Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
Adabiyotlar roʻyxati
1. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 jild. Darslik. ITA- PRESS. T. 2014 yil. 297 b. 2. Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культури”. Учебник / C.C. 2004 г. 464 c. 3. Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва. – 1991 г. 200 с. 4. Частоедова А.Ю. Теория и методика физической культуры, спорта. Учебное пособие. Т., 2020 г. 416 с. 5. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. Darslik. T.,- 2005 y. 300 b. Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida pulsometriya oʻtkazish uslubiyati Reja 1. Pulsometriya haqida tushuncha. 2. Pulsometriya olib borish uslubiyatiga tavsif. Kalit soʻzlar: Pulsometriya (jismoniy yuklamalarning organizmga ta’sirini aniqlash), oʻqituvchining tarbiyaviy ishlari, oʻquvchilarning xulqi, darsni umumlashtirish, dars davomida berilgan yuklamalarning oʻquvchilar tayyorgarlik darajasiga mos boʻlmasa qanday yoʻl tutilishi maqsadga muvofiq ekanligi. Jismoniy tarbiya darslarida pulsometriya olib borishdan asosiy maqsad, darsdagi yuklamani oʻquvching yoshiga, tayyorgarligiga, mashgʻulot oʻtkaziladigan joyning sharoitiga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Pulsometriya ma’lumotlarini toʻgʻri taxlil qila bilish esa, talabalarga keyinchalik oʻz harakatlarini obyektiv baxolashga va har bir sinf uchun yuklamalarni toʻgʻri rejalashtirishga, boshqarish usullarini egallashga yordam beradi. Kuzatuv sekundomer yordamida bir oʻquvchi ustida olib boriladi. Buning uchun oʻqituvchining topshiriqlarini faol bajaradigan oʻquvchi tanlab olinadi. Ushbu oʻquvchi kuzatuv obyekti haqida oldindan ogoxlantirilishi kerak. Pulsni birinchi bor darsga koʻngʻiroq chalinishiga 5 daqiqa kolganda oʻlchanadi. Bunda kuzatuvchi, kuzatiluvchi oʻquvchining tinch xolatda, ya’ni uning pulьs kursatkichi normal xolatda ekanligiga ishonch xosil qilishi kerak. Puls - lotincha turtki - tomir urishi, yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi; kengayib-torayishi. Puls asosan bilakning ichki yuzasida, bilak arteriyasi sohasida aniqlanadi. Buning uchun tekshiruvchining bilagini bilakka usti boʻgʻimi qoʻl bilan shunday ushlash kerakki, bosh barmoq bilakning ikki tomonida, boshqa barmoqlar esa uning yuzidagi pulslanuvchi bilak arteriyachasining paypaslanuvchi terisini bosadigan boʻlsin. Puls 10 sekund mobaynida oʻlchanadi. Tomir urishini qoʻyidagicha oʻlchashtavsiya etiladi: 1. Agar ish xususiyati doimiy boʻlsa, saflanish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlar va h.k. har 3 daqiqada, 3 daqiqadan kam oraliqda tomir urishini oʻlchash maqsadga muvofiq emas, chunki oʻquvchini tez tomir urishini oʻlchash uchun jalb etish, darsdagi xaqiqiy yuklamani aniqlashga yordam bermaydi; 2. Har bir dars qismi tugagandan soʻng; 3. Katta kuchlanishni talab etadigan yugurish, gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, yugurib kelib sakrash, estafeta bosqichini tugatish va h.k., murakkab mashqlarni bajargandan soʻng. Olingan ma’lumotlarni hisoblashda 10 sekunddagi tomir urishining natijasini oltiga koʻpaytirib, bayonnomaning beshinchi grafasiga, oltinchi grafaga pulsning 1 foizlarda oʻzgarishi yoziladi. Bu qoʻyidagicha amalga oshiriladi. Dastlabki tinch xolatda ulchangan puls 100 % deb olinadi. Ikkinchi marta oʻlchangan pulsning dastlabkisiga nisbatan necha foiz oshganligini aniqlash uchun proportsiya tuzilib, ishlanadi. Masalan: bayonnomadagi tinch xolatda ulchangan puls 1 daqiqada 90 marta, ikkinchisi- 103 marta boʻlsin. Shunga qarab proportsiya tuziladi: Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling