Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
Ta’lim vazifalarini ifodalashda, albatta, quyidagilar e’tiborga olinadi:
A) oʻrgatishda texnikaning negizini; B) oʻrganayotgan harakat faoliyatidagi texnikani asosiy zvenosi yoki detallarini; V) shugʻullanuvchilarga boʻlgan jismoniy va psixik talablar darajasi. oʻrganish vazifasiga: 1. U yoki bu bilan tanishtirish. 2. Mustaxkamlash va nazorat, sinovlarni qabul qilish va boshqalar kiradi. Masalan: - oldinga umbaloq oshishda oʻz-oʻzini ximoya qilishni oʻrgatish; - uch harakat usulida tirmashib chiqishni takrorlash; - turnikda tortilish boʻyicha oʻquv talablarini qabul qilish; - yugurib kelib granata uloqtirishga oʻrgatish. Ta’lim vazifalarini amalga oshirish, odatda, tarbiyalash va sogʻlomlashtirish vazifalari bilan bogʻlab olib boriladi. Jismoniy tarbiya darslarida diqqat, intizomlilik, iroda, saranjomlik, buyumlarni extiyot qilish, shuningdek, doʻstlik, oʻrtoqlik, maqsadga intilganlik, mustakillik va qiyinchiliklarni yengishda qat’iylik tarbiyalanadi. Axloqiy, irodaviy va estetik sifatlarni tarbiyalash darsning ham ma qismlarida xal etiladi. Oʻqituvchi oʻrgatish bilan bir vaqtda tarbiyalaydi ham. U darsning har bir daqiqasida oʻquvchilar faoliyatiga kerakli yoʻnalish beradi, oʻquv jarayoniga va bir-biriga boʻlgan munosabatini va h.k. tashkil qiladi. Ammo tarbiya vazifalarini xal etishga bagʻishlangan maxsus darslar ham boʻlishi mumkin. Masalan, oʻqituvchi, oʻquvchilarda qat’iylik va qiyinchiliklarni yenga olish xususiyatini tarbiyalash maqsadida, mashqlarni yoki ularni bajarish sharoitlarini murakkablashtirib, ba’zi kiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Qat’iylik va botirlik 8 kabi sifatlarni tarbiyalash darslarda xudi shu sifatlarni namoyon qilishni talab etadigan mashqlar (sakrash, muvozanat saklash) ni qulash orqali amalga oshiriladi. Masalan: - ertalabki gigienik gimnastika bilan shugʻullanish odatini tarbiyalash; - “Kun va tun” oʻyinida oddiy reaksiya tezligini tarbiyalash; -ovoz signaliga muvofiq harakat yoʻnalishini oʻzgartira bilishni tarbiyalash; - oʻrganilgan mashqlarni tugri tushuna bilish va uni ijodiy tadbiq eta olishni tarbiyalash. Sogʻlomlashtirish vazifalari shugʻullanuvchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, sogʻligini mustaxkamlash, tugri qadi-qomatni shakllantirish va chiniqtirishga qaratilgan boʻladi. Sogʻlomlashtiruvchi vazifalarni belgilaganda uning yoʻnalishi va harakat (mashq) xili kursatiladi. Masalan: - tos-son boʻgʻimining harakatchanligini oshirish; - toʻgʻri qadi-qomatni shakllantirish; - URM yordamida chidamlilikni tarbiyalash; - yoʻrganda, toʻrganda toʻgʻri qadi-qomatni tuta bilishga koʻniktirish. Jismoniy tarbiya darslari bilan bogʻlik boʻlgan eng muxim masalalardan biri uni qanday tuzish masalasidir. Dars tuzilishi deganda aloxida darsni tuzishda foydalaniladigan taxminiy muljalli reja tushuniladi. Dars tuzilishi oʻqituvchiga mashqlarni oqilona tanlash, materialni tugri joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam beradi. Dars tuzilishi dastur materiallarini izchil oʻrganish asosida belgilangan vazifalarga bogʻliq. Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifani xal etish koʻpincha, shugʻullanuvchilar organizmining zoʻr berishini talab qiladi. Bu ishga organizm tegishli darajada tayyorlangan boʻlishi kerak. Dars vazifalarini, mashgʻulot oʻtkazish joyini va darsga tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan soʻng, dars mazmunini aniqlashga utilishi lozim. Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning 9 asosiy qismiga ta’lluqli mashqlarni, soʻngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarini tanlash maqsadga muvofiq. Chunki dars oldiga qoʻyilgan vazifalar darsning asosiy qismida xal etiladi. Oʻqituvchi darsni asosiy qism mashqlarini joylashtirib boʻlgandan soʻng tayyorgarlik qism mashqlarini tanlashga oʻtadi. Tayyorgarlik qism mashqlarini shunday tanlash kerakki, bu mashqlar asosiy qism mashqlarini oʻzlashtirishga yordam bersin, organizmni asosiy ishga tayyorlasin. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling