Mavzu: ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qoʻllash


Download 55.89 Kb.
bet5/16
Sana22.02.2023
Hajmi55.89 Kb.
#1221615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qoʻllash

TASAVVURidrok qilingan, his etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi ongida paydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi.
DIQQAT–falsafa, ruhshunoslik tushunchasi; inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri. SHaxs faoliyati qanchalik murakkab, mashaqqatli, mas’uliyatli bo’lsa, u diqqatga shunchalik yuksak talablar qo’yadi. Insonning ziyrakligi, sezgirligi, farosatliligi, sinchkovligi, dilkash-ligi, hozirjavobligi uchun turmush sharoiti va shaxslararo munosabatida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti - harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Ongni muayyan bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’ektga faol qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga diqqat deyiladi.
IRODA – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir.
IDROK – insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati.
ISTE’DOD - insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol topishidagi darajasi.
TAJRIBA – voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng ma’noda – o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. SHuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim tadqiqot ob’ekti bo’lib kelgan. Sharq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib ko’rish maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy tajribani eksperiment va kuzatish bilan bog’lab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U Ibn Sino bilan munozarada fikran faraz qilib ko’rishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroq ma’lumot berishini ta’kidlab, fikriy mulohazalar og’izdan-og’izga o’tish bilan o’zgarib borishi va asl ma’nosini yuqotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan.

Download 55.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling