Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi Bajardi: tursunov U


Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish asosi


Download 12.88 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2023
Hajmi12.88 Kb.
#1144860
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi-fayllar.org

Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish asosi Kirish ish bag’ishlangan ilmiy-texnikaviy muammo (masala)ning zamonaviy ahvolini, shuningdek ishni maqsadini qisqacha tavsiflash kerak. Kirish qismida tavsiflanayotgan ishdagi yangilik va dolzarblik nimadan iboratligini bayon etish va uni o’tkazish zarurligini asoslash zarur. Analitik sharxda tadqiqotni metodikasi va hal etish vositalari bo’yicha adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar, ITI oldida turgan masalani yangicha hal etish yo’llari bayon qilinishi lozim. Ishning tanlangan yo’lini asoslash boshqa mumkin bo’lgan yo’nalishlarga taqqoslash bo’yicha afzalliklariga asoslanadi. ITI tanlangan yo’nalishi va ishchi gipoteza ITI o’tkazish aniq shartlarini hisobga olgan holda analitik sharxda mavjud bo’lgan tavsiyalarga asoslanishi kerak. ITI ning tanlangan yo’lini asoslash ishning maqsadga muvofiqligi (yoki zarurligi)ni asoslash bilan almashtirmasligi kerak. ITI tanlangan yo’nalishi tegishli topshiriklar bilan asoslanmasligi lozim. Bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarni ifodalovchi hisobotning qismlari barcha oraliq va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan birgalikda to’la va tadrijiy tarzda bayon etilishi kerak.

Tadqiqot metodikasi tadqiqot o’tkazish metodologiyasini tanlashni asoslanishini, bunda foydalanilayotgan yohud ishlab chiqilayotgan texnikaviy vositalar, matematik yohud tadqiqot natijalarini ishlab chiqishning boshqa metodini asoslangan informasiyaning tegishli manbaiga havola qilingan holda o’z ichiga olishi kerak. Mazmun va bajarilgan ish natijalari qismida quyidagilar ko’rsatilishi lozim: maqsad, muayyan eksperimentlar programmasining, ular mohiyatining tavsifi; olingan ma’lumotlar aniqligi va ishonchligi baholanishi hamda nazariy ma’lumotlar bilan taqqoslanishi. Bunday taqqoslash bo’lmaganda u hol asoslanishi kerak. Olingan natijalar ta’kidlanishi va ularni qo’llanilish imkoniyati tavsiflanishi zarur.

Ilovada asosiy matnga qo’shilganda ko’p joyni egallaydigan ko’shimcha materiallar beriladi. Quyidagilar ana shunday materiallar hisoblanadi: - oraliq matematik qistirmalar va hisob-kitoblar; - yordamchi raqamli ma’lumotlar jadvali; - sinov bayoni va hujjatlari; - eksperiment o’tkazishda qo’llanilgan apparatlar va priborlar tavsifi, o’lchashlar va sinashlar; - joriy texnikaviy yechimlar yo’riqnomasi, metodikasi, tavsifi, qo’shimcha tarzdagi tasvirlar va h. k.


Download 12.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling