Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Kasb-hunar kollejlari uchun jismoniy tarbiya


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Kasb-hunar kollejlari uchun jismoniy tarbiya 
boʻyicha oʻquv soatlarining taqsimoti 
 
№ 
 
Dastur boʻlimlari 
Oʻquv bosqichlari 
Oʻquv 
davomida 
ajratilgan 
soatlar 
1-bosqich 
2-bosqich 
1. 
Nazariy bilim asoslari 
20 
20 
40 
2. 
Gimnastika 
20 
10 
30 
3. 
Yengil atletika 
24 
16 
40 
4. 
Sport uyinlari 
40 
28 
68 
5. 
Oʻzbek kurashi (oʻsmirlar 
uchun 
Raqs elementlari va ritmik 
gimnastika (qizlar uchun) 
20 
12 
32 
6. 
Turizm (reja asosida) 
7. 
Suzish 
12 

20 
8. 
Batbaa tayyorgarlik 
12 

18 
9. 
Harakatli uyinlar 
12 

16 
10. 
Amaliy kasbiy jismoniy 
tayyorgarlik 
12 
12 
11. 
Tanlab olinadigan sport turi 
40 
40 
Jami: 
160 
156 
316 
 
 


ESLATMA: Har bir oʻquv muassasa oʻquv jarayoni jadvaliga asoslangan 
xolda bosqichlardagi soatlarni taqsimlashi mumkin. 
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiyaning maqsadi 
oʻquvchi foydali mehnatga, Vatanni ximoya qilishga va mustaqil hayotga 
tayyorlashdan iborat. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan xolda jismoniy tarbiyaning vazifalari: 
- jismoniy tarbiya darslarida javobgarlikni xis qiladigan, jamoatchi, irodali, tartibli, 
jamoat ishlarida faol qatnashadigan, gʻoyaviy chiniqqan va ijtimoiy dunyoqarashga 
ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash; 
- oʻz faoliyatida kasb-hunarga oid jismoniy tayyorgarlik koʻnikma va malakalarini 
shakllantirish: 
- yuqori ishchanlikni ta’minlash, sogʻlikni saqlash haqida doimiy qaygʻurish: 
- harakat faoliyatini hajmini kengaytirish, jismoniy va ruxiy qobiliyatini 
shakllantirish; 
- hayotda kerakli mehnat faoliyatini va mudofaa xizmatini oʻtashni oʻrgatish: 
- jismoniy va ruxiy uygʻunlashgan xolda, harakat madaniyatiga, chiroyli tana 
tuzilishiga, optimal jismoniy taraqqiyotga va mustaxkam sogʻliqqa boʻlgan extiyojni 
shakllantirish: 
- sogʻlom turmush tarzini tashviqot qilish, xalq an’analarini, ma’naviy-ma’rifiy 
qadriyatlarni shakllantirish; 
- harakat tartibini mumkin qadar mustaqil toʻgʻri tashkil qila olish; 
- tanlangan sport turi boʻyicha oʻz maxoratini muntazam takomillashtirish; 
- kun tartibida faol harakatda boʻlish, jismoniy tarbiya, sport va sayyoxlik 
qonunlarini bilish, koʻnikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. 
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida qoʻyidagi hujjatlar boʻlishi kerak: jismoniy 
tarbiya fani boʻyicha oʻquv dasturi, umumiy soatlar hajmining oʻquv semestrlariga 
taqsimot jadvali, yillik mavzular-taqvim reja, kunlik dars rejasi, tayanch 
konspektlari.
Oʻqituvchining darslarga yaxshi tayyorlanishi ularning muvaffaqiyatli 
oʻtkazilishi garovidir. 


Oʻqituvchi darsga tayyorlanishni oʻquv yili boshlanishidan ancha oldin 
boshlaydi. U dastur materiallarini oʻrganib chiqadi, uni oʻtish izchilligini oʻylab 
chiqadi. Oʻqituvchi dastur materialini oʻquv muassasasining sharoiti va ob-havo 
sharoitiga muvofiq ravishda rejalashtirishga aloxida e’tibor beradi. Oʻqituvchi 
darsga tayyorlanish jarayonida uslubiy adabiyotlar, boshqa pedagoglarning tajribasi 
bilan tanishadi va barcha yaxshi narsalardan oʻz ishida foydalanadi. 
Oʻqituvchi navbatdagi darsga tayyorlanishda oldingi darslarning yakunlarini 
hisobga olishi, qaysi materialni takrorlash, qaysi materialni oʻrganishni belgilashi 
kerak. 
Darsga tayyorlanishda reja tuziladi va darsning aniq vazifalari belgilanadi.
Vazifalar aniq va tushunarli boʻlishi shart. Agar bir turdagi mashqlar bir necha 
darsda oʻtilsa, “takrorlash” ifodasi qoʻllanishi mumkin. Lekin, nima uchun va nima 
maqsadda takrorlanishi albatta koʻrsatiladi. 
Darsning aniq vazifalari belgilangach, avval asosiy qism, soʻng esa kirish va 
yakunlovchi qism uchun material tanlanadi. Materialni tanlashda takrorlash soni, 
mashqlarni bajarishga ketadigan vaqt mikdori belgilanadi. U yuklama uchun ham, 
harakat malaka va koʻnikmalarini shakllantirish uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga 
ega boʻladi. 
Dars rejasida joriy hisob masalalari ham aks etadi (qaysi mashq turi boʻyicha 
topshirikni tekshirish) va uyga berish mumkin boʻlgan vazifa belgilanadi. Darsga 
tayyorlanishda mashqlarni oʻtkazish uslubiyati bilan bogʻliq boʻlgan masalalarga 
katta e’tibor beriladi.
Oʻqituvchi dars paytida mashqlarni oʻtkazishda qayerda turishi, darsni qanday 
kuzatishi va oʻquvchilarga raxbarlik qilishini oldindan xal etib olishi kerak. 
Oʻqituvchi darsga tayyorlanayotib, darsga kiritilgan barcha mashqlarni bajaradi 
(oyna oldida). Bu unga oʻz tayyorgarligini tekshirib koʻrishga imkon beradi. 
Agar oʻqituvchi dars rejasiga jixoz va inventardan foydalanishni taqozo 
qiladigan mashqlarni kiritadigan boʻlsa, bu dars boshlanishigacha hisobga olinishi 
kerak. Bunda qanday jixozdan foydalanish, qanday inventar zarur boʻlishi, uni kim 
va qachon tayyorlashi va mashgʻulotdan soʻng kim yigʻishtirib olishi koʻzda tutiladi.


Darsda inventarlardan aniq tartibda foydalanish juda kata tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. 
Har bir oʻqituvchi darsning borishi, darsda oʻquvchi faoliyatining barcha 
jixatlarini, darsning butun mazmuni va uni oʻtkazish usullariga muvofiq dars 
konspektini tuzishi kerak. U oʻqituvchining tajribasiga va maxoratiga karab koʻp 
yoki oz darajada toʻla va keng boʻlishi mumkin. Konspektni oʻqituvchi darsni 
yaxshiroq oʻtkazish uchun tuzadi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling