Mavzu: ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qoʻllash
Download 55.89 Kb.
|
Ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qoʻllash
Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida«Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati». «Ijod (arabcha) – kishining yaratuvchilik mahorati: badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik, ijodiyot». Demak, ijod – aqliy faoliyat bo’lib, u insonni fikri, bilimi, g’oyasi, qarashlari, ya’ni tafakkurini ishga solib yaratuvchilik faoliyatini shakllantiradi. Bunda insonning tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqat–e’tibori, irodasi muhim rol o’ynaydi va bu jarayonda insonni bilimliligi, tajribaliligi, iste’dodliligi va xullas ijodkorligi namoyon bo’ladi. Ijod dastavval inson tasavvurida fikr shaklida yuzaga keladi, keyin ular rivojlanib, takomillashib g’oya, qarash ko’rinishiga o’tadi va ularga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar boshlanadi. Izlanishlar olib borishda o’rganilayotgan tadqiqot ishigacha bo’lgan ishlanmalar (predmet, buyum, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya, algoritm, model va h.k.) tahliliy ko’rib chiqiladi, ya’ni tahlil va sintez, umumlashtirish va xulosalash, tajribada sinab ko’rish, kuzatishlar o’tkazish, mantiqiy xulosalar chiqarish, ichki farazlarni ifodalab olish kabi ishlarni amalga oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi. Ma’lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish demakdir. Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob, avtoreferat, dissertatsiya, monografiya yoki shakllangan fikr, g’oya, qarashlar (kontseptsiya), ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki modelь, algoritm, tamoyil, mezon va h.k. Demak, ijod, ilm -fan, texnika – texnologiya, madaniyat va shu kabilarni rivojlantirib, ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi. «Ijodni shartli ravishda 2ga: ilmiy ijod va badiiy ijodga bo’lish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning sub’ektiv, o’ziga xos qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi». Yuqoridagi ijod tushunchasiga berilgan ikkala ta’rifda ham yaratuvchilik faoliyati, ya’ni yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi, ushbu faoliyatning (jarayonning) muammo yechimlarini izlashlik xususiyati bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, ijodning o’zi ham qator muammolar yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan. Kishi ijod qilishi uchun, unda quyidagi ko’rsatkichlar (omillar) shakllangan bo’lishi kerak: aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment, tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda, idrok, iste’dod va h.k. Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz. Download 55.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling