Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish bajardi: aminova mushtariy ilmiy rahbar


Download 327.39 Kb.
bet22/25
Sana02.01.2022
Hajmi327.39 Kb.
#190185
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish

1. Ijodiy jarayon samaradorlngi. Bunda ilmiy tadqiqot ishini olib borish jarayoni nazariy tadqiqotlar qismiga ko‘proq e’tibor beriladi va kuyidagi ketma-ketlikda ish olib boriladi:

  • olib borilgan ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha foydalanilgan axborotlar va joriy xulosalar taqqoslanadi;

  • taxminlar va ularga moye dalillar taqqoslanadi;

  • sabab va oqibat aloqalari ajratilib ko‘rsatiladi: tadqiqot jarayoni - natija - ilmni rivojlantirish»; «tadqiqot jarayoni -> natija - bilimni rivojlantirish»; «tadqiqot jarayoni - natija -fanni rivojlantirish»; «tadqiqot jarayoni -> natija -> texnika -texnologiyani takomillashtirish va yaratish»; «tadqiqot jarayoni -» natija - ta’limni rivojlantirish» va h.k.;

  • natijalardagi xatoliklarni aniqlash va ularni amaliy faoliyatda baholash nuqtai nazardan dastlabki baholash;

  • tadqiqot mazmun-mohiyatiga bog‘liq va bog‘lik bo‘lmagan natija-larni aniqlash hamda ularning oxirgi natijaga ta’sirini e’tiborga olish;

  • natijadagi ko‘rsatkichlar (o‘zgaruvchilar, o‘zgartiruvchilar, omil-lar, predmetlar) chegarasini amaliy faoliyat nuqtai nazardan baholash;

  • natija bo‘yicha xulosa (ilmga, bilimga, fanga, texnikaga, texnologiyaga, ta’lim va hattoki ayrim tushunchaga ham) tayyorlash;

  • xulosalarning haqqoniyligini baholaydigan mezon (kriteriy, tamoyil) tayrlash. Agarda bu ilmiy tadqiqot ishining dastlabki bosqichida oldindan tayyorlangan bo‘lsa, uning qayta tekshirib ko‘rish;

  • natijaning ahamiyatini (ilmga, bilimga va h.k.) bakolash;

  • natijani amaliy faoliyatga joriy etish tavsiyasini tayyorlash va h.k.

2. Erishilgan va rejalashtirilgan natijalarning o‘zaro mosligi. Ular quyidagicha tartiblar asosida baholanadi: ikkala natijalarining ham tadqiqot maqsadi va vazifalariga muvofiqligi; erishilgan natijaning tadqikot sohasidagi (mavzu bo‘yicha) ahamiyati; ilmiyligi; izchilligi; nazariy va amaliy ahamiyati; samaradorlngi; foydalanishda ixchamligi va kulayligi; shaklan va mazmunan uyg‘unlik va h.k.

Bu kayd etilgan talablar rejalarning ahamiyatliligini yana bir bor dalillar asosida isbotlash imkoniyatini beradi.

3. Adekvatlik ilmiy tadqiqot ishi natijasining tadqiqot ob’ekti narsa va hodisalardagi jarayon kechishi, ya’ni ob’ektning funksional vazifalarini (o‘zgarish, ishlash qonuniyatlarini va h.k.) aynan aks ettirilishi (adekvatligi) tekshiriladi. Bunda ob’ekt modeli bilan tadqiqot natijasi modeli o‘rtasidagi o‘xshashlik, moslik va ulardagi qonuniyatlarning nechog‘lik teng aks ettirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

4. Adaptivlik. Bunda qo‘lga kiritilgan natija ilmiy tadqiqot ishi yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Ular: kurilma, mexanizm, mashina va boshqa texnikalar; buyum; metod, metodologiya; maket, model; texnologiya va h.k. Tadkiqot olib borish jarayonida qo‘lga kiritilgan natijaning tadqiqot ob’ektini va predmetlari xossa va xususiyatlari hamda ular orasidagi turli xil aloqadorlikni to‘liq aks zttira olishligi tekshiriladi. Bular tadqiqot maqsadi va vazifalari bo‘yicha aniq dalillar asosida tekshirib ko‘riladi, ya’ni tajriba-sinov ishlari olib boriladi.

Tajriba - sinov ishini olib borish davomida ham tadqiqotning nazariy kismiga ayrim tuzatishlarni (talablarni) kiritishga ruxsat beriladi.

Demak, ilmiy tadqiqot ishi natijalari tahlili ham o‘ziga xos ijodiy jarayon ekan. Uni biz quyidagicha tashkiliy-tuzilmaviy model (TTM) ko‘rinishda ifodalashni lozim topdik.

Ilmiy tadqiqot ishi natijalarini yuqorida kayd qilinganidek tahlil qilish, kompleks tahlil bo‘lib, u tajriba - sinov ishini olib borishdagi ishni sezilarli darajada yengillashtiradi. Ayniqsa, ilmiy tadqiqot ishi davomida bajariladigan xulosalash, tashxislash, prognozlash (bashoratlash), tavsiyalash jarayonlari tadqiqotchining ortikcha mehnat qilishining oldini oladi va tadqiqotning maqsadiga erishishini kafolatlaydi hamda tadqiqotchining o‘z ijodiy faoliyati natijasining ahamiyatliligi ishonchliligi, aniqliligi, samarador­lngi va h.k. ga ishonchini mustaqkamlaydi.

Download 327.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling