Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
Jismoniy tarbiya pauzasi
Jismoniy tarbiya pauzalari charchashning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik, organizmning funksional holatini yaxshilash, ishchi ritm, sur’at, diqqat-e’tibor konsentratsiyasini yuksak darajada saqlab turish, gavdaning ishchi vaziyati va kasbiy faoliyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish, harakat tanqisligini ma’lum darajada bartaraf etish maqsadida oʻtkaziladi. Gigienik gimnastikadan farqli oʻlaroq, jismoniy tarbiya pauzasi bevosita mehnat faoliyati jarayonida, odatda, ish smenasining birinchi va ikkinchi yarimlarida ikki martadan bajariladi. Jismoniy tarbiya pauzasi, hal qilinadigan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda, ishchilarda charchoqning rivojlanishi arafasida yoki ish qobiliyati pasayishining birinchi alomatlari paydo boʻlishi bilanoq oʻtkazilishi kerak. Muddatidan oldin jismoniy mashqlar majmuasini oʻtkazish ish ritmining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Odatda, jismoniy tarbiya pauzalari tushlik tanaffusdan yoki ish smenasi tugashidan 1–2 soat oldin oʻtkaziladi. Agar jismoniy tarbiya yoʻriqchisi har bir aniq ishlab chiqarish uchastkasidagi ishchilar ish qobiliyatlarining oʻzgarishi asosida ish koʻrsa, yanada ijobiyroq holat kuzatiladi. Quyidagi uslubiy qoidalarga rioya qilinganda, jismoniy tarbiya pauzasining foydasi ortadi: – mashgʻulotlarni oʻtkazish vaqti charchoqning dastlabki alomatlari paydo boʻlish lahzasi bilan aniq mos tushishi kerak; – jismoniy mashqlar toʻgʻri bajarilishi, mashgʻulotlar jonli, qiziqarli tarzda, musiqa sadolari ostida oʻtkazilishi kerak; – majmualardagi yuklama shugʻullanuvchilarning yoshiga, jinsiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga va salomatlik holatiga bogʻliq holda tabaqalashtirilishi kerak; – kunning ikkinchi yarmida jismoniy tarbiya pauzasini oʻtkazishda uning yuklamalari yigʻindisi kunning birinchi yarmidagi yuklamadan 30-40 % kam boʻlishi kerak. Mashgʻulot oʻtkazishning guruhli usulida shugʻullanuvchilar uch guruhga boʻlinadilar. Birinchi guruhga deyarli sogʻ-salomat kishilar, ikkinchisiga salomatlik holatida deyarli sezilmaydigan ogʻishlari bor shaxslar, uchinchisiga esa yoshi katta odamlar va salomatlik holatida jiddiy ogʻishlari bor shaxslar kiritiladi. Agar majmuadagi ayrim mashqlarni bajarishda yuklama qiymati birinchi guruh vakillari uchun 100 % ni tashkil etsa, u holda ikkinchi guruh uchun 90 %, uchinchisi uchun esa 80 % boʻlishi kerak. Jismoniy tarbiya pauzalari uchun majmua mashqlarini tanlash quyidagilarga bogʻliq holda amalga oshiriladi: a) majburiy ish vaziyati (pozasi) va texnologik jarayon sababli vujudga keladigan salbiy ta’sirlarni kamaytirishi; b) mehnat jarayonida ishtirok etayotgan mushak tizimlari va organlarning dam olishlariga xizmat qilish darajasi; v) harakatsiz mushaklarga qancha yuklama berishi. Jismoniy tarbiya pauzalaridagi mashqlarni oʻrtacha va tez sur’atda bajarish kerak. Mashqlar majmuasini har toʻrt haftada almashtirib turish tavsiya etiladi. Umumiy holda yuklama mashqlar majmuasining oʻrtasida ortadi, keyinchalik pasayadi. Kasbga bogʻliq holda jismoniy tarbiya pauzalarining namunaviy majmualari ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, hamma kasblar mehnat turiga qarab toʻrtta guruhga boʻlinadi: Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling