Mavzu: Ikkinchi darajali bo’laklar Mundarija: I kirish II asosiy qism


Masalan: Qahraton qishning achchiq sovug’i badanni achitardi. (R.F). Yoki


Download 56.41 Kb.
bet4/7
Sana20.06.2023
Hajmi56.41 Kb.
#1633080
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gapning ikkinchi darajali bo\'laklar haqidagi sintaktik nazariyalar

Masalan:
Qahraton qishning achchiq sovug’i badanni achitardi. (R.F).
Yoki
Opa-singil uyda onalarining majlisdan kelish kutar edilar (A.Mux).
Yuqoridagi misollarda sovuq achitardi, opa-singil kutar edilar bo’laklari gapning bosh bo’laklari bo’lib, gapning asosiy mazmunini ifodalaydi. Qolgan b’alaklar ularga bo’g’lanib, gap mazmunini kengaytiradi.
Ikkinchi darajali bo’laklar, odatda, yo egaligi yoki kesimga tobe bo’ladi. Ayrim hollarda esa ikkinchi darajali bo’laklar o’zaro bir-biriga ergashib, gapning bosh bo’laklariga tobe bo’ladi. Ayrim hollarda esa ikkinchi darajali bo’laklar o’zaro bir-biriga ergashib, gapning bosh bo’laklariga tobe bo’ladi.
Masalan:
Kuchli shamol eng katta daraxtlarni tebratmoqda edi. Bu gapda shamol tebratmoqda edi bosh bo’lagiga kuchli, eng katta daraxtlarni so’zlari ergashib, tobe bo’lib kelmoqda.
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari uchga bo’linadi:
1. To’ldiruvchi
2. Aniqlovchi
3. Hol

2. To’ldiruvchi va uning ifodalanishi. 


Gapning biror bir bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bo\lanib, uning ma’nosini to’ldirib keluvchi gap bo’lagi to’ldiruvchi deb ataladi.
Boshqaruvchi sozning talabiga ko’ra to’ldiruvchi biror kelishikda (qaratqichdan tashqari) bo’ladi yoki ko’makchi bilan keladi.
Masalan:
U olim va fozil odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi. (M.Osim). Bilim manbai-kitobni seving.
Birinchi misolda to’ldiruvchi (odamlar bilan) ko’makchi bilan, ikkinchisida (suhbatlashishdan) chiqish kelishigi bilan kelib, kesimga boshqaruv yo’li bilan bog’langan. Ikkinchi gapda esa to’ldiruvchi (kitobni) tushum kelishigi bilan ifodalangan.
To’ldiruvchi egaga, aniqlovchiga, boshqa bir to’ldiruvchiga ham bo’lanib kelishi mumkin. Bunday hol ko’pincha ega aniqlovchi, to’ldiruvchining sifatdosh va harakat nomi bilan ifodalanganida ro’y beradi.
Masalan:
1. To’diruvchining egaga bog’lanib kelishi
Gulni sevgan tikanni ham sevadi.
2. To’ldiruvchining aniqlovchiga bo’lanib kelishi
Betga aytganni zaxri yo’q.
3. To’ldiruvchining to’ldiruvchiga bo’lanib kelishi
Direktorimiz musobaqaga qatnashganlarni qzg’in tabrikladi.
To’ldiruvchilar odatda, ot, olmosh, harakat nomi, son, sifat, sifatdosh bilan ifodalanadi:

Download 56.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling