Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konspekt tuzishga baho: “ “. Dars oʻtishga baho: “ “. Oʻqituvchi imzosi: ________________________
DARS KONSPEKTI №
Tasdiqlayman: “___”________2021 yil. Sinflar: 4a; 4b. Oʻtish vaqti: ___________ Vazifalar: 1. 2. 3. Oʻtkazilish joyi: ____________________ Inventarlar: _______________________ Dars qismlari Dars mazmuni Me’yori Tashkiliy uslubiy koʻrsatma Tayyorgarlik qismi 8-10 daqiqa - - - - - ( ) daqiqa Mashqni bajarishda oʻquvchilar faoliyatini tashkil etishning frontal usulidan foydalanish maqsadga muvofiq Asosiy qism 25-30- daqiqa - - - - - ( ) daqiqa Yakuniy qism 3-5 daqiqa - - - ( ) daqiqa Konspekt tuzishga baho: “ “. Dars oʻtishga baho: “ “. Oʻqituvchi imzosi: ________________________ 4 Darsga konspekt tuzishda eng kerakligi, asosiy va yordamchi vazifalarni aniq va metodik tomondan asoslangan xolda ifoda qilishdir. Dars oldiga qoʻyiladigan vazifalarni oʻqituvchi oʻziga buyruq sifatida belgilaydi. Shuning uchun vazifalar buyruq ma’nosida ifoda qilinadi. Masalan: tanishtirish, oʻrgatish, mustaxkamlash, koʻrsatish va h.k. Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sogʻlomlashtirish va oʻrgatish vazifalari bir-biriga bogʻlangan xolda xal qilinadi. Boʻlar oʻquv materiali, har darslik ish rejasiga asoslanib belgilanadi va oʻrgatish tamoyillari ham da oʻtkazilgan darsni natijalariga qarab aniqlashtirilib, shu darsda bajariladigan qilib ifodalanadi. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari dars oldiga aniq vazifalarni qoʻyishda quyidagilarni: 1. Oʻquvchilar oldingi darslarni qanday oʻzlashtirganliklariga; 2. Har bir darslik ish rejasini, davlat dasturini va shu dars uchun ta’lluqli koʻshimcha adabiyotlarni; 3. Sinfdagi oʻquvchilar sonini, dars oʻtkazish joy sharoitini va mavjud sport anjomlarini; 4. Dars jadvalining xususiyatini, dars turini; 5. Oʻquvchilarning sogʻlik xolatini, ularning jismoniy tayyorgarliklarini va h.k. hisobga olishlari muxim ahamiyatga egadir. Oʻqituvchi yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan xolda oʻziga qator savollarga javob beradi: 1. Shu darsda oʻquvchi nimaga oʻrgatish kerak? 2. Shu darsda nimalarni oʻrgatish, qaytarish, takomillashtirish kerak? 3. Asosan qanday jismoniy sifatlarni tarbiyalashga oʻz e’tiborini jalb etishi kerak va. h.k. 4. Darsda sogʻlomlashtirish vazifalari qanday xal etilishi mumkin va h.k. Shu savollarga toʻlik javob bera olgandagina oʻqituvchi dars oldiga aniq vazifalar qoʻya oladi. Vazifalar: dars turlariga qarab kirish darsi, yangi materialni oʻrganish darsi boʻyicha, oʻtilgan materialni qaytarib mustaxkamlash, takomillashtirish boʻyicha 5 yoki oʻtilgan materialni oʻzlashtirish darajasini tekshirish boʻyicha ifodalanishi mumkin. Masalan: 2-sinfga kirish darsi: 1. Oʻquvchilarga jismoniy tarbiya boʻyicha 1-chorak talablarini bildirish. 2. 1-sinfda oʻrganilgan “Biz quvnoq bolalarmiz” oʻyinida oʻquvchi uyushqoqlik bilan harakat qilishlarini tekshirish. 4-sinfda oʻrganish darsi: 1. Balandlikka sakrashda va tabiiy sharoitda toʻsiklardan sakrashda toʻgʻri yerga tushishga oʻrgatish. 2. Estafetalar orkali oʻquvching oʻzaro oʻrtoqlik munosabatlarini tarbiyalash. 5- sinfda takomillashtirish darsi: 1. 30 metrga yugurishda, startdan chiqishni mustaxkamlash. 2. “Kun va tun” oʻyini orqali oʻquvchilarda harakat reaksiya tezligini tarbiyalashga koʻmaklashish. Oʻqituvchi dars vazifasini aniqlashda shu sinfdagi oʻquvching bilim va malakalarini bilgan xolda dars vazifasini, shu sinf oʻquvchilarining bilimlariga mos kilib ifodalashi kerak. Bu esa oʻquvchilar tomonidan darsda oʻtiladigan materialni aniq va ravshan tushunishlariga yordam beradi. Ma’lum bir mashqdan oʻquv me’yorlarini qabul qilish uchun, avvalo, oʻquvchi ushbu mashq bilan tanishtirish, keyin oʻrgatish, mustaxkamlash, qaytarish, takomillashtirish darslaridan soʻng, ulardan oʻquv me’yorlari qabul qilinadi. Bu esa bir necha darslar mobaynida xal etilishi mumkin. Har bir dars oldiga qoʻyilgan vazifalar ham uz navbatida tanishtirish, oʻrgatish, mustaxkamlash, takomillashtirish, me’yorlarini qabul qilish deb qoʻyilishi mumkin. Masalan: 6-sinf uchun basketbol mashqlaridan oʻquv me’yorini qabul qilish chorak oldidagi vazifa boʻlsin. Bu mashq har darslik ish rejamiz jadvalida 6 marta qaytarilib, 7 martada oʻquv me’yori qabul qilinadigan boʻlsa, har bir darsga taxminan shunday vazifalar qoʻyishimiz mumkin: 6 1- darsga: Toʻpni yoʻnalishini oʻzgartirib olib yurishdan soʻng uni yelkadan bir qoʻllab savatga tashlash bilan tanishtirish. 2- darsga: Basketbol shiti tagida toʻrgan xolatdan toʻpni yelkadan bir qoʻllab savatga tashlashga oʻrgatish. 3- darsga: Basketbol shiti tagida toʻrgan xolatdan toʻpni yelkadan bir qoʻllab savatga tashlashni takrorlash. 4-darsga: Toʻpni olib yurib ikki kadamda tuxtagandan soʻng uni yelkadan bir qoʻllab savatga tashlashni mustaxkamlash. 5-darsga: Toʻpning yoʻnalishini oʻzgartirib olib yoʻrgandan soʻng uni yelkadan bir qoʻllab savatga tashlashni mustaxkamlash. 6-darsga: Musobaqa sharoitida toʻpni yelkadan bir qoʻllab savatga tashlashni mustaxkamlash 7-darsga: Yoʻnalishni oʻzgartirib toʻp olib yoʻrgandan soʻng, uni yelkadan bir qoʻllab savatga tashlash boʻyicha oʻquvchilar erishgan yutuqni baholash. Ta’lim (oʻrgatish) vazifalari shugʻullanuvchilarda maxsus bilimlar, harakat, koʻnikma va malakalari va ularni har xil sharoitlarda ishlata bilishga yoʻnaltirilgan boʻlib, oʻquvchi dasturda kuzda tutilgan mashqlarni bajarishga, oʻrganilgan mashqlarni takomillashtirishga, shuningdek, koʻnikma va malakalarni rivojlantirishga, oʻrganilgan mashqlarni turli sharoitda qoʻllashga oʻrgatishdan iborat. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish dasturdagi butun oʻquv materialini tizimli va mustaxkam oʻrganishga olib keladi. Ayrim ta’lim vazifalarini xal etish uchun nisbatan uzoq vaqt (qator ketma-ket darslar) zarur, ayrimlarini hal etish uchun esa bir darsning oʻzi kifoya qiladi. Masalan, arqonga muayyan usulda tirmashib chiqish va bunda harakatlarni tugri navbatlashni bir darsda oʻrgatish mumkin emas. Bu umumiy vazifa boʻlib, uni bajarish uchun darslar turkumi talab qilinadi. Oʻquvchi arqonni oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda oʻrgatish mumkin, bu kichikroq xususiy vazifa boʻlib, uni mazkur darsning konkret vazifalaridan biri sifatida qoʻyish mumkin. 7 Ta’lim vazifalariga, shuningdek, oʻquvchi jismoniy tarbiya va sport, sogʻliqni saklash, kundalik tartib, tugri nafas olish, chiniqish, jismoniy mashqlarni toʻgʻri bajarish haqida bilim olishlari ham kiradi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling