Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари


Defektologiyaning vazifasi


Download 230.5 Kb.
bet3/17
Sana15.03.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1270218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Дефектология асослари маъруза матни

Defektologiyaning vazifasi anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o’rganish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanishdir.
Defektologiya fanining maqsadi - nomal bolalarning psixofiziologik kamchiliklarini iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotga tadbiq etish yo’llarini tarbiyachi hamda o’qituvchilarga ko’rsatib berishdan iborat.
Defektologiya fanining mavzusi, bahsi anomal bolalardir. Anomaliyalar har xil bo’ladi. Ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, ya’ni kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo’pol kanchiliklar bo’lsa, to’g’ri tashkil etilgan logopedik choralarni o’z vaqtida ko’rish yo’li bilan batamom bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo’lsa, (masalan: oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi) uni to’liq bartaraf etib bo’lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Defektologiya amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham korreksiyalab ham bo’lmaydi. Masalan: tug’ma ko’rlik yoki karlik. Bunda ko’rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko’rish analizatoriga yuklash ya’ni kompensatsiyalash, o’rnini bosish mumkin. Ko’rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalaniladi. Bunda harf 6 ta nuqta konbinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora ya’ni daktil nutqidan , barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanadilar.
DEFEKTOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI.
Nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan muassasalar tarmoqlari 1920-yillardan keyin rivojlandi. Ko’rlar, karlar aqli zaiflar, nutqi buzilganlar uchun maxsus , alohida maktablar ochila boshlandi. Maxsus o’quv rejalari, dasturlar, darsliklar, uslubiy adabiyotlar yaratildi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va ishga joylashtirish haqidagi qarordan keyin turli nuqsonli bolalarga bo’lgan munosabot birmuncha kuchaydi.
Pedagok L.I. Navoselova 20-yilda Toshkentda 18 ta o’quvchisi bo’lgan ko’r va karlar boshpanasini ochdi. Keyinchalik ayrim umumiy maktablar huzurida aqli zaif bolalar sinflari ochildi.
1929-yil Yo’ldosh Ohunboboyev tashabbusi bilan nogiron bolalar uchun alohida maktab ochildi. 1931-yilda nuqsonli bolalarni majburiy ta’limga jalb etish haqidagi qaror qabul qilindi. Tashkentda 3-pedagogika bilim yurtida o’zbek tilida maxsus mutaxasislar tayyorlana boshlandi. Hozirgi kunda Respublikamizning barcha viloyatlarida maxsus yordamga muhtoj bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab internatlari faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda defektologiya fanining rivojlanishi 1967-yildan boshlab tezlashdi. Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo’limi tashkil etildi. 1973-yili surdopedagogika bo’limi qo’shildi. 1984-yili mustaqil fakultet bo’ldi. Hozirgi kunda Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida defektologiyaning barcha yo’nalishlari bo’yicha mutaxasislar tayyorlanayapti. Bugungi kunda jamiatda nuqsonli bolalarni maxsus o’qitish, tarbiyalash, kamchliklarini korreksiyalash, psixologik- pedagogik reabilitasiya, ijtimoiy mehnatga moslashtirish va integratsiyalash , yaxshi sharoitlar yaratish muhum vazifalar sanaladi. Korreksion ta’lim va tarbiya sistemasini tashkil etish O’zbekistonda dolzarb va murakkab muammolardan iboratdir, maqsad-integratsiyalashgan o’qitishni rivojlantirish; bolalarni jamiyatga erta ijtimoiy adaptatsiyalash; psixofiziologik nuqsonli bolalar bilan ishlovchilar shu bolalar hulq atvoridagi o’zgarishlar sabablarini bilishlari; psixofiziologik nuqsonli bolalar xulq atvorini to’g’ri aniqlash.
Turli jismoniy va aqliy kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar uyda yoki maxsus muassasalarda tarbiyalanadi. Aniq nuqsonga ega bo’lgan bolalar maxsus sharoitlar yaratilgan bog’chalarga borib, maxsus dasturlar orqali kamchiliklarini bartaraf etadilar va rivojlanadilar. Agarda maxsus muassasalar bo’lmasa, ko’r, va kar boshqa nuqsonlarga ega bo’lgan bolalar normal bolalar bilan muloqotga kirishishi nafaqat ularga, balki sog’lom bolalar uchun ham foydalidir. Muloqot orqali bolalar bir-birlarini tushunishga, g’amxo’rlik qilishga o’rganadilar. Bunday bolalarni ta’lim olishga qiziqtirish, nutqiy ko’nikmalarni rivojlantirish yo’ki imo-ishorali nutqni mutaxasis yordamida o’rganadilar. Zarur vositalar (ko’z oynak, eshitish aparati) ham bunday bolalarga foydalidir. Ammo ularni zarur vaqtlardagina qo’llash mumkin . Uyda harakatsiz yotgandan ko’ra sog’lom bolalar bilan muloqotga kirishish,yaxshi natijalar beradi . Hozirgi kunda integratsiyalashgan ta’lim jahondagi 52 mamlakatning ommaviy bog’cha maktablarida joriy etilgan.

Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling