Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


-Ma’ruza  Mavzu: Sport musobaqalari tizimi va sportda musobaqa faoliyatining


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

13-Ma’ruza 
Mavzu: Sport musobaqalari tizimi va sportda musobaqa faoliyatining
oʻziga xos xususiyatlari 
Reja: 
1. Sport musobaqalarining oʻziga xos xususiyatlari. 
2. Musobaqalarning turkumlarga boʻlinishi. 
3. Musobaqalarni oʻtkazish usullari. 
4. Musobaqa faoliyatining tuzilishi. 
5. Musobaqa faoliyati jarayonida taktikani oʻzgartirish 
 
Kalit soʻzlar: Olimpiada sport musobaqalari, musobaqa faoliyatining 
tuzilishi. 
Sport musobaqalari oʻziga xos faoliyat boʻlib raqiblarning harakatini 
tartibga solishda katta rol oʻynaydi, ularning ayrim qobiliyatlarini obyektiv 
ravishda solishtirib koʻrishga va jismoniy sifatlarni maksimal darajada namoyon 
boʻlishini musobaqa davomida harakatlanishni maksimal darajada ta’minlashga 
imkoniyat yaratadi. 
Sport hozirgi koʻrinishda bir qator oʻziga xos xususiyatlariga ega: 
1). Sport musobaqalar faoliyatida, raqobat darajasini ketma-ket yutuqlarga 
boʻlgan talablarni ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil 
etiladi (yuqori ringga quyi musobaqalarda qatnashganlar qoʻyiladi yoki pastdan 
yuqoriga). 
2) Musobaqada bevosita bajariladigan harakatlarning, boshqarilish 
sharoitlarini va yutuqlarini baholash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga 
oshiriladi. Bu tenglashtirish musobaqalar oʻtkazishning umumiy me’yorlari sifatida 
muayyan qoidalar bilan musatahkamlanadi. 
3).Musobaqalashuvchilarni hatti harakatlari noantogonistik raqobat 
tamoyillariga muvofiq tartiblashtiriladi. 


Yuqori sport natijasi, sportni shu kundagi rivojlanishida inson 
imkoniyatlarini etaloni boʻlib hisoblanadi. Ularga taqqoslab har bir inson oʻzining 
sport natijalarini solishtirib koʻrishi mumkin va shunga asoslanib, natijalarni 
yaxshilashni rejalashtirishi mumkin. 
Musobaqalar tizimi oʻz ichiga bir qator an’anaviy va noan’anaviy 
boʻlmagan musobaqalarni birlashtirib, sport faoliyatini nisbatan alohida shakl 
sifatida tashkil qiladi. Bular ma’lum tartibda oʻzining masshtabi, ahamiyati, 
sportchini tayyorlash bosqichlari va boshqa sharoitlariga qarab boʻlinadi. 
Musobaqalarda asosiy oʻrinlarni absolyut birinchiliklar (shaxsiy va jamoa) 
dunyo va olimpiada oʻyinlari ham egallaydi. Bunday asosiy maqsadga 
yoʻnaltirilgan musobaqalar sportchini tayyorlashga ma’lum darajada ta’sir 
koʻrsatadi. SHunga koʻra, mashgʻulotning ayrim bosqichlari rejalashtiriladi,yuqori 
sport natijalarga optimal ravishda tayyorlash vaqti va boshqalar aniqlanadi. Boshqa 
koʻpgina musobaqalar tayyorgarlik uchun oʻtkaziladi. Sport mashgʻulotlarining 
umumiy vaqtidan 10-15% musobaqa vaqtini aniqlaydi. 
Musobaqa faoliyati- bu tartiblashtirilgan raqobat boʻlib, oʻz qobiliyatini 
obyektiv ravishda solishtirish va maksimal darajada natija koʻrsatilishini 
ta’minlash hamda tartibga solishdir. 
Sport musobaqalari- his-hayajon holatidagi koʻrinishda boʻlib hozirgi 
kunda 100 dan ortiq sport turi boʻyicha musobaqa oʻtkaziladi. Har qaysi sport turi, 
musobaqa oʻtkazish uchun oʻzining metodik xususiyati, qatnashish sharti, 
oʻtkazish qoidasi va gʻoliblarni aniqlash va boshqa talab qiladi. Musobaqa qisman, 
sportchini tayyorlash tizimiga kiradi, chunki faqatgina shaxsiy sport 
tayyorgarligiga ega boʻlmasdan, ijtimoiy vazifalarni hisobga olgan holda ham 
tashkil qilinadi. 
Sport musobaqasi- oʻyin shaklida raqobot qilish shakli boʻlib,jismoniy 
tayyorgarligi,harakat malakasi va mashqlarni bajarish san’atini aniqlash maqsadida 
oʻtkaziladi. 



Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling