Hisobotga adabiyotlar ro’yxati ilova qilinadi. Ro’yxatga barcha foydalaniladigan manbalar kiritiladi. Monografiyalar, maqolalar, standartlar, kashfiyotlar, ma’ruza tezislari, gazetadagi maqolalar, ITI hisobotlari, deponentlangan materiallar, kataloglar va boshqa materiallar haqidagi ma’lumot OAKning 1985 yil 5-sonida e’lon qilingan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi. ITI to’g’risidagi hisobotlarpi rasmiylashtirish umumqabul qilingan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi. Hisobotlar o’z ichiga quyidagilarni olishi kerak: bosh varaq, bajaruvchilarning ular bajargan ishlar sissacha mazmuni berilgan ro’yxat, referat, sarlavha, qisqartmalar ro’yxati, simvollar va maxsus termishar, asosiy qism, adabiyotlar ro’yxati va ilova. Metodikani ifodalovchi, bajarilgan ishning mazmuni va natijalari haqidagi hisobotning qismlari to’liq va tadrijiy tarzda barcha oralik va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan birga bayon etilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |