Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари
Tekshirish uchun savollar
Download 230.5 Kb.
|
Дефектология асослари маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-MAVZU: INTELLEKTUAL NUQSONLI (AQLI ZAIF )BOLALAR Reja
- Tayanch iboralar: Oligofren
Tekshirish uchun savollar.
1.Surdopedagogika faning vazifasi. 2.Bola rivojlanishida nutqning ahamiyati. 3.Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari? 4.Tug’ma nuqsonlarning kelib chiqish sabablari. 5.Hayot davomida orttirilgan sabablar. 6.Zayif eshituvchilar necha yoshdan ta’lim–tarbiya muassasalarida tarbiyalanaladilar. 7.Hozirgi kunda eshitishda nuqsoni bor bolalar bilan olib borilayotgan korreksion ishlarning ahamiyati. 8.O’zbekistonda nechta eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar muassasalari mavjud. 5-MAVZU: INTELLEKTUAL NUQSONLI (AQLI ZAIF )BOLALAR Reja: 1. Oligofrenopedagogika fanining vazifalari. Aqli zaiflikning kelib chiqish sabablari. Oligofreniya darajalari. 4.Oligofren bolalar ta’lim-tarbiya oladigan muassasalar. Tayanch iboralar: Oligofren - bolaning ona qornida yoki ilk chaqaloqlik davrida bosh miyasi zararlanishi natijasida kelib chiqadigan aqli zaiflik. Demensiya - bolaning hayot davomida turli bosh miya kasalliklari natijasida bilish jarayonining pasayishi. Adabiyotlar ro’yxati: 1. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risidagi qonun» .Toshkent .1997 yil. 2. Raxmonova V.S. Defektologiya va logopediya asoslari. Toshkent «O'qituvchi» 1991 yil. 3. Mamedov K. Soatov M.R. Po'latova R.M. Oligofrenopedagogika asoslari. T. 1991 yil. 4. Mo'minova K.R. Oilada nogiron va yordamga muhtoj bolalar haqida. T. 1999 yil. 5. Mamedov K.K. «Aqli zaif bolalar psixologiyasi». Ma'ruza-matni 2001 yil. 6. Rahmonova V.S. «Defektologiya asoslari» ma'ruza matni T, 2004 yil. Oligofreniya (yunoncha “oligos”-kam, “fren”-aql) so’zlaridan olingan bo’lib,esi past, aqli past demakdir. Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi va nuqsonlar umrbod saqlanib qolishi bilan boshqa anomal bolalardan farq qiladi. Oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsi aqli zaif bolalardir. Oligofrenopedagogika fanining vazifasi, aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi, ulardagi nuqsonni tuzatish, korreksion yo’llarini belgilab berishdan iborat. Oligofrenopedagogika fani quyidagi masalalarni hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi: -aqli zaiflikni pedagogik tahlil qilish; -aqli zaiflik sabablarini o’rganish; -aqli zaif bolalarni rivojlanishini pedagogik va psixologik o’rganish yo’llari va vositalarini aniqlash; -aqli zaif bolalarga bilim va mehnat tayyorgarligini berish; -o’quv fanlarining xususiy uslubiyotlarini ishlab chiqarish. Butun dunyo sog’likni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda aqli zaiflar aholining 3 % ni son jihatdan 100 milliondan ortiq kishini, jumladan O’zbekistonda 0,5 milliondan ortiq kishini tashkil etar ekan. Aqli zaif bolalarni rivojlanishi, uning birinchi yashash davridanoq normal bolalar rivojlanishidan farq qiladi. Ko’pchilik aqli zaif bolalarda yurish harakatlari kechikib rivojlanadi. Ularda beo’xshov qadam tashlash, sekin harakatlar kuzatiladi. Ularda tevarak-atrofga bo’lgan qiziqishlarining pastligi, befarqligi bilan normal bolalardan farqlanadi. Tevarak-atrofdagilarning nutqini darrov tushunish qobiliyati sekin o’sib boradi. Aqli zaif bolalarning 71% da nutq kechikib rivojlanadi. Lug’at boyligi kambag’al bo’ladi. Uchdan bir qismida ko’rish nuqsonlari mavjud bo’ladi. Aqli zaif bolalar taraqqiyotida 3-4 sinflar asosiy rol o’ynar ekan. Bu yoshda ularning aqli rivojlanishida sezilarli siljishlar ro’y beradi. Aql murakkab ruhiy faoliyat bo’lgani uchun uni har xil kasalliklar natijasida kelib chiqadigan belgi va holatlari ham turlicha bo’ladi. Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar saqlanib qolishi bilan belgilanadi. Aqliy qoloqlik klinik, psixologik va pedagogik mezonlar bilan aniqlanadi. Klinik mezon-aqliy qoloqlik va bu markaziy nerv sistemasining qanday organic kasalliklarga aloqadorligini; psixologik mezon bilish faoliyatining turg’un buzilganligi; pedagogik mezon o’zlashtirish qobiliyati past bo’lib bolaning dastur materilallarini o’zlashtira olmasligini ifodalaydi. Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qornidaligi davrida, va tugilgandan to uch yoshgacha bo’lgan davr ichida shikastlanish, tug’ish davrida kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Turli sabablarga ko’ra aqli zaiflik bolaning ikki yoshidan keyingi davrida paydo bo’lsa, demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressev, ya’ni tabiatan kuchayib boradigan bo’ladi. Aqli zaiflikning asosiy belgilari. 1. Bosh miyada organik buzilishning mavjudligi. Bilish faoliyatining chuqur buzilganligi. Bilish faoliyatining buzilganligining turg’un xarakterdaligi. Kelib chiqish sabablariga ko’ra oligofreniya tug’ma va orttirilgan bo’ladi: homila davrida turli salbiy ta’sir etuvchi infeksiylar-intoksikasiya va jarohatlar; tug’ilish vaqtidagi jarohat va asfeksiya; chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta’sir etuvchi yuqumli kasalliklar; turli irsiy yo’l bilan avloddan-avlodga o’tadigan gen xromosoma kasalliklari; ota-onalarning ichkilikka berilishi, narkomaniya, taksikomaniya. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling