Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари
Download 230.5 Kb.
|
Дефектология асослари маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruhiy- pedagogik omillar.
Ekologik omillar.
1.Ichki va tashqi radiatsiya. 2.Ishlab chiqarishning zararli ta’siri. 3.Qishloq xo’jaligining zararli ta’siri. 4.Oziq ovqatning sifatsizligi. 5.Suv ta’minotining sifatsizligi. Tibbiy-ijtimoiy omillar. Er-xotinning qarindosh bo’lishi. Ruhiy jismoniy jarohatlar. Ota-onanig rivojlanishda orqada qolishi. Ota-onaning surunkali kasalliklari. Zararli odatlar ( ichkilikbozlik, taksikomaniya, narkomaniya). Onaning surunkali oqir anamneziyalari: oilani noto’g’ri rivojlantirish yo’llari, genekologik kasalliklar, abort, erta va kech tug’ruqlar. Tug’ruqdan oldingi jarohatlar. Bolalardagi somatik kasalliklar. Bakterial virusli infeksiyalar. Ona va bolaning to’liq oziqlanmasligi. Oilaga tibbiy tashxis va korreksion yordami o’z vaqtida ko’rsatmaslik. Ruhiy- pedagogik omillar. 1. Ota-ona tomonidan diqqat e’tiborning sustligi. 2. Bolalarga nisbatan qattiqqo’llik. 3. Oilaning intellektual saviyasining pastligi. 4. Fojiali vaziyat. Defektologiya fanida maxsus yordamga muhtoj bolalarni turli xil toifalari ustida ish olib boriladi. Eshitishida nuqsonga ega bo’lgan bolalar (kar, soqov, keyinchalik zaif eshituvchi bo’lgan bolalar). Ko’rishda nuqsonga ega bo’lgan bolalar, ko’r zaif ko’ruvchi. Ko’r, kar, soqov bolalar. Aqli zaif bolalar (oligofren, debil, inbesil, idiot) Nutqida nuqsonga ega bo’lgan bolalar,. Harakat tayanch a’zolarida nuqsonga ega bo’lgan bolalar. Ruhiy rivojlanishi sust bo’lgan bolalar. Anomal bolalar maxsus yordamga muhtoj bolalar. Ular maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi yoki o’qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga, shaxs sifatida shakllanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni maxsus yordamga muxtoj anomal bola deb hisoblashga asos bo’lishi mumkin. Masalan,bolaning faqat chap qulog’i eshitsayu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasa u umumiy maktab dasturini sog’lom tengdoshlari qatori o’zlashtira olsa, bu bolani anomal bolalar toifasiga kirgizmaymiz. Sensor nuqsonli (ko’rishida, eshitishida) bolalar maxsus tashkil etilgan maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab internatlarida ta’lim-tarbiya oladilar. Harakat tayanch a’zolarida nuqsoni bor bolalar uchun Toshkent shahrida maktab-internati mavjud. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun Respublikamizning barcha viloyatlarida bolalar poliklinikalari qoshida logopedik punktlar,nutq bog’chalari, barcha ta’lim muassasalarida logopedlar faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikamizda mavjud jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan maxsus maktab internatlar 9 yil muddatda o’quvchilarga boshlang’ich ma’lumot hamda tayanch bosqichining ayrim fanlari bo’yicha elementar bilimlar beradi va o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlaydi. Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchi, defektologlar tomonidan jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash natijasida, hamda olib borilayotgan chora-tadbirlari tufayli yordamga muhtoj bolalar mustaqil hayotda o’z yo’llarini topib ketmoqda. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling