Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar:
magistrlik yoki nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlashning dastlabki bosqichidayoq ITI ning ko’rinishlari, turlari, ko’lami va metodologikasoslariga e’tiborni qaratish lozim hamda ular tarkiblariga e’tibor berilsa ijodiy faoliyatning optimal varianti kafolatlanadi;
ITI ning rejasini algoritmik tizim ko’rinishida ifodalab olishga harakat qiling. SHundagshina ijodiy faoliyatda tizimlilik, izchilllik va uzviylik tamoyilllariga amal qilishlik ta’minlanadi;
ITI ning har bir qadamiga e’tiborni qaratish kerak (ITI da e’tiborsiz narsaning o’zi qo’y), aks holda tadqiqot jarayonidagi ozgina e’tiborsizlik, uning pirovardida katta (qo’pol) xatolikka olib kelishi mumkin.
Avvalo mavzu o’zi nima?
Mavzu (arabchada – joylashtirilgan, qo’yilgan, degan ma’noni anglatadi) – muhokama, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini hzida o’iso’a va ixcham ifoda etgan nomlanish.
Mavzu, odatda ijodkor tomonidan tanlanadi va asoslanadi. Mavzu ijodiy faoliyat jarayonining g’oyasini ifodalaydi va uni tanlashda muallifning g’oyaviy (fikr, g’oya, qarash va h.k.) mavqei va ijodiy kamolati darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan tashqari muammo qo’yilishi va uni hal qilishdagi vazifalar ko’lamiga qarab mavzu va mavzuchalar tanlanishi mumkin hamda bularning har biri muammo yechimining biror tomonini ifodalaydi.
Muammo, odatda kishilik jamiyati oldiga qo’yilgan insonlarning orzu-istagi sifatida paydo bo’ladi. Masalan « Uchar gilam»(Samalyotlar), «Oynai jahon» (Televideniya), «Otash arava» (Poezdlar) va h.k.
Yozma manbalardagi yoki xalq og’zaki ijodidagi kishilarning bunday orzu –istagini ilm-fan yuzaga chiqaradi va natijada odamlarni qiynab yotgan og’ir jismoniy mehnatlar aqliy mehnatga almashtirilib tabiat va jamiyatdagi muammoli vaziyatlar asta – sekin barham topadi. Bu esa ilmning xosiyati bo’lib, u kishilarning intellektual salohiyatga bog’liq.
Endi ilmiy muammo haqida qisqacha tushuncha beraylik. Mazkur darslikning «Kirish» qismida «Ilm»ning qichqacha ta’rifini keltirgan edik. Ma’lumki, ilmiy muammo bevosita «Ilm» bilan bog’liq. SHu sababli ham ilmiy muammoni quyidagicha ifodalasak, maqsadga muvofiq bo’ladi:
Ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqea va hodisalarni, jarayon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.)ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish.
Ilmiy muammo ijodiy jarayon bo’lib, uning yordamida tabiat va jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonunlari yaratiladi va natijalar ilm – fanning tegishli sohalarida o’z o’rnini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |