Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
-Ma’ruza Mavzu: Sport musobaqalari tizimi va sportda musobaqa faoliyatining
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
13-Ma’ruza
Mavzu: Sport musobaqalari tizimi va sportda musobaqa faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari Reja: 1. Sport musobaqalarining oʻziga xos xususiyatlari. 2. Musobaqalarning turkumlarga boʻlinishi. 3. Musobaqalarni oʻtkazish usullari. 4. Musobaqa faoliyatining tuzilishi. 5. Musobaqa faoliyati jarayonida taktikani oʻzgartirish Kalit soʻzlar: Olimpiada sport musobaqalari, musobaqa faoliyatining tuzilishi. Sport musobaqalari oʻziga xos faoliyat boʻlib raqiblarning harakatini tartibga solishda katta rol oʻynaydi, ularning ayrim qobiliyatlarini obyektiv ravishda solishtirib koʻrishga va jismoniy sifatlarni maksimal darajada namoyon boʻlishini musobaqa davomida harakatlanishni maksimal darajada ta’minlashga imkoniyat yaratadi. Sport hozirgi koʻrinishda bir qator oʻziga xos xususiyatlariga ega: 1). Sport musobaqalar faoliyatida, raqobat darajasini ketma-ket yutuqlarga boʻlgan talablarni ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil etiladi (yuqori ringga quyi musobaqalarda qatnashganlar qoʻyiladi yoki pastdan yuqoriga). 2) Musobaqada bevosita bajariladigan harakatlarning, boshqarilish sharoitlarini va yutuqlarini baholash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu tenglashtirish musobaqalar oʻtkazishning umumiy me’yorlari sifatida muayyan qoidalar bilan musatahkamlanadi. 3).Musobaqalashuvchilarni hatti harakatlari noantogonistik raqobat tamoyillariga muvofiq tartiblashtiriladi. Yuqori sport natijasi, sportni shu kundagi rivojlanishida inson imkoniyatlarini etaloni boʻlib hisoblanadi. Ularga taqqoslab har bir inson oʻzining sport natijalarini solishtirib koʻrishi mumkin va shunga asoslanib, natijalarni yaxshilashni rejalashtirishi mumkin. Musobaqalar tizimi oʻz ichiga bir qator an’anaviy va noan’anaviy boʻlmagan musobaqalarni birlashtirib, sport faoliyatini nisbatan alohida shakl sifatida tashkil qiladi. Bular ma’lum tartibda oʻzining masshtabi, ahamiyati, sportchini tayyorlash bosqichlari va boshqa sharoitlariga qarab boʻlinadi. Musobaqalarda asosiy oʻrinlarni absolyut birinchiliklar (shaxsiy va jamoa) dunyo va olimpiada oʻyinlari ham egallaydi. Bunday asosiy maqsadga yoʻnaltirilgan musobaqalar sportchini tayyorlashga ma’lum darajada ta’sir koʻrsatadi. SHunga koʻra, mashgʻulotning ayrim bosqichlari rejalashtiriladi,yuqori sport natijalarga optimal ravishda tayyorlash vaqti va boshqalar aniqlanadi. Boshqa koʻpgina musobaqalar tayyorgarlik uchun oʻtkaziladi. Sport mashgʻulotlarining umumiy vaqtidan 10-15% musobaqa vaqtini aniqlaydi. Musobaqa faoliyati- bu tartiblashtirilgan raqobat boʻlib, oʻz qobiliyatini obyektiv ravishda solishtirish va maksimal darajada natija koʻrsatilishini ta’minlash hamda tartibga solishdir. Sport musobaqalari- his-hayajon holatidagi koʻrinishda boʻlib hozirgi kunda 100 dan ortiq sport turi boʻyicha musobaqa oʻtkaziladi. Har qaysi sport turi, musobaqa oʻtkazish uchun oʻzining metodik xususiyati, qatnashish sharti, oʻtkazish qoidasi va gʻoliblarni aniqlash va boshqa talab qiladi. Musobaqa qisman, sportchini tayyorlash tizimiga kiradi, chunki faqatgina shaxsiy sport tayyorgarligiga ega boʻlmasdan, ijtimoiy vazifalarni hisobga olgan holda ham tashkil qilinadi. Sport musobaqasi- oʻyin shaklida raqobot qilish shakli boʻlib,jismoniy tayyorgarligi,harakat malakasi va mashqlarni bajarish san’atini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling