Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi


Download 288.05 Kb.
bet6/11
Sana05.01.2022
Hajmi288.05 Kb.
#213490
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
safarov

Rasmlar ularga matnda havola qilingandan so’ng xisobot tekstida ketma-ket joylashtiriladi. Rasmlarni shunday joylashtirish kerakki ularni hisobotni varaqlamay ko’rish mumkin bo’lsin. Agar rasmlarni bunday joylashtirish imkoni bo’lmasa, ularni shunday joylashtirish lozimki, toki hisobotni soat strelkasi bo’ylab aylantirish mumkin bo’lsin. Hisobotda A formati hajmidan katta bo’lgan rasmlarni berish tavsiya etilmaydi. Har bir rasm batafsil tavsifiy yozuvga ega bo’lishi lozim. Ost yozuv rasm tartib raqami bilan bir qatorga qo’shib joylashtiriladi. Rasmdagi yozuvlar hisobotdagi barcha rasmlar hajmi bo’yicha bir xil shriftda bajariladi. Hisobotlardagi ilmiy tadqiqotning raqamli materiallari jadval tarzida joylashtiriladi. Har bir jadval tavsifiy sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Jadval yuqorisida «jadval» va uning tartib raqam joylashadi. Jadval tartib raqami xuddi rasmdagi kabi bo’ladi. Sarlavxa «jadval» so’zidan yuqorida joylashadi. «Jadval» so’zi va sarlavxa yozma harflarda yoziladi. Jadval grafalari sarlavhasi katta harflarda yoziladi, sarlavhachalar esa kichik harflarda. Hisobot matnida zarur hollarda formulalar joylashtiri-ladi. Formulalardan so’ng simvollar, koeffisiyentlar va boshqa eksplikasiyalarga tushuntirish beriladi. Eksplikasiyalarda simvollar va raqamli koeffisiyentlar qiymati formula tagidan ular formulada qanday tartibda berilgan bo’lsa xuddi shunday tartibda keltiriladi. Har bir simvol va raqamli koeffisiyentni qiymati yangi qatordan berilgani ma’qul. Eksplikasiyaning birinchi satri «bunda» so’zi bilan boshlanadi. Bu so’zdan keyin ikki nuqta qo’yilmaydi.


Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling