Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Har bir jismoniy tarbiya darsi qoʻyidagi talablarga javob berishi kerak


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Har bir jismoniy tarbiya darsi qoʻyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- muayyan umumiy va xususiy vazifaga ega boʻlishi lozim. Umumiy vazifalar 
barcha dars yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa aloxida olingan 
bir dars mobaynida bajarilishi kerak; 
- dars uslubiy jixatdan toʻgʻri qurilgan boʻlishi lozim; 
- oldingi mashgʻulotlarni izchil davom ettirishi va ayni paytda yaxlit va 
tugallangan boʻlishi kerak: shu bilan birga u ma’lum darajada boʻlgʻusi darsning 
vazifalari va mazmunini koʻzda tutishi zarur; 
- dars mazmuniga koʻra oʻquvchilar tarkibining muayyan yoshiga, jinsi, 
jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligiga muvofiq boʻlishi kerak; 
- dars oʻquvchilar uchun qiziqarli boʻlib, ularni faol faoliyatga da’vat etishi 
lozim; 
- har tomonlama jismoniy rivojlanishga, sogʻlikni mustaxkamlashga, qad-
qomatni shakllantirishga yordam beruvchi mashqlar va oʻyinlar boʻlishi lozim; 
- tarbiyaviy harakterga ega boʻlishi zarur; 
- oʻquv kun tartibidagi boshqa darslar bilan toʻgʻri koʻshib olib borilishi kerak. 
Jismoniy tarbiya darslari bilan bogʻliq boʻlgan eng muxim masalalardan biri 
uni qanday tuzish masalasidir. 
Dars tuzilishi deganda aloxida darsni tuzishda foydalaniladigan taxminiy 
moʻljalli reja tushuniladi. Dars tuzilishi oʻqituvchiga mashqlarni oqilona tanlash
materialni toʻgʻri joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam beradi. 
Dars tuzilishi dastur materiallarini izchil oʻrganish asosida belgilangan vazifalarga 
bogʻliq. 


Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifani xal etish koʻpincha, 
shugʻullanuvchilar organizmining zoʻr berishini talab qiladi. Bu ishga organizm 
tegishli darajada tayyorlangan boʻlishi kerak. 
I.P. Pavlov organizmning qiyin vazifalarni xal etishga tayyor boʻlishi 
zarurligini koʻrsatib, sekin - astalik va trenirovka qilish va pedagogikada asosiy 
fiziologik qoidadir degan edi. 
Bu koʻrsatma oʻqituvchi zimmasiga shugʻullanuvchilardan katta kuch talab 
qiladigan pedagogik vazifalarni darsning boshida emas, oʻrtasida, bir qadar 
tayyorgarlikdan soʻng xal etish majburiyatini yuklaydi. Darsning asosiy vazifalarini 
xal etish shugʻullanuvchilarni uyushtirishni, ularda zarur kayfiyat va bu vazifalarni 
bajarishga boʻlgan ishtiyoqni xosil qilishni talab etadi. Oʻquvchi uyushtirgach, 
Pavlovning asta-sekinlik haqidagi fiziologik qoidasi bajarilgandan soʻng asosiy 
vazifalarni xal qilishga kirishish mumkin. Asosiy pedagogik vazifalarni bajarish 
koʻpincha shugʻullanuvchilar zoʻr berayotgan, faollashgan davrga toʻgʻri keladi.
Oʻquvchilar organizmi nisbatan katta zoʻriqish va kuchli emotsional xolatdan 
vazmin xolatga birdaniga oʻtishi mumkin emas. Shuning uchun dars tuzilishida 
xotirjam xolatga asta-sekin utish va mashgʻulotni tashkiliy ravishda tugallash aks 
etadi. Shunday qilib har bir dars tuzilishi uch qismdan iborat boʻladi: birinchisi 
oʻquvchi darsning vazifalarini xal etishga tayyorlaydigan tashkiliy qism, u shartli 
ravishda tayyorgarlik qismi deb ataladi; ikkinchisi - darsning asosiy vazifalarini 
bajarishga yoʻnaltirilgan qism, u shartli ravishda asosiy qism deb yuritiladi; 
uchinchisi - dars yakuni, u shartli ravishda yakunlovchi qism deb ataladi. Darsning 
barcha vazifalari va mazmuni oʻzaro chambarchas bogʻlab amalga oshiriladi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling