Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-Ma’ruza Mavzu: Jismoniy tarbiya boʻyicha dars konspektini tuzish uslubiyati Reja
Adabiyotlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, Toshkent sh., 2020-yil 23-sentabr, OʻRQ-637-son. 2. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 jild. Darslik. ITA- PRESS. T. 2014 yil. 297 b. 3. Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культури”. Учебник / C.C. 2004 г. 464 c. 4. Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва. – 1991 г. 200 с. 5. Частоедова А.Ю. Теория и методика физической культуры, спорта. Учебное пособие. Т., 2020 г. 416 с. 6. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. Darslik. T.,- 2005 y. 300 b. 1 7-Ma’ruza Mavzu: Jismoniy tarbiya boʻyicha dars konspektini tuzish uslubiyati Reja: 1. Dars oldiga qoʻyiladigan vazifalar. 2. Dars tuzilishiga qoʻyiladigan talablar. 3. Tashkiliy-uslubiy koʻrsatmalar. Kalit soʻzlar: dars konspektining toʻgʻri yozilishiga va uning mazmuniga, dars oldiga qoʻyiladigan talablar, darsning har bir qismida amalga oshiriladigan ishlar ketma-ketligi, vaqtni toʻgʻri taqsimlash, jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish va oʻtkazish. Maktab yoshidagi bolalar bilan oʻtkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridagi vazifalarni amalga oshirish, ilmiy asosda tuzilgan va uslubiy jixatdan puxta tayyorlangan dars konspektiga bogʻliq. Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sogʻlomlashtirish va oʻrgatish vazifalari bir-biriga boglangan xolda xal qilinadi. Shuning uchun oʻqituvchi darsni oldiga konkret vazifalar qoʻyishni jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga amal qilgan xolda aniqlaydi. Dars vazifalarini, mashgʻulot oʻtkazish joyini va darsga tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan soʻng dars mazmunini aniqlaydi. Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning asosiy qismiga ta’lluqli mashqlarni, soʻngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy koʻrsatmalar darsda qoʻllaniladigan vositalardan toʻliqroq foydalanish va shu bilan birga oʻquvchilar tarbiyasini maqsadga muvofiq xal etish uchun tanlanadi. Konspektni tashkiliy uslubiy boʻlimiga: - darsni maqsadga muvofiq tashkil etish; - shugʻullanuvchilar faoliyatini darsda tashkil etishning usullari; - oʻrgatish va tarbiyalashning metod va metodik usullari; 2 - darsni oʻtkazish sharoitlari yoziladi. Dars jarayonida urgatiladigan materiallarni hisobga olishda, oʻquvchilar tomonidan kay darajada uzlashtirilganligini tekshirib koʻrish bilan bogʻlik boʻlgan koʻrsatmalar yoziladi. Dars tugagandan soʻng oʻqituvchi oʻtkazilgan dars boʻyicha ushbu konspektga kiskacha uz muloxazalarini yozishi lozim. Dars konspekti maktabda jismoniy tarbiya soxasida oʻquv ishlarini rejalashtirishning aniq hujjati boʻlib, oʻqituvchi tomonidan har bir sinfga yoki parallel sinflarga tuziladi. Dars konspektida darsning nomeri, qaysi sinfga tuzilayotganligi va oʻtilish vaqti yoziladi. 3 Maktabda jismoniy tarbiya dars konspektining shakli quyidagicha: Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling