Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Reja: 
 
1. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tahlil qilish.
2. Pedagogik tahlil oʻtkazish uslubiyati. 
3. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tahlil qilishda quyidagi 
talablarga e’tibor berish kerak. 
Kalit soʻzlar: jismoniy tarbiya darslarini pedagogik tahlil qilish uslublari; 
oʻqituvchining darsga tayyorgarligi, darsni tashkil etish, oʻrgatish uslublarining 
qoʻllanilishi haqida ma’lumotlar berish, oʻqituvchining tarbiyaviy ishlari, 
oʻquvchilarning xulqi, dars davomida berilgan yuklamalar oʻquvchilarning 
tayyorgarlik darajasiga mos boʻlmasa qanday yoʻl tutilishi maqsadga muvofiq 
ekanligi, darsni umumlashtirish va xulosalar chiqarish. 
JISMONIY TARBIYA DARSINI TAXLIL QILISHNING NAMUNAVIY 
REJASI 
Darsning oʻtilish vaqti ______________ 
Sinf ______________________________ 
Darsning turi ______________________ 
Darsdagi oʻquvchilar soni _____________ 
Dars oʻtuvchi ________________________ 
Taxlil olib boruvchi ________________ 
Dars vazifalari: 
1. ____________________________ 
2. ____________________________ 
2. ____________________________ 


1. 
Pedagogning darsga tayyorlanishi 
Darsga tayyorgarlik deganda, birinchidan, dars konspektini yuqori saviyada 
ishlab chiqib, oqqa koʻchirish va darsning muvaffaqiyatli oʻtishi uchun bevosita 
tayyorgarlik koʻrish (darsni moddiy-texnika tomonidan ta’minlanishi va 
oʻquvchilar, oʻqituvchi yordamchilari, navbatchilar, guruh sardorlarini tayyorlash) 
nazarda tutiladi. 
Shuning uchun taxlil qilayotganda qoʻyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi. 
1. Dars konspektining muxayyoligi, uning har dars ish rejasiga muvofiqligi, aniq 
ishlab chiqilganligi va tashki koʻrinishi: 
A) dars vazifalarining dastur talablariga muvofiqligi, aniqligi, toʻgʻri 
ifodalanganligi, hartomonlamaligi (shugʻullanuvchilarning har tomonlama va 
garmonik rivojlanishini ta’minlashi); 
B) konspekt mazmunida kerakli vositalarning toʻgʻri tanlanishi (darsning 
tayyorgarlik, 
asosiy 
va 
yakunlovchi 
qismlarida 
vositalarning, 
shugʻullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga, 
tanlangan vositalarning dars vazifalariga muvofiqligi dars qismlarida vositalarning 
oʻzaro va mashgʻulot oʻtkaziladigan sharoitga muvofiqligi); 
V) mashqlarni mikdorlash va ularning ketma-ketligi
G) konspektning tashkiliy-metodik koʻrsatmalari boʻlimida: darsni tashkil etish, 
oʻtkazish metodikasi, sharoitlari boʻyicha qanday koʻrsatmalar berilgan, ularning 
tugriligi, maqsadga muvofiqligi, ifodalanishi va hokazo misollar bilan tasdiqlanadi. 
2. Dars oʻtkazish joyi, oʻquv qurollari va anjomlarining tayyorligi va ularning 
sanitariya-gigiena xolati. 
3. Oʻqituvchi va oʻquvching tashqi koʻrinishi. 
4. Navbatchi va guruh boshliqlarining oldindan tayyorgarliklari. 
5. Darslardan ozod qilingan yoki yuklama (kasalligi boʻyicha) miqdorlab 
beriladigan oʻquvchilarga darsdan oldin beriladigan koʻrsatmalar. 



Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling