Mavzu: Ikki va uch o`lchamli grafika
Download 472.03 Kb.
|
2-kun 3
Mavzu:Ikki va uch o`lchamli grafika Yaratish usuliga ko‘ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi: 1.2D (inglizcha two dimension - ikki o‘lchamli jumlasidan olingan). 2.3D (inglizcha three dimension - uch o‘lchamli jumlasidan olingan). Ikki o‘lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo‘lib, ularga misol sifatida printerda qog‘ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst (maxsus mato)da chizilgan rasmlami keltirish mumkin. Ikki o‘lchamli grafikaning turlari bilan keyingi sahifada batafsil tanishamiz. Uch o‘lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda egallagan o‘mi mayda kublar bilan to‘ldiriladi. Agar bu kublar yetarlicha kichik bo‘lsa, inson ko‘zi ulami ilg‘amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.Lekin hozirgi paytda boshqacha yo‘l tutiladi. Jismning o‘zi emas, balki uning chegarasini tashkil etuvchi sirt shakllantiriladi. Natijada ko‘zlarimiz oldida jismning o‘zi namoyon bo‘ladi. Bunda jism sirti mayda uchburchaklar bilan qoplab chiqiladi. Agar bu uchburchaklar yetarlicha kichik bo‘lsa, ko‘z bu uchburchaklardan iborat to‘rni ilg‘amaydi va jism bir butun holda shakllanadi.To‘r ko‘zga tashlanmasligi uchun jism sirti bo‘yab chiqiladi. Yorug‘lik manbalari jism sirtini yoritishini va jismning soyasini inobatga olsak, uch o‘lchamli jismning sirtini bo‘yash katta hajmdagi hisob-kitoblarni bajarishga olib kelishi ma’lum bo‘ladi. Uch o‘lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o‘yinlari va virtual (xayoliy) borliq yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim - shlemlarda tasvirlanadi. Bunda har bir ko‘z uchun alohida tasvir yaratiladi. Ular birgalikda tasvimi uch o‘lchamda ko‘rish imkonini yaratadi.Uch o‘lchamli grafikadan ikki o‘lchamli grafikada ham, ayniqsa, animatsiyada keng foydalaniladi. 3D o‘lchamli kompyuter graflkasi quyidagi turlarga ajratiladi: 1) rastrli grafika; 2) vektorli grafika; 3) fraktal grafika. Rastr so`zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo‘lib, lotin tilidagi rastrum - xaskash, omoch so‘zidan olingan. Monitor ekranida tasvir televizor ekranidagi kabi yaratiladi. Hozirgi paytda ekrandagi tasvir ham raqamli ko‘rmishda yaratiladi: tasvir qatorlar va ustunlarga bo‘linadi, tasvirning mayda bo‘laklari - piksellardan iborat bo‘ladi. Rastrli tasvirlar skanerlar, raqamli fotoapparatlar, shu jumladan, telefon- ning fotokameralarida yaratiladi. Kom¬pyuter ekranidagi tasvirdan nusxa olin- ganda ham rastrli tasvir paydo bo‘ladi.Printerlarda chop etilgan tasvirlar ham rastrlar orqali yaratiladi. Tasvirlami oddiy grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafikasining asosini tashkil etadi. Vektor grafikasida tasvir oddiy shakllaming yig‘indisi ko‘rinishi ifodalanadi, saqlanadi va tasvirlanadi. Natijada tasvirlami yaratish, qayta ishlash, saqlash va tasvirlash osonlashadi. Ularni saqlashga kam joy talab qilinadi, tasvirning masshtabi kattalashtirilganda uning sifati yomonlashmaydi. Lekin vektor grafikasi yordamida fotosuratlami saqlashning iloji yo‘q.Vektor grafikasidan chizmalar, animatsiyalar yaratishda keng foydalaniladi. Operatsion tizimdagi shriftlar vektor grafikasi asosida yaratilgan va ularning yuqori sifati barcha tomonidan e’tirof etilgan. Fraktal so‘zi lotincha fractus so‘zidan olingan bo‘lib, maydalangan, bo‘lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o‘ziga o‘xshash qismlardan iborat bo‘lgan geometrik shakllarga aytiladi. . Download 472.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling