Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish bajardi: aminova mushtariy ilmiy rahbar


Ilmiy ish natijalarini tahlil qilish


Download 327.39 Kb.
bet21/25
Sana02.01.2022
Hajmi327.39 Kb.
#190185
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish

2.2 Ilmiy ish natijalarini tahlil qilish


Har qanday ilmiy tadqiqot ishini olib borishdan maqsad qo‘yilgan muammoning yechimini samarali usullar bilan topish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanishdan iborat.

Mazkur monografiyaning dastlabki qismlarida ilmiy tadqiqot ishi va undagi kechadigan jarayonlar hakida ma’lumot berildi. Endi ilmiy tadqiqot ishini olib borishning quyidagi muhim jihatlari haqida to‘xtalmoqchimiz. Ular: ijodiy jarayonning samaradorligini aniqlash, ko‘lga kiritilgan natijalarning rejalashtirilgan natijaga (dolzarbligi, muammo maqsadi va vazifalari, ishchi faraz, tadqiqot metodologiyasi va shu kabilarga asoslangan) mosligini (identifi­katsiyalashuvi), tekshirish natijasining tadqikot ob’ekta kechishini adekvat aks ettira olipshigini baholash; ishlab chiqarilgan metodologiya (model, algoritm, usul, uslubiyat, texnologiya va h.k.) ning tadqiqot ob’ekti va predmetini adaptatsiya qila olipshigini asoslash. Bularning hammasini hal qilish ilmiy tadqikot ishining natijalarini chukur (ilmiy-metodologik jiqatdan) tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

Yuqorida ifoda etilgan adaptatsiya va adekvat terminlariga izoh berib o‘tamiz.

Adaptatsiya - lotincha so‘z bo‘lib, adaptatio-moslashuv ma’nosini anglatadi. Bu yerda ilmiy tadqiqot ishini olib borishda ko‘lga kiritilgan natijani (metodologik, usul, model, algoritm va h.k. larning) tadqiq etilayotgan ob’ekt yoki predmetni ifodalay olishligi nazarda tutiladi.

«Adekvat (lotincha adequatus - tenglashgan, moye, aynan bir, o‘xshash) - bilish nazariyasida narsa va hodisalarning xossalari va alokalarini ularning ob’ektiv mazmuniga to‘g‘ri keladigan anik va moye qilib olish. Inson ongi ob’ektiv borliqni ijtimoiy amaliyot asosida adekvat aks ettira boradi» [2].



Yuqorida qayd etilgan jihatlar ham o‘z navbatida o‘ziga xos tavsiflarni talab etadi.


Download 327.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling