Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Tashkiliy uslubiy koʻrsatmalar (TUK)


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Tashkiliy uslubiy koʻrsatmalar (TUK) darsda qoʻllaniladigan vositalardan 
tularok foydalanish va shu bilan birga oʻquvchilar jismoniy tarbiyasini maqsadga 
muvofiq xal etish uchun tanlab olinadi. 
Konspektning tashkiliy uslubiy koʻrsatmalar boʻlimiga darsni maqsadga 
muvofiq tashkil etish; shugʻullanuvchilarni darsga tashkil etishning usullari; 
oʻrgatish va tarbiyalashning metod va metodik usullari; darsni oʻtkazish sharoitlari 
yoziladi.
Tashkiliy uslubiy koʻrsatmalarni tanlashda oʻrganilayotgan mashqni, 
oʻquvchi jismoniy tayyorgarligini va individual xususiyatlarini e’tiborga olish 
lozim. Tashkiliy uslubiy kursatmalar matnini har xil rasm va sxemalarda ham 
chizish mumkin. Masalan: saflanish va qayta saflanishlarni: oʻquvchi mashgʻulot 
joylarini: asbob-anjomlarni joylashtirish va h.k. Konspektda qoʻllaniladigan 
tashkiliy uslubiy koʻrsatmalarni 4 ta guruhga ajratish mumkin: 
1. Darsni tashkil etish; 
2. Darsni oʻtkazish uslubiyati; 
3. Dars sharoiti
4. Darsda utilganlarni hisobga olish. 
1. 
Darsni 
tashkil 
etishga 
tegishli 
kursatmalar 
dars 
davomida 
shugʻullanuvchilarni tashkil etishning metodlarini; frontal, guruhli, individual, 
aylanma va ularni bajarish usullarini yozishni taqozo etadi. Masalan: 
- mashqni mustakil bajarish; 
- ikki doiraga qayta saflash. 
Yozuvlar sxema tarzida ham yozilishi mumkin. 


10 
2. Ikkinchi guruhga darsni oʻtkazish uslubiyati kiradi. Bu yerda oʻqituvchi 
tomonidan qoʻllaniladigan oʻrgatish va tarbiyalash metodlari va metodik usullari; 
darsda yuklamani tartibga solishning metodik usullari; intizomni tiklashni, sport 
turi boʻyicha hakamlik malakalariga oʻrgatishning usullari yoziladi. Masalan: 
- qismlarga boʻlib oʻrgatish; 
- shugʻullanuvchilarga yon tomon bilan turib koʻrsatish; 
- mashqni koʻzni yumib bajarish; 
3. Dars sharoitida mashgʻulot joyini tayyorlash boʻyicha qanday ishlar 
kilinishi va kim bajarishi; keyingi darsga nimalar tayyorlanishi, baxtsiz xollarning 
oldini olish uchun qanday tadbirlarning bajarilishi kerakligi koʻrsatiladi. Masalan: 
- navbatchi oʻquvchi oʻzi oldidan oʻtuvchiga navbatma-navbat gimnastik 
tayoqchalarni tarkatadi; 
- irgʻitish joyini tayyorlashni ikki oʻquvchiga topshirish. 
4. Dars jarayonida oʻtilganlarni hisobga olishda oʻrgatilgan materialni 
oʻquvchilar tomonidan qay darajada oʻzlashtirilganligini tekshirib koʻrish bilan 
bogʻlik boʻlgan koʻrsatmalar yoziladi. Masalan: 
- guruh boshligining faoliyatini baholash; 
- 3-4 oʻquvchining raport berishini baholash. 
ESLATMA: Konspektning tashkiliy uslubiy kursatmalar boʻlimiga 
mashqning texnikasiga va gigienik omillarga doir ma’lum boʻlgan narsalarni 
yozish tavsiya etilmaydi. Masalan: 
- toʻgʻri qadi-qomatni nazorat etish; 
- oyoqni, gavdani bukmaslik kerak kabi koʻrsatmalar. 
Dars konspektiga oʻqituvchi imzo chekishi kerak, chunki bu oʻquv hujjati 
boʻlib hisoblanadi. 
Dars tugagandan soʻng dars oʻtkazgan oʻqituvchi oʻtkazilgan dars boʻyicha 
ushbu konspektga qisqacha oʻz muloxazalarini yozishi lozim. Bunda: dars oldiga 
qoʻyilgan vazifalarning xal etilganligi; dars mobaynida kiritilgan uzgarishlar; yoʻl 
qoʻyilgan xatolar, intizom, shugʻullanuvchilarning darsga boʻlgan munosabatlari 
xakida fikr yuritilib, darsga xulosa (baho) yasaladi.


11 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling