Asosiy qism - 55-60 daqiqa. Vazifalar - darsning asosiy vazifalarini xal etish-
yangi materialni oʻrganish, oʻtilgan materialni bajarishni takomillashtirish
maqsadida takrorlash, oʻquvchilar harakat, malaka va koʻnikmalarini egallashlari,
ularda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni rivojlantirish koʻzda tutiladi.
Asosiy qismdagi mashqlar tayyorgarlik qismidagi
mashqlarning izchil
davomi boʻlishi lozim. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu yerda ham oʻrtacha
fiziologik samaraga erishish hamda boshqa mashq turlariga tayyorlash uchun
qoʻllaniladi. Buyumlar bilan bajariladigan va qad-qomatni
shakllantiruvchi
mashqlar darsga xususiy vazifani xal etish - bu harakat turlarini oʻrganish uchun
kiritiladi.
Oʻquvchilarga har tomonlama ta’sir koʻrsatish va ular tomonidan koʻp
miqdordagi harakatlarni egallashlari uchun darsning
asosiy qismiga uchtadan
toʻrttagacha jismoniy mashq kiritiladi. Oʻquvchilardan harakatchanlikni talab
qiluvchi oʻyinlar (yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish va oshib oʻtish)
oʻtkaziladi.
Mazmuni
- muvozanat saqlash mashqlari, toʻplar bilan bajariladigan
mashqlar,
akrobatik mashqlar, koʻp harakat qilib bajariladigan oʻyinlar va h.k.
Darsning asosiy qismiga mazkur bosqich dasturida berilgan har qanday material
kiritilishi mumkin.
Organizmni zoʻriqtiradigan mashqlar yengil mashqlardan soʻng oʻtkaziladi.
Bu bilan yuklamani asta-sekin koʻpaytirish qonun-qoidalariga rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: