Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
- Shuning uchun taxlil qilayotganda qoʻyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi.
Reja:
1. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tahlil qilish. 2. Pedagogik tahlil oʻtkazish uslubiyati. 3. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tahlil qilishda quyidagi talablarga e’tibor berish kerak. Kalit soʻzlar: jismoniy tarbiya darslarini pedagogik tahlil qilish uslublari; oʻqituvchining darsga tayyorgarligi, darsni tashkil etish, oʻrgatish uslublarining qoʻllanilishi haqida ma’lumotlar berish, oʻqituvchining tarbiyaviy ishlari, oʻquvchilarning xulqi, dars davomida berilgan yuklamalar oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasiga mos boʻlmasa qanday yoʻl tutilishi maqsadga muvofiq ekanligi, darsni umumlashtirish va xulosalar chiqarish. JISMONIY TARBIYA DARSINI TAXLIL QILISHNING NAMUNAVIY REJASI Darsning oʻtilish vaqti ______________ Sinf ______________________________ Darsning turi ______________________ Darsdagi oʻquvchilar soni _____________ Dars oʻtuvchi ________________________ Taxlil olib boruvchi ________________ Dars vazifalari: 1. ____________________________ 2. ____________________________ 2. ____________________________ 1. Pedagogning darsga tayyorlanishi Darsga tayyorgarlik deganda, birinchidan, dars konspektini yuqori saviyada ishlab chiqib, oqqa koʻchirish va darsning muvaffaqiyatli oʻtishi uchun bevosita tayyorgarlik koʻrish (darsni moddiy-texnika tomonidan ta’minlanishi va oʻquvchilar, oʻqituvchi yordamchilari, navbatchilar, guruh sardorlarini tayyorlash) nazarda tutiladi. Shuning uchun taxlil qilayotganda qoʻyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi. 1. Dars konspektining muxayyoligi, uning har dars ish rejasiga muvofiqligi, aniq ishlab chiqilganligi va tashki koʻrinishi: A) dars vazifalarining dastur talablariga muvofiqligi, aniqligi, toʻgʻri ifodalanganligi, hartomonlamaligi (shugʻullanuvchilarning har tomonlama va garmonik rivojlanishini ta’minlashi); B) konspekt mazmunida kerakli vositalarning toʻgʻri tanlanishi (darsning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlarida vositalarning, shugʻullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga, tanlangan vositalarning dars vazifalariga muvofiqligi dars qismlarida vositalarning oʻzaro va mashgʻulot oʻtkaziladigan sharoitga muvofiqligi); V) mashqlarni mikdorlash va ularning ketma-ketligi; G) konspektning tashkiliy-metodik koʻrsatmalari boʻlimida: darsni tashkil etish, oʻtkazish metodikasi, sharoitlari boʻyicha qanday koʻrsatmalar berilgan, ularning tugriligi, maqsadga muvofiqligi, ifodalanishi va hokazo misollar bilan tasdiqlanadi. 2. Dars oʻtkazish joyi, oʻquv qurollari va anjomlarining tayyorligi va ularning sanitariya-gigiena xolati. 3. Oʻqituvchi va oʻquvching tashqi koʻrinishi. 4. Navbatchi va guruh boshliqlarining oldindan tayyorgarliklari. 5. Darslardan ozod qilingan yoki yuklama (kasalligi boʻyicha) miqdorlab beriladigan oʻquvchilarga darsdan oldin beriladigan koʻrsatmalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling