Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари
Defektologiya fanining tarmoqlari
Download 230.5 Kb.
|
Дефектология асослари маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirish uchun savollar.
- 2- MAVZU : MAXSUS YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR TOIFALARI Reja
- Tayanch iboralar: 1.Endogen-genetik 2.Ekzogen tashqi. Foydalanilgan adabiyotlar.
Defektologiya fanining tarmoqlari.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar fan sifatida ajralib chiqdi. logopediya oligofrenopedagogikaaaaaaaaaaaaaa Defektologiya surdopedagogika tiflopedagogika Surdopedagogika (lotincha “surdus”–kar, gung so’zidan olingan)- eshitish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim–tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha “tiflos”-ko’r, so’qir so’zidan olingan)- ko’rish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha “oligos”-kam, fren-aql), so’zlaridan olingan,-aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; logopediya (yunoncha “logos”-so’z, “padio”-tarbiya so’zlaridan olingan)- og’ir nutq nuqsonlarni o’rganish, oldini olish, bartaraf etish yo’llari, usullarini o’rganadigan fan. Tekshirish uchun savollar. 1. Defektologiya faninining maqsadi? 2. Defektologiya faninining vazifalari nimalardan iborat? 3. Korreksiya nima? 4. Kompensatsiya nima? 5. Defektologiya fanining rivojlanishi? 6. “Oila” markazi dasturining maqsad va faoliyati? 7. Hozirgi kunda nogironlikni oldini olish yuzasidan oilb borilayotgan ishlar. 8. Defektologiya fani tarmoqlari. 2- MAVZU : MAXSUS YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR TOIFALARI Reja: Nuqsonlikning kelib chiqish sabablari. Intellektual nuqsonli bolalar. Sensor nuqsonli bolalar Motor nuqsonli bolalar Tayanch iboralar: 1.Endogen-genetik 2.Ekzogen tashqi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Mo’minova I.R. Oilada nogiron va yordamga muhtoj bolalar haqida. Toshkent. 1990 yil. 2.Rahmonova V.S.Defektologiya va logopediya asoslari. T. O’q. 1991 yil. 3.Mamedov K.K. G’.Shoumarov. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida. Toshkent.1993 yil. 4.Rahmonova V.S. Defektologiya asoslari. Ma’ruza matni.T.2004 yil. Chinakam baxtiyor bo’lish uchun quyidagi xislatlar bo’lishi lozim: ilmdan orttirilgan fazilat, tashqi ko’rinishdan topilgan haqiqat, aql tufayli hosil qilingan fel-atvor, molu-mulkdan ziyoda salomatlik. Jamiyatimizda ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy rivojlansh yuz berayotgan bir vaqtda Respublikamizning ravnaqini ko’zlash maqsadida asosiy e’tiborni yoshlarning har tomonlama yetuk qilib o’stirishga qaratishimiz lozim. Maqsad yosh avlodni voyaga yetguncha sog’lom o’stirish, rivojlantirish bo’lsa, jamiyatimizda yana yosh avlod-nosog’lom, ya’ni psixik va jismoniy rivojlanishda, nuqsoni, kamchiligi bor, ya’ni nogironlar ham rivojlanishga, sog’lom tengdoshlari qatorida barcha huquqlarga egadirlar. Bunday bolalar nogiron, zaif, kamchiligi bor yoki juda og’ir darajada bo’lsa, majruh bola deb ataladi. Ular albatta jamiyatimizda sog’lom avlod tug’ilishiga va o’stirishga to’siq bo’ladi, chunki sog’lom ota, sog’lom onagina sog’lom farzandni bunyod etadi. Mamlakatimizda iqtisodiy va ekologik tanglik sezilayotgan bir davrda maxsus ilm va tarbiya bilan qamrab olinmagan bolalar ertangi kunda jamiyat uchun maishiy va axloqiy xavf tug’dirishlari, nosog’lom avlodning ko’payishiga olib kelishi mumkin. BMT ma’lumotlari bo’yicha dunyo miqyosida psixik va jismoniy rivojlanishida 150 mlnga yaqin nuqsonli bolalar mavjud. Umumjahon sog’liqni saqlash ma’lumotlariga ko’ra dunyoda bunday kishilar soni 13% ga yaqinligidan dalolat beradi. 3% intellektida buzilishi bor bolalar va 10% turli psikix nuqsonli bolalardir.Ularning ya’ni jismoniy zaif rivojlangan bolalar safi har yili 10% ga oshib bormoqda. Dunyoda imkoniyati cheklangan bolalar 2 mln atrofidadir. Bolaning tug’ilishi oilaga olam-olam quvonch keltiradi. Bolaning hayoti, uning kelajagi, yutuqlari va erishadigan muvaffaqiyatlari ko’proq salomatligiga bog’liq bo’ladi. Organizmda hujayraralar bir xil bqlavermaydi. Ular ikki guruhdan iborat bo’ladi va shularning bittasi jinsiy hujayralardir. Jinsiy hujayralar boshqalardan shu bilan farq qiladiki, ularning yadrosida xromosomalarning yarim to’plami ya’ni 46 ta emas balki 23 tasi bo’ladi. Bola yarim irsiy moddani onadan yarmini otadan oladi. Bu faqat bola tashqi qiyofasining va ota-onasiga o’xshash bo’lishini bildirmaydi, balki, bo’lajak bolaning sihat-salomatligi uchun otaning ham onaning ham baravar javobgar bo’lishini ko’rsatadi. Bolaning salomatligi uzoq qarindosh urug’lariga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi. Ular genlarining ma’lum bir qismini bola meros qilib oladi. Mana shuning uchun ham yosh ota-onalar o’zlarining avlod-ajdodlarini yaxshi bilishlari kerak. Avlodlari haqidagi ma’lumotlar kasasllikka erta tashxis qo’yish va aniqlangan kasallikni davolashda foydalanish mumkin. Tarixiy misollarga murojaat qiladigan bo’lsak hozirgi avlodning salomatligiga baho berish uchun bunda bitta oilaning o’tgan 8-10 ta avlodi ahamiyatga ega,ba’zi hollarda irsiy kasalliklar vertikal ravishda sodir bo’ladi: bola ota-ona, buvilari va bobolari. Boshqa kasalliklar gorizontal tarqaladi, (aka-uka, opa-singil). Vertikal bo’yicha esa, avlodlardan sakrab o’tishi ro’y beradi. Barcha irsiy kasalliklar ikki guruhga bo’lingan. Bular xromosomalarning zararlanishiga bog’liq bo’lgan xromosoma kasalliklari bo’lib, xromosoma 45, 47 ta bo’ladi. Natijada rivojlanishida turli nuqsonlar sodir bo’ladi. Bunday bolalar o’z tengdoshlaridan orqada qoladilar. Ikkinchisi-gen kasalliklari zararlangan gen organizmda u yoki bu moddalarning ishlanib chiqishini nazorat qila olmay qoladi, natijada ko’p moddalar almashinuvi buzilib u nerv sistemasini ko’rish, eshitish va boshqa organlarining zararlanishiga olib keladi. Barcha kasalliklarning kelib chiqishini endogen va egzogen sabablariga bo’lishimiz mumkin. Nogironlikning sabablarini uch guruhga bo’lamiz: Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling