Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


-Ma’ruza Mavzu: Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlarida


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

9-Ma’ruza
Mavzu: Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlarida
jismoniy tarbiya 
 
Reja: 
1. Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlarida jismoniy tarbiyaning tutgan 
oʻrni. 
2. Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlarida jismoniy tarbiyaning maqsadi 
va vazifalari.
3. Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlarida jismoniy tarbiya boʻyicha 
dastur boʻlimlaridagi oʻquv materiallariga tavsif. 
Kalit soʻzlar: Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlarida tahsil 
oluvchi oʻquvchi va talabalarning jismoniy tarbiya darslarini rejelashtirish, 
jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish, oʻtkazish uslublari. 
Mamlakatimizda ta’lim tizimini zamon talablari darajasida va erishilgan 
tajribalar asosida rivojlantirish orqali oʻsib kelayotgan yosh avlodni jamiyat 
hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli komil 
insonlar qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustivor yoʻnalishlaridan hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisidagi” qonuni 2020 yil 23 
sentabrda qabul qilindi. Bu qonunda ta’lim tizimini mazmun va mohiyatini islox 
qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash 
soxasidagi raqobat muxitini shakllantirish nazarda tutilgan. Ta’lim tizimini yagona 
oʻquv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash ham 
da fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar oʻrgatishning huquqiy asoslarini 
belgilash va har bir shaxsning barobar bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy 
huquqlari ta’minlangan. 


Har qanday mamlakatning kuchi uning intellektual saloxiyati bilan bilan 
belgilanadi. Saloxiyatga esa turli yoʻllar bilan erishish mumkin. 
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻquv muassasalarida jismoniy tarbiya, 
sport - sogʻlomlashtirish ishlarini rivojlantirish, ta’lim olayotgan oʻquvchi 
yoshlarning sport turlariga qiziqishini oshirish, bilimi, koʻnikma va malakalarini 
mustaxkamlash davr talabiga aylanib bormoqda. 
Jismoniy tarbiya boʻyicha dars materiallari nazariy va amaliy boʻlimlardan 
iborat. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling