Mavzu: ilmiy tadqiqot haqida umumiy tushuncha


Download 38.49 Kb.
bet5/6
Sana07.02.2023
Hajmi38.49 Kb.
#1175842
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza

Ijodning falsafiy negizi
Falsafa o’zining nazariy bilish, gnoseologik funksiyasida ijod jarayonining metodologik asosini tashkil etadi. Gnoseo­logiya ijodga sub’ektning faol, mutlaqo maqsadga yo’naltirilgan faoliyati deb qaraydi. Mazkur faoliyat ayni muayyan ijtimoiy madaniy kontekstda mutlaqo yangi, ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishadi va shaxsning o’zini - o’zi ro’yobga chiqarishiga, uning qobiliyati va yaratuvchilik salohiyatini rivojlantirishga har tomonlama ko’maklashadi. Ijod deganda falsafiy nuqtai nazardan eng unumli, ijtimoiy ahamiyat va qimmatga ega faoliyat usuli tushuniladi.
Bilishda ijod ma’naviy faoliyat haqiqatning tagiga yetishga ongli ravishda yo’naltirilgan paytda boshlanadi. O’rganilayotgan ob’ektning jihatlarini, xossalarini, uning teran mohiyatini to’liq, chuqur va to’g’ri bilish bunday ijodning mahsulidir. Bilishda ijod bu tadqiqotchining mutlaqo yangi bilimga erishishga yetaklaydigan noan’anaviy tafakkur tarzi, bilishning ahamiyatli va haqqoniy natijalarini olishga ongli ravish­da qilingan mo’ljaldir.
Ilmiy bilishning tabiatini, bilimning voqelikka nisbatini, bilish jarayonining umumiy (tabiiy va ijtimoiy) shart - sharoitlarini o’rganuvchi, uning haqqoniyligining zarur va yetarli shartlarini aniqlovchi ilmiy bilishning metodologiyasi va epistemologiyasi ijodni falsafiy o’rganishda alohida o’rin tutadi. Fan metodologiyasi ilmiy tadqiqotning tuzilishi, mantiqiy tashkiloti, metodlari, vositalari, usullari va algoritmlarini tadqiq qiladi, ilmiy bilish jarayonida ijodiy faollikniig ko’p qirrali tomonlarini o’rganadi va hozirgi zamon postklas­sik falsafa fanining muhim elementi hisoblanadi.
Metodolo­giya ijodiy ilmiy tadqiqot faoliyatining falsafiy negizlari haqidagi tasavvurlar majmuini qamrab oladi, bilimning ijo­diy tashkilotining ichki mexanizmini va harakat mantig’ini ko’rib chiqadi.
Kreativlikni, ya’ni bilish sub’ektining ham tabiatni, ham ijtimoiy tartibni, odamlarning ijodiy faoliyati jarayonida sivilizatsiya madaniyatini sifat jihatidan o’zgartirishga yo’naltirilgan ijodiy yaratuvchi qobiliyatini o’rganish ilmiy bilish­ning hozirgi zamon falsafiy epistemologiyasining muhim jihatlaridan biridir.
Hozirgi zamon ilmiy ijod epistemologiyasi bilishda ijod­ning faoliyat ko’rsatish va rivojlanish mexanizmini, ilmiy tasavvurlar va nazariyalarning vorisiylik va almashish qonunlarini, ilmiy ijodga nisbatan har bir tarixiy davrda mavjud stereotiplar, paradigmalar, yondashuvlarni, postklassik, postmodernistik sivilizatsiyaning «uchinchi to’lqini» (E. Toffler, S. Xantington), hozirgi zamon postindustrial axborot jamiyati sharoitlarida rivojlanayotgan hozirgi za­mon ilmiy bilishining metodologik xususiyatlarini ochib berishga harakat qiladi,

Download 38.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling