Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Musobaqalarning turkumlarga boʻlinishi
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSOBAQALARNI OʻTKAZISH USULLARI (Oʻyin tizimi)
Musobaqalarning turkumlarga boʻlinishi
1. Ahamiyati boʻyicha Tayyorgarlik, asosiy, maqsadli 2. Mazmuni boʻyicha Engil atletika, suzish va h.k. spartakiadalar, Olimpiada oʻyinlari (kompleksli) 3. Koʻlami boʻyicha Jamoa, tuman, shahar, viloyat va respublika. 4. Idoralar yoki territoriya tamoyili boʻyicha “Dinamo” KSJ boʻyicha, Respublika, MDH, Evropa, milliy, xalqaro, dunyo birinchiliklari 5. Hal qiladigan vazifasi boʻyicha - Nazorat - Klassifikatsiya - Tanlash - Birinchilik uchun - koʻrgazmalilik 6. tashkil qilish xarakteri boʻyicha Ochiq, yopiq, an’anaviy, matchli, sirtdan tenglashtirilmagan 7. sinov olish shakli boʻyicha SHaxsiy,Jamoa, shaxsiy-jamoa 8. Oʻtkazish tizimi boʻyicha Aylanma tizimida, chiqib ketish bilan, aralash 9. YOsh kategoriyalari boʻyicha Bolalar, oʻsmirlar, yosh sportchilar, kattalar,qarilar 10. Qatnashuvchilarning jinsi boʻyicha Erkaklar uchun,xotin-qizlar uchun 11. Qatnashuvchilarning kasbini yoʻnalishi boʻyicha Maktab, talabalar, oʻqituvchilar, harbiy xizmatchilar, oʻt oʻchiruvchilar 12. Sogʻligʻini ogʻish xarakteri boʻyicha Koʻrlar uchun, karlar, nogironlar oʻrtasida MUSOBAQALARNI OʻTKAZISH USULLARI (Oʻyin tizimi) Har xil sport turlari boʻyicha musobaqa amaliyotida musobaqa oʻtkazishning quyidagi usullari qoʻllaniladi: A) aylanma usul -bunda har bir sportchi (jamoa) boshqalari bilan birma-bir uchrashib chiqqunga qadar musobaqa davom ettiriladi; B) oʻyindan chiqish -bunda sportchi (jamoa) birinchilik uchun kurashda bir yoki ikki magʻlubiyatdan keyin (musobaqa shartiga binoan) bellashuvni davom ettirishdan mahrum etiladi. V) oraliq - bunda yuqoridagi har ikkalausul aralashma holda qoʻllaniladi; Musobaqa oʻtkazishning u yoki bu usulini qoʻllash ushbu musobaqa haqidagi nizom bilan belgilanadi. Odatda, eng muhim sanalgan yirik rasmiy musobaqalar sportchini tayyorlashdagi davomiy jarayonning yakuni hisoblanadi. Ularda imkoni boricha yuqori sport natijalariga erishish zarurati koʻpincha bunday musobaqalarning yuksak maqomini, shuningdek, ularga tayyorgarlik tizimining tarkibi va mohiyatini belgilaydi. Boshqa musobaqalar saralash, jamlash, tayyorlash yoki nazorta xarakteriga ega boʻlib, turli texnik-taktik vazifalarni bajarishi mumkin. Musobaqa oʻtkazishning u yoki bu usuli musobaqa oldiga qoʻyilgan vazifa, musobaqa yakunlanishi lozimboʻlgan muddat; sportchilar (jamoalar) soni, ularning sport tayyorgarligi, oʻquv ishlab chiqarishda bandligi va hududiy joylashganligi, qatnashchilar bellashuvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan joylar miqdori hamda albatta mablagʻ bilan ta’minlanishiga qarab belgilanadi. Sport musobaqalari pedagogik, sport, metodik va ijtimoiy-siyosiy vazifalarni echishga yaqindan yordam beradi. Yosh sportchilardan tortib mahoratli sportchilargacha musobaqa juda muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqalar- sportchilar uchun, ragʻbatlantiruvchi omil hisoblanadi va shu paytning oʻzida sportchini yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash, sport kurashiga oʻrganish va mashq jarayonini nazorat qilishga oʻrgatadi. Sportchilarni musobaqa vaqtidagi faoliyati musobaqa faoliyati deb yuritiladi. Musobaqa faoliyati eng yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan ayrim harakat, usul, kombinatsiyalardan iborat, tayyorgarlikning texnik, jismoniy, taktik, ruhiy, integral darajasi bilan ta’minlanadi. Sport musobaqalarida qatnashish musobaqa faoliyati koʻrinishining shakli hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling