Mavzu: ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qoʻllash


Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari


Download 55.89 Kb.
bet9/16
Sana22.02.2023
Hajmi55.89 Kb.
#1221615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qoʻllash

Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari


Jamiyatimiz XXI asrga qadam qo’ydi. Yangi asr, o’z navbatida zimmamizga muhim vazifalarni qo’ymoqda. Bu esa mazkur asrning faol ishtirokchisidan jahon andozalari talablari bo’yicha axborot ma’lumotlari bilan ishlash yo’nalishidagi savodxonligini oshirish muammosini qo’ymoqda. Bugungi kunda hech kimga sir emaski, har qanday hodisa va jarayonni o’rganish yoki boshqarishga ijodiy yondashilmas ekan ko’zlangan maqsadga erishishning optimal variantini har doim ham tanlay olish kafolatlanmaydi. Bu esa inson tafakkuri maxsuli bo’lgan zamonaviy bilimlar bilan bog’liqdir.
Ilm-fanning rivojlanishi insoniyat ilmiy, ijodiy faoliyati mahsuli bo’lganligi sababli ham mazkur faoliyat orqali kishilar ilmiy bilimlarni topadi, o’zlashtiradi, tizimlashtiradi va keyingi faoliyatda ulardan foydalanadi. Ushbu jarayonlarni hisobga olib ilmiy bilimlarni shartli ravishda quyidagicha tuzilmaga (tashkil etuvchilarga) ega deb atashimiz mumkin:

  • bilim sohalari bo’yicha: tabiiy fanlar; ijtimoiy-gumanitar fanlar; matematika va h.k.;

  • ilmiy faoliyat natijasi bo’yicha: referat, annotatsiya, tezis, maqola va h.k.

Ma’lumki, ilmiy faoliyat bilim olish va ularning tahlili hamda sintezi, undan ilmiy ijodiyotning keyingi bosqichini takomillashtirishida foydalanishi kabi jarayonlarga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ilmiy faoliyat taraqqiyoti quyidagi omillar orqali baholanadi: ilmiy natijani qo’lga kiritishda tadqiqotchining zamonaviy fan-texnika va ta’lim texnologiyalaridan og’ishmay foydalana olishlik, ya’ni bilim, ko’nikma va malakaga egaligi; qo’lga kiritilgan natija (ishlanma, metod, metodologiya, texnologiya, texnika va h.k.)ning yangiligi; ilmiy bilimning o’ziga xosligi, ya’ni zamonaviy fan–texnika va qolaversa jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishining qanday sifat darajasiga egaligi; olingan ilmiy bilimning noyobligi, oldingi mavjud bilimlardan mukammaligi va iste’mol uchun foydalana olish mumkinligi; ilmiy bilimni egallash jarayonini aniq algoritmik tizimga ega bo’lishligi va rejalashtirilgan natijaga erishishning kafolatlanganligi; qo’lga kiritilgan ilmiy ishlanmalar amaliy faoliyatda foydalanishga uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqa olishligi; ilmiy natijalarning nazariy va amaliy ahamiyatini har qanday sharoitda tadqiqotchining tasavvur eta olishligi va shu kabilar.

Download 55.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling