uslubiyatlarini toʻgʻri tanlash orqali qoʻyilgan vazifani effektli hal qilishni nazarda
tutadi.
Darsni oʻtkazishning tibbiy-gigienik sharoitini yaratish deganda jismoniy
mashqlar bilan shugʻullanish jarayonida yuzaga keladigan, sogʻlomlashtirish
vazifasidan kelib chiqadigan bir butun kompleks tadbirlarni tushuniladi.
Shunga koʻra mashgʻulotlarni oʻtkazish joyining qatiyyan belgilangan
tibbiy-gigienik normalarga muvofiqligiga erishish; Sport zali uchun havo tharorati
(eng ma’quli) 14-16
0
S
da ushlanishi; Tanaffuslarda ochiq maydonlarga suv
sepilishi; Sport zallarining esa oynalari ochilib shamollatilishi lozim.
Aniqlanishicha, inson oʻpkasida, tinch turgan holda havo ventilyatsiyasi almashishi
daqiqasiga 4 dan 6
l atrofida, yuqori intensivlikda
bajarilayotgan mashqlarda
(yugurish, sport oʻyinlari) organizmni havo yutishi 10 va undan ortiq darajadan
oshishi mumkin. Shuning uchun mashgʻulot joylarini toza havo bilan
ta’minlashning ahamiyati muhim.
Ayniqsa,
zaldagi jihozlar, anjomlar, matlar (gilamlar) polning tozaligi
doimiy diqqat va e’tiborni talab qiladi. Har bir darsdan soʻng zal polini xoʻllangan
pol latta bilan namlangan
latta bilan esa jihozlar, matlarni artib chiqish zaruriyati
mavjud. Mashgʻulotlar tugagandan soʻng esa shugʻullanilgan joy tozalovni talab
qiladi. Chunki tozalanmagan zal shugʻullanuvchi sogʻligiga
katta putr yetkazadi,
tanani, sport formalarini kirlanishiga sabab boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: