Mavzu: Ildiz va uning vazifalari


Barg metamorfozi Barg metamorfozi


Download 10.3 Kb.
bet3/3
Sana03.06.2024
Hajmi10.3 Kb.
#1842077
1   2   3
Bog'liq
Barg va uning vazifalari

Barg metamorfozi

Barg metamorfozi


Qurg’oqchilik yerlarida o’simliklar suvni kam bug’latish uchun ko’pgina barglarini tikanga aylantiradi. Kaktus, zirk, sparja o’simliklarida barglar mutlaqo tikanga aylangan. Ayrim o’simliklarda barg plastinkasining chetlari mayda tikanlarga aylanadi. Masalan, qushqo’nmas, govtikanda akatsiya, kovul o’simliklarida esa yon bargchalar tikanga aylangan. Ba'zi bir o’simliklarda bargning butun yoki biror qismi ipsimon jingalakka aylanadi. Ho’xat, no’xatak, burchoq, yasmiq o’simliklari murakkab barglarining oxirgi bargchasi shaklini o’zgartirib jingalakka aylangan.
Suvda yoki botqoqda o’sadigan o’simliklarning barglari hasharotlarni tutib hazm qilishga moslashgan. Botqoq rosyankasi, pashshaxo’r venerina, muxolovka barglari hasharot qo’nishi bilan tukchalari ta'sirlanadi va ular yopilib hasharotlarni ushlab qoladi. Braziliyada o’sadigan nepentis o’simligida esa barg bandining bir qismi ko’zachaga, barg plastinkasi esa qopqoqchaga aylangan bo’lib, hasharotlar shu ko’zachaga tushishi bilan qopqoqcha yopiladi, ushlangan hasharotlar hazm bo’ladi

Barg ontoginezi

Barg ontoginezi


Barg o’z taraqqiyotini kurtak ichida va undan tashqari fazalarda o’tkazadi. Birinchi faza davomida boshlang’ich barg voyaga etgan barg shaklini oladi, ammo u kichik o’lchamda va o’ralgan holda bo’ladi. Ikkinchi fazaga o’tganda esa hujayralarning bo’linishi va cho’zilishi natijasida barg rivojlanadi. Bargning shakllanishi boshlang’ich barg uchki hujayralarining bo’linishi va keyinchalik interkalyar hamda chekka meristemalar hisobiga boradi. Kurtak yozilganidan so’ng bargining yuzasi bir necha o’n va yuz marta ortiladi.
Download 10.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling