Mavzu. Ilashish muftasining vazifasi va turlari. Vazifasi


Ilashish muftasining tuzilishi. Ilashish muftasi yuritmasidagi kuchaytirgichlarning tuzilishi va ishlashi


Download 0.84 Mb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1150429
1   2   3
Bog'liq
10-Mavzu (2)

Ilashish muftasining tuzilishi. Ilashish muftasi yuritmasidagi kuchaytirgichlarning tuzilishi va ishlashi.

Bir diskli ilashish muftalari avtomobillarda keng tarqalgan. Dvigatel maxovigi 1 ga (12.3-rasm) boltlar yordamida ilashish muftasining po’latdan shtamplangan g’ilofi biriktirilgan. Cho’yan siquvchi disk 2 g’ilofdan siquvchi diskka aylanma harakatni uzatuvchi to’rt juft prujinali plastin 4 lar yordamida g’ilofga biriktirilgan. g’ilof va siquvchi disk orasida prujina 5 lar o’rnatilgan. har bir prujina g’ilof va siquvchi diskda ishlangan bo’rtiqlar bilan markazlashtirilgan. Prujina va siquvchi disk orasida issiqdan himoyalovchi shaybalar o’rnatilgan.





12.3.-rasm. Bir diskli friksion ilashish muftasi


To’rt dona ilashish muftasini ajratish richaglari 9 ignasimon podshipnikli o’qlar bilan birga siquvchi disk va vilka 11 bilan birlashtirilgan. g’ilofda vilkalarning tayanchi bo’lib vilkalarga siquvchi diskni surishda tebranma harakat qilishga yo’l qo’yadigan sferik gaykalar xizmat qiladi. Ilashish muftasini yig’ishda bu gaykalar bilan ajratish richaglarining xolati rostlanadi.


O’rta yetakchi disk 13 da richag mexanizmi 15 o’rnatilgan. Uning prujinasi ilashish muftasi o’chirilishida Z simon richagni buradi, richag esa maxovik 4 va siquvchi disk 5 ga tayanib, o’rta yetakchi disk 13 ni maxovik va siquvchi diskdan bir xil masofada turishini ta’minlaydi. O’chirish richaglari 16 ilashish muftasini o’chirish muftasi podshipniki 10 ning tashqi oboymasi ilashish muftasi o’chirilishida tayanadigan tayanch uzuk 9 bilan biriktirilgan.


Ilashish muftasini asosiy aylanuvchi detallari statik balansga keltiriladi. Bundan tashqari, ilashish muftasini dvigatelning maxovigi va tirsakli vali bilan yig’ilganda balanslashtiriladi. Balans aniqligi ilashish muftasini o’lchamlari va dvigaiyelning tezligiga bog’liq. Siquvchi diskni g’ilof bilan jamlanmasini uning babishkalaridan metalni o’yib olib balanslashtiriladi, yetakchi diskka esa balanslovchi plastinalar 22 o’rnatiladi (12.3-rasm). Maxovikdan ilashish muftasini yechishda ularning o’zaro jamlangan xoldagi balansini buzmaslik uchun ularning o’zaro joylashishini belgilab olishi kerak.
Ilashish muftasining mexanik yuritmasi odatda pedal ilashish muftasiga yaqin joylashganda qo’llaniladi. Ilashish muftasini o’chirish vilkasi vali 7 da biriktirilgan richag 6 pedal 1 richagi 2 bilan tortqi vositasida birlashtirilgan. Vilka tayanch podshipnik 8 li muftana ta’sir ko’rsatadi. Ilashish muftasi ishlayotgan paytda o’chirish richaglarining uzugi 9 va podshipnik orasida a tirqish mavjud bo’ladi. Mexanik kuchaytirgichning servoprujinasi 10 pedal kabina poliga yoki yurishni chenaralagichga tayanganda yuritma detallarini boshlang’ich xolatda ushlab turadi. Pedal harakatining boshida servoprujina uning surilishiga to’sqinlik qiladi. Servoprujina o’qi pedal o’qidan pastlashib qolganda, servoprujina ilashish muftasini o’chirishga harakat qiladi. Servoprujina pedaldagi eng katta kuchni 20-40% ga kamaytiradi.

12.5-rasm. Ilashishmuftasigidravlikyuritmasi

richag 10 va boshqaruvchi gidrotsilindr 9 porsheni orqali avtomat boshqarishni amalga oshiradi. Agar prujina 14 kuchi elektromagnit kuchidan ortib ketsa, u holda uning langari klapan tomonga suriladi. Bunda bo’shliq 15 atmosfera bilan bog’lanadi.





12.7-rasm
Elektromagnit kuchi uning uramidan o’tayotgan tok kuchiga bog’liq. Tok kuchi avtomat blok 17 yordamida dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasining ortishiga binoan kamayadi. Elektromagnit o’ramidagi tok kuchi qanchalik kam bo’lsa, prujinalarning kam siqilishi natijasida ularning kuchi elektromagnit kuchiga tenglashadi. Boshqa tomondan, prujinalar 14 kuchi servokameradan shtok 11 ning chiqishiga qarab kamayadi. Shuning uchun dvigatel tirsakli vali aylanish chastotasiga ko’ra shtok 11 asta-sekin servokameradan chiqadi, uning hisobiga dvigatel maxovigiga yetaklanuvchi diskning asta-sekin siqilishi amalga oshadi va shu bilan ilashish muftasining ravon ishga tushirilishi ta’minlanadi.
Avtomobilni elektrovakuum boshqaruv bilan jihozlanganda ilashish muftasini boshqarish imkoniyati saqlab qolinadi va oddiy usul bilan-bachok 1 bilan bog’langan bosh silindr 3 ga ta’sir qiluvchi ilashish muftasi pedali yordamida. Faqat buning uchun mavjud bo’lgan o’chirgich 18 yordamida avtomat blokni o’chirish kerak.
Elektrovakuum boshqaruvining barcha uzellari osma hisoblanadi, seriyali agregatlar bilan mexanik bog’liqlikka ega emas va shuning uchun seriyali agregatlarning tuzilishini o’zgartirmagan xolda avtomobilni istalgan yerida o’rnatilishi mumkin. Elektrovakuum boshqaruvidan foydalanilganda ilashish muftasining yarim avtomat ishga tushirilishi ta’minlanadi.
Ilashish muftasi pedalining erkin yurishini rostlash ishqalanuvchi yuzalarining yeyilishi bois kerak bo’ladi. Yeyilish natijasida podshipnik va richaglar orasidagi tirqish, jumladan, ilashish muftasi pedalining erkin yurishi ham kamayadi. Agar tirqish yo’qolsa va richaglar mufta podshipnikiga tegib qolsa, u xolda disklarni siquvchi kuch va ilashish muftasi vositasida uzatilayotgan moment kamayadi, chunki ilashish muftasi to’liq o’chmaydi. Bunday ilashish muftasining yetaklanuvchi diski yetakchilarga nisbatan ishqalanadi. Ilashish muftasi ishqalanganda avtomobilni ko’p muddat ishlatish yetaklanuvchi disklarning friksion qoplamalarini tez fursatda yeyilishiga, ularni kuchli issiqlik natijasida qirilishiga, ilashish muftasini uchirish muftasining podshipnigini erta yeyilishiga olib keladi. Tirqish va pedalning erkin yurishi juda ham kattalashib ketsa ilashish muftasi to’liq o’chmaydi.


Nazorat savollari
1. Ilashish muftasida diafragmali prujina qo'llanilganda qanday afzalliklarga erishiladi?
2. Ilashish muftasini boshqarishni yengillashtirish uchun yuritmalarda qanday tuzilmalar qo'llanilishi mumkin?


Adabiyotlar
1. Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash.(Kasb hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma). Toshkent – Talqin – 2005. 227–233 betlar.
2. X.M.Mamatov va boshkalar «Avtomobillar» , Toshkent, «Ukituvchi». 1982 y. 165-175 betlar.
3. Vishnyakov N.N. i dr, Avtomobil. Osnovы konstruksii. M. Mashinostroyeniya. 1986. 105-109, 109-120 betlar.
Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling