Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари
Download 230.5 Kb.
|
Дефектология асослари маъруза матни
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI Defektologiya asoslari(maruzalar matni) Navoiy –2007 yilUshbu ma'ruza matnlari bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Defektologiya asoslari» fani sohasiga oid bilimlar majmuini qamrab oladi.«Defektologiya asoslari» kursnning vazifasi talabalarga alohida yordamga muhtoj bolalar haqida tushuncha berishdan iborat. Ushbu ma'ruza matnlarida Defektologiya asoslari fani, uning maqsadi, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, asosiy katеgoriyalari va tamoyillari, Anomal bolalar kategoriyalari, bolalardagi nuqsonlarning kelib chiqishi sabablari va turini aniqlash, jismomiy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni differensial na integratsiyalashgan ta’limga jalb etish, boshlang`ich maktabda yordamga muhtoj bolalar bilan korreksion inklyuziv ta’limni amalga oshirish, bo’lajak boshlang`ich sinf o’qituvchilari faoliyatida, zarur bo’lganda, defektologik bilimlarga tayangan holda ishni tashkil etish, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olish, ularni maxsus muassasalar uchun saralash usullari kabi masalalarni yoritishga harakat qilingan. Mazkur qo`llanmadan oliy ta'lim muassasalari, litsеy va kollеj, qamda maktab o`qituvchilari, talabalari, shuningdеk mazkur fan bilan qiziquvchi kitobxonlar foydalanishlari mumkin Tuzuvchilar: dots. F.R.Ro’ziqulov, o‘q. M.M. Qodirova dots.D.A.Axatova Taqrizchilar: dots.H.Bobomirzayev, p.f.n. M.Xalilova Mazkur ma’ruza matni Navoiy Davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Ilmiy uslubiy kengashining 2007 yil __ avgustdagi majlis qarori bilan chop etishga tavsiya etilgan. Navoiy Davlat pedagogika instituti. 2007 yil KIRISH Umumiy o’rta ta’lim boshlang`ich ta’limni o’z ichiga qamrab olgan. Тa’limning bu turi o’quvchilarning fanlar bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Boshlang`ich maktabda bolaning bilimlari, qobiliyatlari o’rganiladi, bilim olish istagi va ko’nikmasi tarkib toptiriladi. Yangi avlodni shakllantirish ishlarining sifati avvalo, mana shu bosqichga bog`liq. Shunday ekan, bo’lajak boshlang`ich sinf o’qituvchilari nihoyatda puxta bilimga ega, barcha yangiliklardan xabardor bo’lishlari kerak. 1998 yil iyun oyidan boshlab «O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari» o’z faoliyatini boshlab yubordi. Markazning asosiy vazifalaridan biri 6-7 yoshli bolalarni maktabga tavsiya etish komissiyalarini tuzib, mutaxassislar yordamida Respublika ilmiy-metodik muassasalari tavsiya etgan metodika va testlar asosida bolalarni o’qishga yetuklik darajasini to’g`ri va ilmiy aniqlashda mutaxassislar va guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish, tegishli mezon talablariga javob bergan bolalarni maktabga tavsiya etishdir. Maktabgacha ta’lim xodimlari bola rivojlanishida kuzatilishi mumkin bo’lgan jismoniy yoki ruhiy kamchiliklar, ularning turlari, kelib chiqish sabablari, bolaning holati, tashxis markaziga uni qanday hujjatlar bilan yuborish zarurligi, tashxis markazida kimlar ishlashi, nima ish bilan shug`ullanishi, defektolog uchun qanday hujjatlarni tayyorlash kerakligi kabi masalalarni hal qila oladigan bo’lishlari kerak. «Defektologiya asoslari» kursnning vazifasi talabalarga alohida yordamga muhtoj bolalar haqida tushuncha berishdan iborat. Anomal bolalar kategoriyalarini o’rganish, bolalardagi nuqsonlarning kelib chiqishi sabablari va turini aniqlash, jismomiy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni differensial na integratsiyalashgan ta’limga jalb etish, boshlang`ich maktabda yordamga muhtoj bolalar bilan korreksion inklyuziv ta’limni amalga oshirish, bo’lajak boshlang`ich sinf o’qituvchilari faoliyatida, zarur bo’lganda, defektologik bilimlarga tayangan holda ishni tashkil etish, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olish, ularni maxsus muassasalar uchun saralash usullari bilan tanishtirib o’tishdan iborat. Defektologiya asoslari kursi ma’ruza, amaliy va laborator mashg`ulotlar shaklida olib borilishi ko’zda tutilgan. Ma’ruza mashg`ulotlarida defektologiya hamda logopediya fanlarining nazariy asoslari berilsa, amaliy mashg`ulotlarda talabalar nazariy bilimlarini amalda qo’llay olishga o’rganadilar. Laboratoriya mashg`ulotlarida talabalar turli adabiyotlar ustida mustaqil ishlab, munozaralarda faol ishtirok etishga o’z fikrini bildira olishga nazariy bilimlarini amalda tatbiq, etilishini kuzatadilar, o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganadilar. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling