Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Adabiyotlar roʻyxati 
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonuni. Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, Toshkent sh., 2020-yil 23-sentabr, OʻRQ-637-son. 
2. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 jild. Darslik. ITA-
PRESS. T. 2014 yil. 297 b. 
3. Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культури”. Учебник / C.C. 
2004 г. 464 c. 


4. Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. 
Москва. – 1991 г. 200 с. 
5. Частоедова А.Ю. Теория и методика физической культуры, спорта. 
Учебное пособие. Т., 2020 г. 416 с. 
6. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. 
Darslik. T.,- 2005 y. 300 b. 



7-Ma’ruza 
Mavzu: Jismoniy tarbiya boʻyicha dars konspektini tuzish uslubiyati 
 
Reja: 
1. Dars oldiga qoʻyiladigan vazifalar. 
2. Dars tuzilishiga qoʻyiladigan talablar. 
3. Tashkiliy-uslubiy koʻrsatmalar. 
 
Kalit soʻzlar: dars konspektining toʻgʻri yozilishiga va uning mazmuniga
dars oldiga qoʻyiladigan talablar, darsning har bir qismida amalga oshiriladigan 
ishlar ketma-ketligi, vaqtni toʻgʻri taqsimlash, jismoniy tarbiya darslarini samarali 
tashkil etish va oʻtkazish. 
Maktab yoshidagi bolalar bilan oʻtkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridagi 
vazifalarni amalga oshirish, ilmiy asosda tuzilgan va uslubiy jixatdan puxta 
tayyorlangan dars konspektiga bogʻliq. 
Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sogʻlomlashtirish va oʻrgatish vazifalari 
bir-biriga boglangan xolda xal qilinadi. Shuning uchun oʻqituvchi darsni oldiga 
konkret vazifalar qoʻyishni jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga amal 
qilgan xolda aniqlaydi. Dars vazifalarini, mashgʻulot oʻtkazish joyini va darsga 
tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan soʻng dars mazmunini aniqlaydi. 
Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning asosiy qismiga ta’lluqli 
mashqlarni, soʻngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarini tanlash 
maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy koʻrsatmalar darsda qoʻllaniladigan 
vositalardan toʻliqroq foydalanish va shu bilan birga oʻquvchilar tarbiyasini 
maqsadga muvofiq xal etish uchun tanlanadi.
Konspektni tashkiliy uslubiy boʻlimiga: 
- darsni maqsadga muvofiq tashkil etish; 
- shugʻullanuvchilar faoliyatini darsda tashkil etishning usullari; 
- oʻrgatish va tarbiyalashning metod va metodik usullari



- darsni oʻtkazish sharoitlari yoziladi. 
Dars jarayonida urgatiladigan materiallarni hisobga olishda, oʻquvchilar 
tomonidan kay darajada uzlashtirilganligini tekshirib koʻrish bilan bogʻlik boʻlgan 
koʻrsatmalar yoziladi. 
Dars tugagandan soʻng oʻqituvchi oʻtkazilgan dars boʻyicha ushbu 
konspektga kiskacha uz muloxazalarini yozishi lozim. Dars konspekti maktabda 
jismoniy tarbiya soxasida oʻquv ishlarini rejalashtirishning aniq hujjati boʻlib, 
oʻqituvchi tomonidan har bir sinfga yoki parallel sinflarga tuziladi. Dars 
konspektida darsning nomeri, qaysi sinfga tuzilayotganligi va oʻtilish vaqti 
yoziladi. 



Maktabda jismoniy tarbiya dars konspektining shakli quyidagicha: 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling