, bo`ladi. Bundan ni topamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |