Mavzu: Ilmiy tadqiqot asoslari fanining maqsadi va vazifalari, umumiy tushunchalar


Loyihani nihoyasiga yetkazish va bozorga chiqarish yoki mahsulotni, texnologiyani qo‘llanish uchun yetarli resurslarning yoki ularni namoyish qilish imkoniyatining mavjudligi


Download 149.63 Kb.
bet5/11
Sana27.12.2022
Hajmi149.63 Kb.
#1069798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11 son BXMS ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlab chiqishlarga

16.5. Loyihani nihoyasiga yetkazish va bozorga chiqarish yoki mahsulotni, texnologiyani qo‘llanish uchun yetarli resurslarning yoki ularni namoyish qilish imkoniyatining mavjudligi.

17. Aktiv deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlarining xarajatlari quyidagilar chiqarib tashlangandan so‘ng tegishli bo‘lajak daromadlar hisobidan qoplanadigan summadan oshmasligi lozim:

— tajriba-konstruktorlik ishlariga keyin qilinadigan xarajatlar;

— tegishli ishlab chiqarish xarajatlari;

— ma’muriy xarajatlar va mahsulotni sotish chog‘ida bevosita qilingan xarajatlar.

18. Loyihaning tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlar xarajatlari aktiv deb hisoblash talablariga javob berganligi tufayli bu xarajatlar xo‘jalik yurituvchi subyekt ana shu xarajatlar natijasida kelgusida iqtisodiy naf olishini aniqlash uchun yetarli bo‘lmagani sababli aktiv deb tan olish mezonlariga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlar xarajatlari shu xarajatlar amalga oshirilgan davrdagi xarajatlar deb e’tirof etiladi va keyingi davrda aktiv deb tan olinmaydi.

TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK IShLARI XARAJATLARI AMORTIZATSIYASI

TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK IShLARI XARAJATLARI AMORTIZATSIYASI

19. Aktiv deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari summasi amortizatsiya qilinishi va muntazamlilik asosida xarajat deb tan olinishi kerak. Bunday hollarda subyekt quyidagilarga asoslanadi:

19.1. Mahsulot yoki texnologiyani sotish yoki undan foydalanishdan keladigan daromadlar yoki boshqa manfaatlarga;

19.2. Mahsulot yoki texnologiyani sotish yoxud undan foydalanish ko‘zda tutilgan davrga.

Amortizatsiya mahsulot yoki texnologiya sotishga yoki foydalanishga tayyor bo‘lgan paytdan boshlanadi.

20. Aktiv deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining amortizatsiya qilinadigan summasini quyidagi muddatlarning eng qisqa davrida muntazam asosda taqsimlash lozim bo‘ladi:

20.1. Aktivning xizmat muddati;


Download 149.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling