Mavzu: ilk qadam davlat o`quv dasturi asosida o`yinni tashkil etish reja: kirish. I-bob. Ilk qadam” davlat o`quv dasturi


Download 130.5 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1515175
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ILK QADAM DAVLAT O`QUV DASTURI ASOSIDA O`YINNI TASHKIL ETISH


MAVZU: ILK QADAM DAVLAT O`QUV DASTURI ASOSIDA O`YINNI TASHKIL ETISH
REJA:
KIRISH.
I-BOB. ILK QADAM” DAVLAT O`QUV DASTURI.
1.1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi haqida tushuncha.

1.2. О‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi ekanligi.


II-BOB “ILK QADAM” DAVLAT O`QUV DASTURI ASOSIDA O`YINNI TASHKIL ETISH.
2.1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish.
2.2 “Ilk qadam” dasturida bolaning rivojlanish kartasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida oladi. MTMda ta’lim-tarbiyani tarbiyachi-pedagoglar amalga oshiradi. Tarbiyachi-pedagoglar o‘z faoliyatlarida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama kamol toptirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish bilan birga ularning estetik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 372-son «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha Davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi: bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash; bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish; bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish; shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish; bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish; bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish; bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish; bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish; bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. Ta’lim muassasalarining bir turi sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi, shubhasiz, ularning har qaysisiga xos, bolalarning tarbiyasi, ta’limi, rivojlanishi va salomatligiga yaxshi yo‘nalganligi bilan bog‘liq umumiy xususiyatlarga ega. Shu asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati boshqa ta’lim muassasalarida kechadigan pedagogik jarayonlardan jiddiy farq qiladi.
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta’lim sifatini boshqarishning umumiy nazariy yo‘llarini maktabgacha ta’lim amaliyotiga mexanik ravishda ko‘chirish mumkin emas. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining o‘ziga xosliklariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirilishi kerak.E’tirof etish joizki, ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni estetik tarbiyasi o‘ziga xos yo‘nalish sifatida qabul qilingan.Darhaqiqat, kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib xissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero,Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «…bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa qolmoqda».
Aytish joizki, ta’lim muassasalari oldida barkamol avlodni voyaga yetkazish masala dolzarb masala hisoblanadi. Bu kabi islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad − yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhlaridagi bolalarning bilim doirasini kengaytirish, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu jarayon jamiyatimizning ijtimoiy va ma’naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga har tomonlama yuksak e’tibor berish zaruriyatini kun tartibiga olib chiqadi. Mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlashda har bir o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga ona Vatanga mehr-muhabbat, istiqlolga sadoqat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini singdirish, dunyoqarashini kengaytirish, bir so‘z bilan aytganda, har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib voyaga yetkazish muhim vazifalardan biridir.Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”.
Ma’lumki, bolaga maktabgacha yoshida berilgan ta’lim – tarbiya uning butun hayoti davomida muhim o‘rin tutadi. Respublikamizning kundan-kunga jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallab borishi, rivojlangan davlatlar bilan tenglik tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikka erishishi, nafaqat ota-onalar, balki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari zimmasiga bolani yoshiga munosib tarzda har tomonlama tarbiyalab borish zaruriyatini yuklamoqda.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini hisobga olsak, shu davrda ijtimoiy muhit va ta’lim tarbiya ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi. Ayni shu vazifani amalga oshirish esa, bizning mamlakatimizda milliy sharqona tarbiya poydevori hisoblangan oilada, xususan ota-onalar va shu bilan birga ta’lim muassasalari– maktabgacha va maktab ta’limi tarbiyachisi hamda pedagoglari zimmasidadir.Bolalar fantaziyasi olami, ularning qiziqishi va xohishi qadar keng va chegarasizdir. Shuning uchun ertaklar azal-azaldan kishilardagi yaxshi sifatlarni kamol toptirib, go‘zallikni xis etish qobiliyatini o‘stiradi, vatan, el-yurt obodligini, osoyishtaligini ta’minlash ishqi bilan yashashga o‘rgatadi.Ertaklarda xalq aql-zakovatining qudratli parvozi, xalqning orzu-istaklari, mingyillik donoligi, tajribasi majoziy timsollar zamiridagi mangu hayot muammolarini bilishga intilishini aks ettiradi. Inson bor ekan, ertak bilan o‘sib ulg‘ayadi, o‘zining qalb qo‘rini ertak bilan boyitadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-hissiy rivojlanishida tasviriy faoliyatning o‘rni katta. Ayniqsa, Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota onalar bilan ishlashni tashkil etish qaralayotganligi bugungi kunda ko‘pchilik MTM tarbiyachi –pedagoglariga ham ayon emas.Shu boisdan mazkur BMI da aynan bola shaxsi shakllanishiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida ilmiy, pedagogik-psixologik adabiyotlar asosida va tajriba sinov ishlari orqali o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, masalaga oid tegishli tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Bitiruv malakaviy ishi predmeti: Bolaning rivojlanish xaritasi “Ilk qadam” davlat o`quv dasturini amalga oshirishning muhim omili sifatida
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi: Bolaning rivojlanish xaritasi “Ilk qadam” davlat o`quv dasturini amalga oshirishning muhim omili sifatida o‘rganish.
Bitiruv malakaviy ishi vazifalari:

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotida Bolaning rivojlanish xaritasi “Ilk qadam” davlat o`quv dasturini amalga oshirishning muhim omili sifatida nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida Bolaning rivojlanish xaritasi “Ilk qadam” davlat o`quv dasturini amalga oshirish bilan ishlash” va undan foydalanish ahvolini o‘rganish;

  • Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlarni tashkil etish;

Bitiruv malakaviy ishi metodi: kuzatish, suhbat, pedagogik tajriba, o’yin.
Bitiruv malakaviy ishi obyekti va bazasi: Zomin tumani dashtabod shahridagi “Navbahor” nomli __-DMTT.
Bitiruv malakaviy ishi yangiligi: mazkur bitiruv malakaviy ishi maktabgacha ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari tomonidan ilgari tadqiqot ishi sifatida o’rganilmaganligi bilan yangilikdir.
Bitiruv malakaviy ishi tuzilishi: kirish, 2 bob, xulosa va tavsiyalar, ilovalar qismidan iborat bo’lib, jami 24 betni tashkil etadi.
О‘yin bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bо‘lib, u orqali bola shax sifatida shakllanadi. О‘yin bolaning kelajakdagi о‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. О‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini о‘ziga tortib kelgan. О‘yin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kelgan bо‘lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa vakillari о‘z о‘yinlarida ovchilik urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Ba’zi hollarda о‘yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Bola о‘z о‘yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi Keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi. О‘yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Bolalar о‘yinini bunday tush unish birinchi marta K.D.Ushinskiy tomonidan ta’riflab berilgan edi. U о‘z asarlarida bolalar о‘yinining mazmuni ular ning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsi shakllanishiga ta’sir etadi, deb yozadi. Bu fikrni P.F.Leyegaft ham tasdiqlab, bolalar о‘z о‘yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks etgiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. О‘yin kattalar hayotida muayyan о‘rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga ega ekanini olim va pedagoglar о‘zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. Tarbiyachilar bolalar о‘yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishlari lozim:

  1. О‘yin bilan mehnat о‘rtasida tо‘g‘ri munosabat о‘rnatish.

О‘yinda bolalarning bо‘lajak mehnat ahliga xos
bо‘lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.
О‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, bog‘chaning ta’lim-tarbiya ishida axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta о‘rin tutadi. О‘yinda yosh organizmga xos bо‘lgan talab va
ehtiyojlar qoniqtiriladi. Hayotiy faollik yaratiladi. Birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. О‘yin ta’lim va mashg‘ulotlar bilan kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, juda katta ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. О‘yinda aks ettirilgan narsani bilib olishga qiziqish uyg‘onadi, kо‘pincha о‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrlarini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalar о‘yinlari о‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular о‘z mazmuni va tashkil etilishiga kо‘ra, qо‘llaniladigan buyumlarning turlari kelib chiqishiga kо‘ra turlichadir. Bularning barchasi bolalar о‘yinlarini turkumlashtirishni favqulodda noziklashtiradi, biroq о‘yinlarga rahbarlik qilish uchun ularni, albatta, guruhyaash zarur. Pedagogikada о‘yinlarni ikki katta guruhga bо‘lish juda keng tarqalgan ijodiy va qoidali о‘yinlar. Ijodiy о‘yinlarning mazmunini bolalarning о‘zlari о‘ylab topadilar va ularda о‘z taassurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda unga munosabatlarini aks etgiradilar. Qoidali о‘yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mо‘ljallangan bо‘ladi. Tayyor qoidali о‘yinlarning katta guruhini xalq о‘yinlari tashkil etadi, ularning kо‘plari avloddan-avlodga о‘tib, bizga yetib kelgan. О‘yinlarning har ikkala guruhi ham о‘zining xilmaxil kо‘rinishlariga ega. Ijodiy о‘yinlar guruhini syujetli rolli о‘yinlar tashkil etadi. О‘yinlar о‘z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy xarakteriga kо‘ra shartli ravishda didaktik о‘yinlar va musiqiy о‘yinlarga bо‘linadi. Didaktik о‘yinlarda avvalo, bolalarning aqliy faoliyati rivojlanadi, ularning bilimlari chuqurlashadi va kengayadi, harakatli о‘yinlarda bolalarning turli harakatlari takomillashadi, musiqali о‘yinlarda esa musiqiy qobiliyatlar rivojlanadi va hokazo. Demak, har bir о‘yinning о‘ziga xos sifatlari mavjud, biroq ular qator umumiy xususiyatlarga ham ega.
О‘yin - bu bola faoliyatining turi. Shunday ekan, bir faoliyatda bо‘lgani kabi unga ham xos xislatlar: maqsadning mavjudligi, rejali harakatlar, natijaning mavjudi kabilar xosdir. N.K.Krupskaya bolalar rivojlanishiga qarab, uning о‘yinda о‘z oldiga qо‘yadigan maqsadining tabiati ham о‘zgarishini bolalar taqlidi harakatlardan asta-sekin о‘ylangan asosli maqsadlarga о‘tishlarini kо‘rsatib о‘tgan edi. Bola о‘yindagi maqsadiga erishishi uchun о‘ziga sheriklar tanlaydi, zarur о‘yinchoqlarni topadi, о‘yin davomida muayyan harakat va qiliqlar qiladi. Boshqa faoliyat turlarida bо‘lgani singari о‘yin jarayoniga bolaning
butun shaxsiyati, uning psixik bilish jarayonlari, iro dasi, hissiyoti va ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi, о‘yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, о‘z bilimlarini qо‘llaydi. О‘yin о‘ziga xos xususiyatga ega. О‘yin bolaning shaxsiy tashabbusiga kо‘ra vujudga keladigan, о‘zining faol ijodiy yо‘sindagi, yuksak ta’sirchanlik ruhi bilan ajralib turadigan erkin va mustaqil faoliyatdir. О‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar о‘rtasida, ochiq havoda, uyqudan keyin о‘tkaziladi. Ertalab rolli о‘yinlar, qurish-yasash, harakatli о‘yinlarni tashkil qilish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot о‘rtasida harakatli, qoidali о‘yinlar ham о‘tkazib turiladi.
Ochiq havodagi о‘yinlarga esa yugurish, otish, sirpanish bilan bog‘liq bо‘lgan о‘yinlar, qoidali о‘yinlar (oq terakmi kо‘k terak, ona bо‘ri kabilar) kiradi.
Kunduzgi uyqudan keyingi о‘yinlarga qurilish о‘yinlari, ertak bо‘yicha sahnalashtiriladigan, rolli о‘yinlar, didakgik о‘yinlar va h.k. kiradi.


Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling