Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
Kalit soʻzlar: dars, darsining vazifalari, darsga qoʻyilgan talablar, darsini
tashkillashtirish va oʻtkazish, darsning mazmuni, darsining tuzilishi. “Dars” tushunchasiga tavsif. Dars – jismoniy tarbiya mashgʻulotlarining tizimli shakli boʻlib, bir xil yoshdagi, bir xil kontingentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur mavzularini oʻqitish jarayonidir. Maktab darsi jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish uchun mashgʻulotlarning alohida shakli boʻlib, boshqa oʻquv muassasalardagi mashgʻulotlardan oʻzining maqsadi va vazifalari bilan farqlanadi. Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishining turli tumanligi bilan harakterlanadigan mashgʻulotlar, darslar turkumi orqaligina tarbiyaning bu yoʻnalishida ma’lum natijalarga erishishni maqsad qilib qoʻyish mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi. Oldin oʻqitilgan (oʻrgatilgan)ni va keyin oʻqitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning ayrim yoki boʻlaklari bilan albatta bogʻlanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda belgilangan tizim asosida olib boriladi. Jismoniy tarbiya darslarining harakterli tomoni shundaki, u maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin kontigent bilan bir necha yilga moʻljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga solingan jadval asosida tashkillashtiriladi. Darslar umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi va sport ixtisosligini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir. Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlarning boshqa tipik shakllari oʻzining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir marotabaliligi, individualligi bilan darslardan tubdan farqlanadi. Koʻpincha mashgʻulotlarning yuqorida qayd qilingan shakllari darsni toʻldiradi va uni xususiy va umumiy vazifalarini toʻldirishda qoʻshimcha rol oʻynaydi. Lekin ular aholini jismoniy tarbiya boʻyicha ma’lum darajadagi talablarni toʻla qondirib mustaqil ahamiyat kasb etadi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling